“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 18 2024, 11:46
ЎЗO‘Z

Toshkentda soxta tadbirkorlar aniqlanib, jinoiy ish qo‘zg‘atildi

01 dek, 13:36 3 704 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Toshkentda soxta tadbirkorlar aniqlanib, jinoiy ish qo‘zg‘atildi Toshkentda soxta hujjatlar asosida bojxona to‘lovlari imtiyozlaridan foydalangan tashkilotlar aniqlandi, deb xabar qildi bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati.

Xabarda aytilishicha, Yakkasaroy tumanida ro‘yxatdan o‘tgan MChJ mansabdor shaxslari, jamiyatning ishlab chiqarish sexi mavjud bo‘lmasada, go‘yoki 25 nafar ishchi faoliyat yuritayotgani va 20 dona tikuv dastgohlari mavjudligi haqidagi soxta ma’lumotlar asosida “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasiga a’zo bo‘lib, bojxona organlariga uyushmaga a’zoligi haqidagi hujjatlarni taqdim etish orqali xorijiy davlatdan import qilingan tovarlar bo‘yicha bojxona to‘lovlaridan 553 mln so‘mlik imtiyoz olishgan.

Tekshirishda jamiyat mansabdor shaxslari import qilingan tovarlarni ishlab chiqarishga yo‘naltirmasdan, naqd pulga sotib yuborishgani aniqlandi.

Xuddi shu usulda, “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasiga soxta hujjatlar asosida a’zo bo‘lish orqali import qilingan matolarni ishlab chiqarishga sarflamasdan, ichki bozorda naqd pulga sotish bilan shug‘ullanib, 682 mln so‘mlik bojxona to‘lovlari bo‘yicha imtiyozdan qonunga zid foydalangan Shayxontohur tumanidagi MChJ faoliyati ham fosh etildi.

Yuqoridagi har ikki jamiyat mansabdor shaxslariga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov organlariga yuborildi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi 18 apr, 11:33 0
  • «Prava» rasmiylashtirib berishini aytib, fuqarolarni chuv tushirib kelgan shaxs ushlandi 18 apr, 08:34 8
  • O‘zbekistonda piyoz narxi keskin arzonlashdi. Bunga sabab nimada? 17 apr, 23:53 212
  • Qirg‘iziston-O‘zbekiston chegarasida yana bir maxfiy tunnel topildi (video) 17 apr, 22:29 314
  • Andijonlik yigit Koreyaga o‘qishga ketgach, terroristik tashkilot yetakchilari ta’siriga tushgani aniqlandi 17 apr, 17:55 249
  • Instagram orqali fuqarolarni chuv tushirib kelgan 18 yoshli yigit qo‘lga olindi 17 apr, 15:38 62
  • So'nggi yangiliklar
  • AQSH nashri Isroil va Falastin mojarosi haqidagi yangiliklarda “genotsid” so‘zidan foydalanishni taqiqlab qo‘ydi 18 apr, 10:54 0
  • «Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi? 18 apr, 10:39 1
  • Bayden Ukraina va Isroilga yordam to‘g‘risidagi qonunlarni qo‘llab-quvvatladi 18 apr, 10:00 2
  • 20 davlat Ukraina uchun yarim millionta o‘q-dori sotib oladi 18 apr, 09:39 10
  • Yevropa komissiyasi raisi: Rossiyaning urushdagi g‘alabasi YEIga juda qimmatga tushadi 18 apr, 09:15 55
  • “Eldorda bunaqasini ko‘rmagandik”. Raneri Shomurodov haqida yana nimalar dedi? 18 apr, 09:09 111
  • «Prava» rasmiylashtirib berishini aytib, fuqarolarni chuv tushirib kelgan shaxs ushlandi 18 apr, 08:34 8
  • “Bavariya” “Arsenal”ni minimal hisobda mag‘lub etib, yarim finalga yo‘l oldi (video) 18 apr, 08:29 25
  • “Real” penaltilar seriyasida “Manchester Siti”ni mag‘lub etib, yarim finalga yo‘l oldi! 18 apr, 08:25 33
  • Shomurodov, navbat “Yuventus”ga! 18 apr, 00:18 424
  • Malayziya OTJ bosh murabbiyi: "Bugun musobaqaning eng kuchli jamoalaridan biriga qarshi o‘ynadik" 18 apr, 00:02 141
  • OCHL. "Al Ayn" kutilmaganda yarim finalning ilk o‘yinida "Al Hilol"ni mag‘lub etdi 17 apr, 23:59 123
  • Bo‘limlar