“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 24 2024, 22:53
ЎЗO‘Z

Badiiy Kengash Jahongir Otajonovning klipini o‘tkazmadi

06 dek, 18:22 5 112 Madaniyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Badiiy Kengash Jahongir Otajonovning klipini o‘tkazmadi Joriy yilning 5 dekabr kuni «O‘zbekkonsert» davlat muassasasi qoshidagi qo‘shiqlar va ularga ishlangan videokliplar saviyasini baholash Badiiy Kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Kengashda 16 nafar xonandalar tomonidan taqdim etilgan videokliplar ko‘rib chiqildi. Bu haqda muassasa matbuot xizmati xabar berdi.

Jahongir Otajonovning «Qaddi baland», Jahongir Poziljonov va Dilafro‘z Hayitmetovalar ijro «Mehmonim» dueti, Sevara Yusupovaning (Sevara taxallusi bilan efirga chiqayotgan) «Uzun yo‘l», Mahliyo Omonning «Farg‘onadan», Doston Ubaydullayevning «6-xonadon», Alisher Zokirovning «Mayli, mayli» qo‘shiqlariga olingan videokliplari muhokama qilinib, ularda ba’zi juz’iy kamchiliklar ko‘zga tashlangani sababli rad etildi.

«Nihol» mukofoti sovrindorlari Iroda Dilrozning «O‘g‘lim», Sharof «Qora», xonandalar Zilola Musayevaning (Shaxzoda) «Men o‘sha», Otabek «Ona», Qilichbek Madaliyevning «Sevgi», Jasur Mavlonovning «Netay» qo‘shiqlariga ishlangan videokliplari muhokama qilinib efirga uzatishga tavsiyalar berildi. «Maroqand» guruhining «Torimning siri», Elvin Mirzezade va Shaxrizoda Ahmedova bilan ijro etgan «Hasrat» qo‘shiqlariga olingan videokliplariga istisno tariqasida ruxsat berildi.

«Xonandalar Badiiy Kengashga a’zolari tomonidan rad etilgan videokliplardagi qo‘shiq matni, musiqasi, videoklip dasturi (ssenariysi)ning g‘oyaviy-badiiy saviyasiga alohida e’tibor qaratib, ko‘rsatilgan kamchiliklarni bartaraf etib Badiiy Kengashga qayta topshirishlari mumkinligini ma’lum qilamiz», deyiladi xabarda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Ozodbek Nazarbekov: “Uchta tirrancha buyuk san’atkorni loyga bulg‘ayapti” 24 apr, 17:00 244
  • Jahongir Otajonovdan o‘zgacha klip: Bu «ijod»lardan maqsad nima? 24 apr, 16:35 237
  • “O‘tkan kunlar” romani ilk bor arab tilida nashr etildi 24 apr, 06:35 31
  • Xitoyda sun’iy intellekt tomonidan yaratilgan dunyodagi ilk film treyleri e’lon qilindi (video) 22 apr, 11:55 120
  • Xonanda Farhod rafiqasi bilan ajrashdi 21 apr, 23:33 1 406
  • Og‘ir vaziyatda Lolani qo‘llab-quvvatlaymiz! Faqat... 21 apr, 19:09 1 136
  • So'nggi yangiliklar
  • Yevrokomissiya rahbari: “Rossiyaning Ukrainadagi g‘alabasi Yevropa tarixini o‘zgartiradi” 24 apr, 22:00 0
  • Vazirning “dakki”si, bu ishlardan zerikkan Jo‘rayevlar oilasi va Botir Qodirovning iqrori... 24 apr, 21:37 48
  • Eldor Shomurodov transferiga narx belgilandi! 24 apr, 21:25 80
  • Futzal. O‘zbekiston Vetnam ustidan irodali g‘alaba erishib, yarim finalga yo‘l oldi 24 apr, 21:09 57
  • Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi 24 apr, 20:50 21
  • Gvardiola, Arteta, Enrike: “Barsa”ning ishtahasi “cho‘ntagi”ga to‘g‘ri kelmayapti 24 apr, 20:33 23
  • Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi 24 apr, 20:08 160
  • Ukraina hukumati AQSH tanqidiga uchradi 24 apr, 19:42 205
  • Kreml chechen amaldorining qo‘lga olinishi voqeasiga aralashmaydi 24 apr, 19:17 287
  • Zohirshoh Jo‘rayev Botir Qodirov bilan o‘tayotgan sud yuzasidan izoh berdi 24 apr, 18:50 294
  • Rossiya mudofaa vaziri ishdan olinishi mumkin 24 apr, 18:26 310
  • Orolbo‘yidan dinozavr izi topilgani rostmi? 24 apr, 18:06 33
  • Bo‘limlar