“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 27 2024, 01:52
ЎЗO‘Z

Klaster — raqobatda yutib chiqishning eng oqilona yo‘li

23 noya, 07:15 6 461 Iqtisodiyot
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Klaster — raqobatda yutib chiqishning eng oqilona yo‘li Ekspertlar hisob-kitoblariga ko‘ra, bugungi kunda dunyodagi ilg‘or davlatlar iqtisodiyotining qariyb 50 foizi klaster usuliga o‘tgan. Masalan, Yevropa Ittifoqida 2 mingdan ziyod klasterlar mavjud bo‘lib, ularda ishchi kuchining 38 foizi qamrab olingan. Daniya, Finlyandiya, Norvegiya, Shvetsiya sanoatida to‘liq klaster usuli tatbiq qilingan. AQShda esa mamlakatdagi mavjud korxonalarning yarmidan ziyodi shu tizimda ishlab, ular tomonidan tayyorlanayotgan tovarlar yalpi ichki mahsulotning 60 foizini tashkil qiladi.

Ularning eng mashhuri sizu bizga tanish bo‘lgan “Silikon vodiysi”dir. 87 mingta kompaniya, 40 ta tadqiqot markazi va o‘nlab universitetlar faoliyat yuritadigan mazkur innovatsion klaster infratuzilmasiga 180 ta venchur firmasi, 47 ta investitsiya va 700 ta tijorat banki xizmat ko‘rsatib keladi. Xo‘sh, nima uchun jahonning eng ilg‘or iqtisodiyotlari aynan klasterlashtirish yo‘lidan bormoqda?

Germaniyalik mutaxassislar fikricha, aynan klaster kelajakdagi kuchli, murosasiz raqobat muhitida yutib chiqishning eng oqilona yo‘lidir. Zero, bunday mexanizm har qanday sharoitga moslasha oladi, ham iqtisodiy, ham ijtimoiy muammolarni izchillik bilan samarali yechib beradi, nafaqat muayyan hudud, balki davlatning xalqaro maydondagi raqobatdoshligini mustahkamlaydi, nufuzini oshiradi. Qolaversa, innovatsion iqtisodiyotga o‘tishning muhim bosqichi hisoblangan ushbu tizim ilm-fan, ta’lim hamda ishlab chiqarish integratsiyasini chuqurlashtirish, yangi innovatsion texnologiyalarni amaliyotga jadal joriy etishga xizmat qiladi.

O‘zbekistonda ham mamlakat va jamiyatning mukammal innovatsion qiyofasini yaratishda klaster usulidan foydalanishga katta e’tibor qaratilyapti. Bunga agrar sohadagi sa’y-harakatlar yaqqol misol bo‘la oladi. Ayni paytda paxta-to‘qimachilik klasterlari soni ko‘payib borayotgani, kelgusida paxta yetishtiruvchi 133 tumandan 70 tasi to‘liq klaster tizimiga o‘tishi, yangi tuzilayotgan klasterlar tomonidan 41 korxona tashkil etilib, 25 mingga yaqin ish o‘rinlari yaratilishi rejalashtirilayotgani diqqatga sazovor. Biz bu yo‘nalishdagi islohotlarning ahamiyati haqida mutaxassislar fikri bilan qiziqdik.

Murtazo RAHMATOV, “BCT Cluster” xorijiy korxonasi rahbari (Rossiya):
— O‘zbekiston sharoitida agroklasterlarni rivojlantirish eng to‘g‘ri yo‘ldir. Chunki qishloq xo‘jaligi uchun noqulay kelgan yillarda ham klasterning boshqa tashkilotlari hisobidan umumiy ish o‘rni va ish haqi saqlab qolinadi. Ya’ni tabiat injiqligining biznesga, ishlovchilar daromadiga ta’siri kamayadi. Almashlab ekish imkoniyati paydo bo‘ladi va tuproq unumdorligi qayta tiklanadi.

O‘zbekiston Prezidentining 2017 yil 19 maydagi Buxoro viloyatida zamonaviy paxta-to‘qimachilik klasterini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qarori asosida tuzilgan “VST Cluster” xorijiy korxonamiz ham shunday mezonlar bo‘yicha faoliyat yuritib kelmoqda. Mazkur klaster tizimida jami sakkizta kompaniya faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.

Ayni paytda tegishli oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalari, ilmiy-tadqiqot institutlari bilan hamkorlikda kadrlar tayyorlash, ularning malakasini oshirish, ilmiy-amaliy izlanishlar olib borish bo‘yicha hamkorlikni ham yo‘lga qo‘yganmiz.

Pan GAN, tadbirkor (Xitoy):
— O‘zbekistonda hayotga tatbiq etilayotgan tashabbuslar biz kabi xorijlik investorlarga ham qo‘shimcha rag‘bat beryapti. Yurtingizda o‘n yildan buyon faoliyat olib boraman. Tan olish kerak, o‘n yil oldingi holat bilan bugungi kundagi imkoniyatlarni taqqoslash qiyin. Ko‘p narsalar o‘zgarmoqda. Bundan ruhlanib, Andijon viloyatida qoramolchilik fermasini tashkil etdik. Buning uchun 1 000 gektar yer oldik, Germaniyadan 2 000 bosh zotdor qoramol keltirdik.

Viloyat hokimligi harakatlarimizni o‘z vaqtida qo‘llab turibdi. Kelgusida biz ham klaster usuliga to‘liq o‘tmoqchimiz.

Jo‘shqin RENKLI OG‘LU, “BCT Cluster” xorijiy korxonasi menejeri (Turkiya):
— O‘zbekiston paxta-to‘qimachilik sohasida klaster tizimini tanlab juda to‘g‘ri qildi. Masalan, Turkiya 20 — 25 yil ichida jahon to‘qimachilik bozoridan o‘zining mustahkam o‘rnini egallashga erishdi. Mamlakatingiz esa klaster sharofati bilan bunday natijaga kelgusi ikki-uch yilda muvaffaq bo‘ladi, deb o‘ylayman. Sababi yurtingizda kechayotgan jadal o‘zgarishlar, ayniqsa, har bir hududning o‘ziga xos xususiyatidan kelib chiqib klaster sohasini rivojlantirishga qaratilayotgan e’tibor shunday deyishimga asos bo‘ladi.

O‘ktam UMURZOQOV, Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti rektori:
— Davlatimiz rahbari dunyoning ilg‘or mamlakatlari qatoridan joy olish yo‘li, bu — agrar sohada, ilm-fanda, ta’lim tizimida va boshqa sohalarda klaster tizimlari joriy etilishi hisoblanishini ko‘p bor ta’kidlab kelyapti. Yengil sanoat, neft-gaz, kimyo, biotexnologiya, AKT, avtomobilsozlik, transport-logistika, rekreatsion-turistik, oziq-ovqat, ta’lim, baliqchilik, parrandachilik, asalarichilik, ipakchilik shular jumlasidandir. Mazkur sohalarda klaster tizimlarini yaratish ilmiy tadqiqot va ishlanmalarni moliyalashtirish hajmini ko‘paytiradi, sifatini yaxshilaydi. Investitsiyaviy tashqi loyihalarda ishtirok etish, ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash va malakasini oshirishning yangi imkoniyatlarini yaratadi.

Bundan tashqari, klaster tizimida ta’lim ishlanmalarini yaratish, ularni qisqa muddatda sinovdan o‘tkazish, ishlab chiqarish va ilmiy izlanishlardagi xodimlar hamda mutaxassislar mehnatlarini ko‘proq rag‘batlantirish, yangi tovarlarni O‘zbekiston brendi bilan ixtiro qilish uchun keng imkoniyatlar va sharoit paydo bo‘ladi.
Saidjon MAXSUMOV tayyorladi




Mavzuga oid yangiliklar
  • Elektr va gaz tariflarini erkinlashtirishdan ko‘zlangan asosiy maqsad nima? 26 apr, 18:30 82
  • “O‘zavtosanoat” AJ tarkibidagi 38 ta korxona sotiladi 26 apr, 17:18 94
  • Iqtisodiyotda davlat ishtiroki qisqartiriladi 26 apr, 14:53 91
  • Markaziy bank raisi oxirgi oylarda dollar kursi nisbatan tezroq oshganiga izoh berdi 26 apr, 00:22 159
  • MB raisi: Budjet xarajatlarining yuqori darajada oshishi inflyatsiyaga ham ta’sir qiladi 25 apr, 20:28 126
  • O‘zbekiston birinchi chorakda 2,7 mlrd dollarlik oltin sotdi 25 apr, 00:06 91
  • So'nggi yangiliklar
  • Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi 27 apr, 00:26 0
  • Husain Norchayev: Bugun imkoniyatlarimizdan foydalanib g‘alaba qozondik 27 apr, 00:22 0
  • Peskov: AQSH Ukrainadagi mojaroda bevosita ishtirok etmoqda 27 apr, 00:00 1
  • Timur Kapadze Saudiya Arabistoni ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng nimalar dedi? 26 apr, 23:36 49
  • Isroil Madrimov o‘z divizionida yengilmas Kroufordga “non” bermoqchimas! 26 apr, 23:30 22
  • Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi 26 apr, 23:10 27
  • Xose Venansio Lopes: "Himoyada ham, hujumda ham ajoyib harakat qila oldik" 26 apr, 22:53 56
  • Timur Ivanov ishi. Qo‘lga olinganlar haqida hozirgacha nimalar ma’lum? 26 apr, 22:44 71
  • Qozog‘istonlik amaldor jamoat muhokamasiga 100 ta chelak olib keldi 26 apr, 22:18 154
  • Tatyana Karimova va Pyotr Karimov o‘rtasidagi sud ishi davom etmoqda 26 apr, 21:47 111
  • Futzal, Osiyo kubogi. Eron O‘zbekistonni mag‘lub etib, finalga yo‘l oldi 26 apr, 21:39 60
  • Dunyoning eng zo‘r bokschisi Krouford nega Madrimovni tanlaganini aytdi 26 apr, 21:28 160
  • Bo‘limlar