“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 20 2024, 11:00
ЎЗO‘Z

Oʻzbekiston tumanida qariyb 8 mln soʻm alimentni toʻlashdan boʻyin tovlagan shaxs 15 sutkaga qamaldi

15 dek, 18:46 4 418 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Oʻzbekiston tumanida qariyb 8 mln soʻm alimentni toʻlashdan boʻyin tovlagan shaxs 15 sutkaga qamaldi 2018 yilning 1 dekabriga qadar Majburiy ijro byurosi Fargʻona viloyati, Oʻzbekiston tumani boʻlimiga aliment va unga tenglashtirilgan toʻlovlarni undirish haqida (oʻtgan yilning qoldigʻi bilan)1 993 ta ijro hujjatlari kelib tushgan. Bu haqda “Daryo” xabar berdi.

1 993 ta ijro hujjatlaridan hozirgacha 298 ta ijro hujjatlari ijrosi tamomlangan hamda 1 695 ta ijro hujjatlari qoldiqni tashkil qilgan.

Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 474-moddasiga kiritilgan oʻzgartirishdan soʻng, aliment pullarini qasddan toʻlamasdan kelgan 21 nafar qarzdorga nisbatan maʼmuriy qamoq jazo chorasi qoʻllanilmoqda.

Jumladan, qarzdor Oʻzbekiston tumani, Qum MFY, Oydinbuloq qishlogʻida yashovchi fuqaro 1986 yilda tugʻilgan Gʻ.K undiruvchi D.F (ismlar shartli) foydasiga ikki nafar farzandini moddiy taʼminoti uchun 7 750 000 soʻm alimentni toʻlashdan boʻyin tovlab kelganligi sababli tuman maʼmuriy sudining qarori bilan G.K.ga Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi Kodeksning 474-moddasi bilan aybli deb topildi va unga nisbatan 15 (oʻn besh) sutka maʼmuriy qamoq jazosi qoʻllanildi.

Maʼlum qilinishicha, 71 nafar oila yarashtirilishi taʼminlanib, 71 ta ijro hujjatlari tamomlangan. Bundan tashqari, 825 ta qarzdorning Oʻzbekiston Respublikadan chetga chiqish huquqlari cheklangan. Shuningdek, 365 ta qarzdor ishga joylashtirilgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekistonda hafta oxirida kuzatiladigan ob-havo prognozi e’lon qilindi 18 apr, 11:56 235
  • 18 aprel kuni havo harorati 30 darajagacha ko‘tariladi 17 apr, 11:55 54
  • O‘zbekistonda 1 km/kv maydonga qancha aholi to‘g‘ri kelishi ma’lum qilindi 15 apr, 12:06 150
  • 15 aprel uchun ob-havo ma’lumoti e’lon qilindi 14 apr, 18:03 151
  • O‘zbekistonning ayrim hududlarida 13 aprel kuni yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda 12 apr, 13:24 299
  • O‘zbekistonda 11 aprel kuni havo harorati 32 darajagacha ko‘tariladi 10 apr, 13:11 55
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiyaning chegaraoldi hududlariga dronlar hujum qildi 20 apr, 10:00 0
  • Samarqandda Sharja amirligining arxeologik topilmalari ko‘rgazmasi ochildi 20 apr, 09:36 5
  • Chexiya Ukraina uchun 500 mingta snaryad sotib oldi 20 apr, 09:13 2
  • “Yuventus” himoyasini titratib tashlagan Shomurodovning o‘yini qanday baholandi? 20 apr, 08:49 61
  • Toshkentda xorijga ishga yuborishni va’da qilgan shaxs ushlandi 20 apr, 08:26 7
  • Neymar ijtimoiy tarmoqlarda Mbappeni haqorat qildi 20 apr, 08:13 96
  • Osiyo Kubogi. O‘zbekiston futzal terma jamoasi Iroqni yirik hisobda mag‘lub etdi (video) 20 apr, 07:57 16
  • Pokistonda qurolli hujum oqibatida “Tolibon” yetakchisiga yaqin shaxs o‘ldirildi 20 apr, 07:30 81
  • AQSH Xitoyni Ukrainadagi urushni bilvosita avj oldirayotganlikda aybladi 20 apr, 07:00 76
  • Rossiyaning o‘ndan ortiq mintaqasida migrantlarning ayrim sohalarda ishlashi taqiqlandi 20 apr, 06:30 110
  • Armaniston chegara delimitatsiyasi natijasida 4 qishloqni Ozarboyjonga qaytardi 20 apr, 06:00 91
  • Janni Infantino: "Bu buyuk mamlakat – O‘zbekistondagi birinchi FIFA turniri bo‘ladi" 20 apr, 02:02 160
  • Bo‘limlar