“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 24 2024, 21:58
ЎЗO‘Z

Shavkat Mirziyoyev Chirchiqda maxsus-taktik mashqlarni kuzatdi (foto)

28 noya, 18:30 6 355 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Shavkat Mirziyoyev Chirchiqda maxsus-taktik mashqlarni kuzatdi (foto) O‘zbekiston Respublikasi prezidenti, Qurolli Kuchlar oliy bosh qo‘mondoni Shavkat Mirziyoyev 28 noyabr kuni Chirchiq dala o‘quv maydonida yuqori darajadagi jangovar shaylikka keltirilgan bo‘linmalarning maxsus-taktik mashqlarini kuzatdi, deb xabar bermoqda prezident matbuot xizmati.

Mudofaa vazirligi harbiy qismlarining jangovar tayyorgarligini kompleks tekshirish maqsadida 26 noyabr tongda «Trevoga!» signali berildi. Shu paytgacha mamlakat armiyasida bunday keng ko‘lamli to‘satdan tekshiruv o‘tkazilmagan.

Signaldan so‘ng Mudofaa vazirligi markaziy apparati, barcha harbiy okrug va bo‘linmalarda zarur tashkiliy ishlar amalga oshirildi. Harbiy poligonlarda bir nechta maxsus-taktik mashg‘ulotlar o‘tkazildi.

Chirchiq dala o‘quv maydonida o‘tkazilgan mashg‘ulotlarda havo-desantchilari, artilleriyachilar, motoo‘qchilar, tankchilar, maxsus operatsiya kuchlari hamda Harbiy havo kuchlari bo‘linmalari qatnashdi.

Shartli dushman bazalariga va u joylashgan hududlarga O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy havo kuchlari tarkibidagi qiruvchi samolyotlar va vertolyotlardan zarbalar berildi.

Shundan keyin jang maydonida zirhli qalqon tankchilar bo‘linmasi paydo bo‘ldi. Ular tank biatlonida qo‘llaniladigan “Suvli to‘siq”, “Eskarp” va “Tirsakli ko‘prik”dan mohirona o‘tib, belgilangan marrani egalladi.

Mudofaa operatsiyasini olib borish jarayonida, shartli og‘ir yaralangan harbiy xizmatchilarni jang maydonidan olib chiqish, vertolyotda evakuatsiya qilish jarayoni namoyish etildi.

Zamonaviy jangovar vertolyotlar shaxsiy tarkibni belgilangan hududga desantlashtirdi. Parashyut-desant bataloni xizmatchilari marralar oralig‘idan suqilib kirgan shartli dushmanni umumqo‘shin zaxira kuch va vositalari bilan yakson qilish vazifasini muvaffaqiyatli bajardi.

Mashg‘ulotlarni harbiy-ma’muriy sektorlar, tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari ham kuzatib bordi.













Mavzuga oid yangiliklar
  • Vazirning “dakki”si, bu ishlardan zerikkan Jo‘rayevlar oilasi va Botir Qodirovning iqrori... 24 apr, 21:37 1
  • Zohirshoh Jo‘rayev Botir Qodirov bilan o‘tayotgan sud yuzasidan izoh berdi 24 apr, 18:50 99
  • Orolbo‘yidan dinozavr izi topilgani rostmi? 24 apr, 18:06 13
  • Hamkorlik davom etmoqda 24 apr, 15:05 49
  • Samarqandda erini tiriklay yoqib yuborgan ayol: “Bor-yo‘g‘i 1,5 litr benzin quydim” 24 apr, 14:42 241
  • Buxoroda er rashk tufayli dahshatli jinoyatga qo‘l urdi 24 apr, 12:23 275
  • So'nggi yangiliklar
  • Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi 24 apr, 20:50 0
  • Gvardiola, Arteta, Enrike: “Barsa”ning ishtahasi “cho‘ntagi”ga to‘g‘ri kelmayapti 24 apr, 20:33 0
  • Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi 24 apr, 20:08 3
  • Ukraina hukumati AQSH tanqidiga uchradi 24 apr, 19:42 24
  • Kreml chechen amaldorining qo‘lga olinishi voqeasiga aralashmaydi 24 apr, 19:17 51
  • Zohirshoh Jo‘rayev Botir Qodirov bilan o‘tayotgan sud yuzasidan izoh berdi 24 apr, 18:50 97
  • Rossiya mudofaa vaziri ishdan olinishi mumkin 24 apr, 18:26 137
  • Orolbo‘yidan dinozavr izi topilgani rostmi? 24 apr, 18:06 13
  • O‘zbekiston terma jamoasi Saudiya Arabistoni bilan raqib bo‘lishdan qo‘rqqani yo‘q! 24 apr, 17:44 86
  • Xoang An Tuan: "O‘zbekiston terma jamoasi finalga qadar yetib borishiga ishonaman" 24 apr, 17:22 78
  • Ozodbek Nazarbekov: “Uchta tirrancha buyuk san’atkorni loyga bulg‘ayapti” 24 apr, 17:00 159
  • Jahongir Otajonovdan o‘zgacha klip: Bu «ijod»lardan maqsad nima? 24 apr, 16:35 148
  • Bo‘limlar