“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 25 2024, 17:41
ЎЗO‘Z

Uaylder va Fyuri super to‘qnashuv oldidan nimalar dedi?

01 dek, 17:30 3 966 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Uaylder va Fyuri super to‘qnashuv oldidan nimalar dedi? 2 dekabr kuni (Toshkent vaqti bilan tongda) Los-Anjeles shahrida super og‘ir vazn toifasida yilning eng shov-shuvli janglaridan biri bo‘lib o‘tadi. Unda ushbu vazn toifasida WBC chempionlik kamari sohibi amerikalik Deontey Uaylder sobiq jahon chempioni britaniyalik Tayson Fyuriga qarshi ringga ko‘tariladi.

Har ikki bokschi ham mazkur jangdan keyin faoliyatidagi rekord gonorarga ega bo‘lishadi. Unga ko‘ra, Uaylder 14 mln dollar olsa, Fyuri 10 mln dollar ishlab oladi. Bundan tashqari gonorarga yana AQSh va Buyuk Britaniyadagi pulli translyatsiyalardan tushgan mablag‘larning ma’lum bir qismi qo‘shilishi mumkin.

Jang oldidan bokschilar bildirgan fikrlar

Tayson Fyuri, da’vogar:
– Men sizga hech qanday da’vogar emasman. Men jahon chempioni bo‘lganman va buni unumasligingiz kerak. Men bu elitadagi eng zo‘rlarning zo‘riman. Uaylderga qarshi jang birlashtiruvchi jang hisoblanadi. Chempion chempionga qarshi. Biz shouni boshlayapmiz. Hamma bu ikki yetakchi bokschining to‘qnashuvini ko‘rishni istamoqda.

Deontey Uaylder, WBC kamari sohibi:
– Fyuri Klichkoni mag‘lub qilmadi. Vladimir o‘zini o‘zi mag‘lub etdi va buni biz barchamiz bilamiz. Agar Klichko shunchaki ko‘proq zarba yo‘llaganda, jang uning foydasiga hal bo‘lardi. Fyuri ishonib harakat qilgani uchun faollik ko‘rsatdi, Vladimirda bu kuzatilmadi, ammo bu gal Tayson umuman boshqa narsa kutib oladi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Futzal. Osiyo chempionati 1/4 final: Vetnam qanday taslim etildi? (video) 25 apr, 15:06 16
  • Timur Kapadze matbuot anjumanida Saudiya Arabistoniga qarshi kechadigan bahs haqida nimalar dedi? 25 apr, 14:39 139
  • Usmon Toshev: "Shubhasiz, Saudiyani yutishni xohlaymiz" 25 apr, 13:17 153
  • Xose Venansio Lopes: Raqibimiz jahonning eng kuchli terma jamoalaridan biri ekanini yaxshi bilamiz 25 apr, 11:05 168
  • Isroil Madrimov—Terens Krouford boks oqshomining kardi e’lon qilindi 25 apr, 09:48 71
  • Isroil Madrimov: Kroufordni hurmat qilaman, lekin bu mening divizionim 25 apr, 09:29 138
  • So'nggi yangiliklar
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 0
  • Qirg‘izistonda elektromobillar yashil davlat raqamida harakatlanadi 25 apr, 15:45 4
  • Ukraina Vazirlar Mahkamasi: Xorijdagi 18 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan ukrainalik erkaklar endi pasport ololmaydi 25 apr, 15:22 11
  • Futzal. Osiyo chempionati 1/4 final: Vetnam qanday taslim etildi? (video) 25 apr, 15:06 16
  • Timur Kapadze matbuot anjumanida Saudiya Arabistoniga qarshi kechadigan bahs haqida nimalar dedi? 25 apr, 14:39 139
  • Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi 25 apr, 14:30 45
  • Tojikistonda 17 yoshli yigitni yashin urdi 25 apr, 14:11 135
  • Ukrainalik model dunyodagi eng uzun sochli ayol sifatida Ginnes rekordlari kitobiga kiritildi 25 apr, 13:43 75
  • Usmon Toshev: "Shubhasiz, Saudiyani yutishni xohlaymiz" 25 apr, 13:17 153
  • Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi 25 apr, 12:59 39
  • MIB xodimi va ikki soliqchi jinoyat ustida ushlandi 25 apr, 11:55 76
  • Moskva viloyati hukumati rahbarining sobiq o‘rinbosari qo‘lga olindi 25 apr, 11:33 163
  • Bo‘limlar