“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 29 2024, 12:52
ЎЗO‘Z

Maktabda darsning bir soat kech boshlanishi fanlarni yaxshiroq o‘zlashtirishga yordam berdi

14 dek, 21:00 4 814 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Maktabda darsning bir soat kech boshlanishi fanlarni yaxshiroq o‘zlashtirishga yordam berdi Amerikalik olimlar maktabdagi birinchi dars vaqtining ko‘chirilishi uyqu gigiyenasi va o‘quvchilarning o‘zlashtirish darajasiga qanchalik ta’sir qilishini o‘rganib chiqishdi. "Science Advances" jurnalida chop etilgan maqolada yozilishicha, dars mashg‘ulotlari boshlanishining kechiktirilishi o‘quvchilar uyqu davomiyligini 34 daqiqaga uzaytirgan, shuningdek, ularning davomatini yaxshilagan. Ularning darslarda oladigan baholari esa o‘rtacha 4,5 foizga oshgan.

Yosh ulg‘aygan sari uyqu sikli o‘zgarib, uxlash va uyg‘onish kechroq vaqtga suriladi. Bu, ayniqsa, o‘smirlik davrida faol sodir bo‘ladi. Bundan tashqari, uxlash vaqtining kechiktirilishiga yoshlarning o‘z ijtimoiy hayoti va maktabdan tashqari qiziqishlari bilan shug‘ullanishi ham ta’sir ko‘rsatadi. Ko‘pgina maktablarda darslar vaqtli boshlangani sababli ular uchun zarur bo‘lgan 8-10 soatlik uyqu normasiga rioya etishning imkoni bo‘lmaydi.

Uyquga to‘ymaslik barcha aqliy kognitiv jarayonlarga, ayniqsa, muvaffaqiyatli o‘qishning garovi bo‘lgan xotira, diqqatga ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Shu sababli ko‘pgina maktablar darslar boshlanish vaqtini kechiktirishga yoki o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchilarini ikkinchi smenaga o‘tkazishga harakat qilib ko‘rishadi. Shunga qaramay, hozircha bunday choralarning samarador ekanligini isbotlovchi hech qanday emperik dalillar yo‘q.

Vashington universitetidan bo‘lgan Gideon Danster (Gideon Dunster) boshchiligidagi olimlar bu masala ustida shug‘ullanishga qaror qilishdi. Ular 2016-2017 o‘quv yilida darslar boshlanish vaqtini 7:50 dan 8:45 ga ko‘chirgan Sietldagi ikki maktabning o‘ninchi sinf o‘quvchilarini kuzatishdi. 2016 yilning bahorida, darslar boshlanish vaqti hali ko‘chirilmagan paytda, tadqiqotda 94 nafar, keyingi yili esa 84 nafar o‘ninchi sinf o‘quvchisi ishtirok etgan. Tadqiqot davomida barcha o‘quvchilar faollik trekeri va uyqu kundaligi tutishlari kerak bo‘lgan. Bundan tashqari, tadqiqotchilar o‘quvchilarning uyquchanligi darajasi, ularning xronotiplari va depressiya alomatlari haqidagi ma’lumotlarni to‘plashgan.

To‘plangan ma’lumotlar tahlilining ko‘rsatishicha, dars vaqtini bir soat kechroq boshlagan o‘quvchilar maktabga doimo vaqtida boruvchi o‘quvchilarga nisbatan kechroq uyquga yotmagan, biroq ertalab kechroq uyg‘onishgan. Kundalik uyquning o‘rtacha davomiyligi ularda 34 daqiqaga ko‘p bo‘lgan. Dam olish kunlaridagi uyqu vaqti esa har ikki guruhda uncha farq qilmagan.

Shuningdek, 2017 yilda o‘ninchi sinf o‘quvchilari yuqori baho olishlari bilan ajralib turishgan. Ularning o‘rtacha balli (0 dan 100 foizgacha bo‘lgan shkalada) oldingi ko‘rsatkichlarga qaraganda 4,5 foizga ko‘p bo‘lgan. Epfort uyquchanlik shkalasi bo‘yicha esa o‘ninchi sinf o‘quvchilari 2016 yilda 7 ball olgan bo‘lsa, 2017 yilda 6 ball olgan (ball qanchalik katta bo‘lsa, uyquchanlik ham shunchalik yuqori bo‘ladi). Bundan tashqari, davomat darajasi ham ortgan, lekin faqat birgina Franklin o‘rta maktabida. Undagi dars qoldirish darajasi darslar boshlanishi vaqti surilganidan keyin 1,9 kunga kam bo‘lgan, darsga kech qolish darajasi ham bir maktab o‘quvchisiga 1,9 ga kamaygan.

Ushbu tadqiqotdan ko‘rinib turibdiki, darslar boshlanishi vaqtining surilishi o‘quvchilar uchun foydali bo‘lishi mumkin: uyqu vaqti uzayadi, baholar ko‘tariladi, davomat oshadi. Biroq kelajakda qo‘shimcha tekshiruv uchun xuddi shu guruhlar ishtirokida yana tajriba o‘tkazish kerak bo‘ladi.

Yaqinda o‘tkazilgan boshqa bir katta tadqiqot natijalari o‘smirlarning xavfli xatti-harakatlarni amalga oshirishi uyquga to‘ymaslik bilan bog‘liq bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatdi. 65 ming o‘quvchi ichida uyquga to‘ymaganlarning xavfli harakatlarni amalga oshirishi va zararli odatlarga ruju qo‘yish darajasi yuqori bo‘lgan.
Yelizaveta Ivtushok

Manba: Turon24




Mavzuga oid yangiliklar
  • Sirdaryoda egizaklarini bir xonali uyga almashtirmoqchi bo‘lgan ota-onaga hukm o‘qildi 29 mar, 09:36 50
  • O‘zganing fotosuratlari ustiga haqoratli so‘zlar yozib, ijtimoiy tarmoqda tarqatgan ayol ushlandi 29 mar, 08:48 83
  • Mirziyoyev Xitoyning Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayoni xalq hukumati raisi bilan uchrashdi 28 mar, 20:40 102
  • Qashqadaryo viloyatida sudya qo‘lga olindi 28 mar, 20:20 217
  • Jizzaxda energiya resurslaridan 7,5 milliard qarzdorliklar majburiy undirildi 28 mar, 19:31 55
  • Surxondaryoda YTHda haydovchi ayol va uning farzandlari halok bo‘ldi 28 mar, 19:08 279
  • So'nggi yangiliklar
  • Vadim Abramov: "Bunday sifatli va saviyali futbolchiga doim tarkibda joy topiladi" 29 mar, 11:50 4
  • Chexiya yevropalik siyosatchilarni Rossiyadan pora olish sxemasini fosh etganini da’vo qilmoqda 29 mar, 11:20 22
  • Shomurodovning ahvoli haqida ma’lumot berildi 29 mar, 10:53 106
  • So‘rovnoma: Nursulton Ro‘ziboyev 1-raunddayoq raqibini "uxlatib" qo‘yadi 29 mar, 10:25 49
  • Ronalduning libosini kiygan taniqli bloger Messiga aloqador restorandan haydab yuborildi 29 mar, 10:02 85
  • Sirdaryoda egizaklarini bir xonali uyga almashtirmoqchi bo‘lgan ota-onaga hukm o‘qildi 29 mar, 09:36 50
  • Qozog‘istonning bir qancha hududlari toshqinlar tufayli suv ostida qoldi 29 mar, 09:08 90
  • O‘zganing fotosuratlari ustiga haqoratli so‘zlar yozib, ijtimoiy tarmoqda tarqatgan ayol ushlandi 29 mar, 08:48 83
  • Shohjahon Ergashev panamalik bokschini birinchi raunddayoq nokautga uchratdi (video) 29 mar, 08:35 183
  • Oq uy Ukrainaning «Krokus» teraktiga aloqadorligi haqidagi bayonotlarni «targ‘ibot» deb atadi 29 mar, 08:08 93
  • Pavel Durov terror targ‘ibotchilari bloklanayotganini e’lon qildi 29 mar, 07:37 70
  • Qon bosimini dorilarsiz uy sharoitida tushirish yo‘llari 29 mar, 07:07 100
  • Bo‘limlar