“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 20 2024, 13:42
ЎЗO‘Z

Ibn Sinoning diniy qarashlari

23 noya, 19:30 9 421 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ibn Sinoning diniy qarashlari Abu Ali ibn Sino yurtimiz va xalqimiz nomiga buyuk sharaf keltirgan ulugʻ mutafakkirlarimizdan biri. U Buxoro shahrida taʼlim olib, yoshligidan Qurʼoni karim, tafsir, hadis, kalom, arab tili, balogʻat ilmlarini oʻzlashtirgan.

Otasi uni hakim va faylasuf Abu Abdulloh Notiliyga shogirdlikka beradi. Uning qoʻlida mantiq, handasa (geometriya), falsafa, falakiyot (astronomiya) fanlaridan saboq oladi.

Ibn Sino nafaqat tibbiyotga oid asarlar yozdi, balki Qurʼon ilmi, hadis, grammatika va arab tili bilan mukammal shugʻullangan. U 10 yoshidayoq Qurʼoni karimni toʻliq yod olgan va “Ixlos” surasini paygʻambarimiz (s.a.v.) hadislaridan misollar keltirib, arab tilida tarjima (tafsir) qilgan. Bu esa uning mufassir boʻlganidan ham dalolat beradi. Mazkur sura mantiqiy usulda, oyatlardan baʼzi kalimalar alohida ajratib olingan holda tafsir qilingan. Ushbu tafsir bugungi kunda Saudiya Arabistonidagi “Maktabat ul-harami-l-makkiy” kutubxonasida saqlanmoqda.

Ibn Sino yoshligidan ijodga ham qiziqqan. Olim dastavval Nuh ibn Mansurga atab nafsoniy quvvatlar haqida risola, “Urjuza” nomli tibbiy sheʼriy asar va doʻsti Abulhusayn al-Aruziyning iltimosiga binoan “Al-hikmati Al-aruziy” (“Aruziy hikmati”) asarini tasnif etadi.

Mutafakkir boy merosi bilan jahon madaniyati taraqqiyotiga hissa qoʻshdi. Olim oʻz ijodi orqali Markaziy Osiyo, Yaqin va Oʻrta Sharq mamlakatlaridagi yuqori madaniy koʻtarinkilik, madaniy “uygʻonish”ning maʼnaviy yutuqlarini mujassamlashtira oldi. Butun Sharq va Yevropadagi maʼrifat, madaniyat taraqqiyotiga katta taʼsir koʻrsatdi. U oʻz davrida Sharq va Yevropada “Shayx ur-rais”, “Olimlar boshligʻi”, “Tabiblar podshohi” kabi nomlarga sazovor boʻldi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Ozish uchun nonushtaning uchta oltin qoidasi 19 apr, 21:00 88
  • Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi 18 apr, 12:22 244
  • Yulduzlar parhezi: tez ozdiradigan uchta ziravor 17 apr, 17:00 134
  • Qulupnayning siz bilmagan 10 ta foydali xususiyati 17 apr, 07:41 154
  • Buni eng irodasizlar ham eplay oladi: Allen Karrning chekishni tashlashda yordam beruvchi “Kashandalikdan qutulishning oson yo‘li” kitobi o‘zbek tilida chop etildi 17 apr, 05:30 128
  • Olimlar keksalikda ham aql-idrokni saqlab qolishning oddiy usullarini aniqladi 16 apr, 21:24 134
  • So'nggi yangiliklar
  • AQSH Isroilning jismoniy va yuridik shaxslariga nisbatan sanksiyalar joriy etdi 20 apr, 12:56 0
  • Dushanbeda O‘zbekiston elchixonasining yangi binosi ochildi (foto) 20 apr, 12:28 0
  • Sutni me’yordan ortiq iste’mol qilish yurak xurujiga sabab bo‘lishi mumkin 20 apr, 12:05 0
  • «Rossiya urushga bugunoq nuqta qo‘yishi mumkin»: «Katta yettilik» talab bilan chiqdi 20 apr, 11:45 2
  • Isroilning Eronga hujumi oqibatlari haqida ma’lumot berildi 20 apr, 11:21 17
  • Ziroat Mirziyoyeva Marg‘ilonda ilk bor tashkil etilgan inklyuziv ijodiy festivalda ishtirok etdi 20 apr, 10:54 16
  • Treyderlik bilan shug‘ullanishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 20 apr, 10:27 5
  • Rossiyaning chegaraoldi hududlariga dronlar hujum qildi 20 apr, 10:00 49
  • Samarqandda Sharja amirligining arxeologik topilmalari ko‘rgazmasi ochildi 20 apr, 09:36 9
  • Chexiya Ukraina uchun 500 mingta snaryad sotib oldi 20 apr, 09:13 22
  • “Yuventus” himoyasini titratib tashlagan Shomurodovning o‘yini qanday baholandi? 20 apr, 08:49 228
  • Toshkentda xorijga ishga yuborishni va’da qilgan shaxs ushlandi 20 apr, 08:26 10
  • Bo‘limlar