“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 19 2024, 04:42
ЎЗO‘Z

Yuragi xastalar hayotlarini qanday uzaytirishlari mumkin?

14 dek, 02:51 9 490 ---
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Yuragi xastalar hayotlarini qanday uzaytirishlari mumkin? Infarkt, ishemiya yoki insultni boshdan kechirganlar hayotlarini maksimal uzaytirish uchun bir joyda oʻtiravermasdan, har 20 daqiqada juda boʻlmasa kichik harakatlarni amalga oshirib turishlari lozim. Bunday fikrni Kanada kardiovaskulyar jamiyati kongressida nutq soʻzlagan olimlar bildirishgan.

“Tadqiqotimiz yuragi xastalar har 20 daqiqada oʻrinlaridan turib, keyingi 7 daqiqani yengil jismoniy faollikka ajratishlari kerakligini koʻrsatdi. Agar vaqti-vaqti bilan oʻrnidan turib, xona boʻylab yursa ham kuniga 770 kilokaloriya yoʻqotish mumkin”, deb aytgan Alberta universitetidan Aylar Ramadi.

Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti statistikasiga koʻra, yurak va qon tomiri kasalliklari, jumladan infarkt, insult va surunkali yurak yetishmovchiligi global darajada odamlar oʻlishining bosh sababi hisoblanadi. Har yili bu kasalliklardan 17 mlnga yaqin odam vafot etadi va bu kasalliklar rivojlanishining bosh sabablaridan biri gipertoniya (yuqori qon bosimi) va tomirlardagi u bilan bogʻliq muammolar hisoblanadi.

Jismoniy faollikning past darajasi keksa yoshda yurak xurujlarining tez-tez boʻlishi, infarkt, insult, suyaklar bilan muammolar hamda organizmda xolesterin va boshqa zararli moddalarning toʻplanishi bilan bogʻliq boshqa muammolar va kasalliklar, surunkali yalligʻlanishlar avj olishining sabablaridan biri hisoblanadi. Olimlar kuzatuvlarining koʻrsatishicha, jismoniy yuklamalar darajasining biroz oshishi ham yurak va tomirlar bilan bogʻliq muammolar va infarkt rivojlanishi imkonini bir necha marta kamaytiradi.

Ramadi va uning hamkasblari minimal jismoniy faollikning qanday darajasi insult yoki infarktni boshdan kechirganlar hamda vaqtining katta qismini kursida oʻtirib yoki divanda yotib oʻtkazuvchilarga foydali boʻlishi mumkinligini bilishni istashgan.

Ular bu maqsadda koronar yetishmovchilikdan aziyat chekuvchi 132 koʻngillidan iborat guruh toʻplab, ular nima qilishlari va qanchalik koʻp harakat qilishlari ortidan kuzatuv olib borishgan. Buning uchun olimlar har bir ishtirokchiga ularning faolligi darajasi ortidan kuzatuvchi va bu haqdagi maʼlumotlarni olimlarga uzatuvchi braslet-soatlar tarqatishgan.

Olimlarni bunday yurak xastaliklariga uchragan va uchramagan odamlarda jismoniy faollik darajasi qanchalik farq qilishi qiziqtirgan. Kuzatuvlarning koʻrsatishicha, yurak xastaliklariga uchraganlar meʼyordan ancha kam harakatlanishgan va sogʻlom kishilarga nisbatan 770 kilokaloriya kamroq yoʻqotishgan.

Olimlarning fikricha, bu organizmda xolesterin va zararli yogʻlarning toʻplanishiga olib kelgan. Bu moddalarning barchasi qon tomirlari devorlarida oʻrnashib, takroriy infarkt yoki insult yuz berishi imkoniyatini sezilarli oshiradi.

Har 20 daqiqada oʻrindan turib, ofis, kvartira yoki tabiat qoʻynida shunchaki piyoda yurib, bu kasalliklardan qochish mumkin. Bunday holatda xurujning takroran yuz berishi xatari minimal koʻrsatkichlargacha pasayar ekan.

Manba: Xabardor.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi 18 apr, 22:11 149
  • Shifokor tavsiyasisiz qabul qilib bo‘lmaydigan 3 xil vitamin 18 apr, 16:23 107
  • Ichimlik sodasining qanday zarari bor va uning o‘rniga nimadan foydalanish mumkin? 17 apr, 14:00 117
  • Soch to‘kilishini bartaraf etadigan 8 ta mahsulot 16 apr, 23:07 102
  • Bahorda tez-tez iste’mol qilish tavsiya etiladigan temir moddasiga boy mahsulotlar 09 apr, 20:53 221
  • Gadjetlar ijodiy fikrlash va diqqatni jamlashga salbiy ta’sir qiladimi? 09 apr, 17:15 48
  • So'nggi yangiliklar
  • Geosiyosiy ziddiyatlar: O‘zbekiston pozitsiyasi qanday bo‘lishi kerak? 19 apr, 00:12 94
  • Germaniyada ikki nafar rus josusi qo‘lga olindi 18 apr, 23:50 125
  • Rossiyaning "qashshoqlashayotgan" milliarderlari 18 apr, 23:30 205
  • Sharmandali mag‘lubiyatdan keyin “Barsa” o‘yinchilari o‘rtasida ziddiyat kelib chiqdi 18 apr, 23:12 260
  • O‘zbekiston va Tojikiston rahbarlari konsert tomosha qildilar 18 apr, 22:53 99
  • Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi 18 apr, 22:30 123
  • Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi 18 apr, 22:11 149
  • Sensatsiya! U23 Osiyo Kubogi 2-turida Indoneziya Avstraliyani mag‘lubiyatga uchratdi 18 apr, 21:49 217
  • Markaziy Osiyo davlatlari 2024 yil yozi uchun Amudaryo va Sirdaryo suvini taqsimlab oldi 18 apr, 21:45 196
  • Og‘abek Sobirov, Munojat Yo‘lchiyeva, Ozodbek Nazarbekov va Yulduz Usmonova «Tojikiston xalq hofizi» bo‘ldi 18 apr, 21:20 164
  • Qirg‘izistonda inson a’zolarini sotish bilan shug‘ullangan jinoiy guruh aniqlandi 18 apr, 21:07 218
  • Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmon bayonot bilan chiqdilar 18 apr, 20:00 332
  • Bo‘limlar