“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 19 2024, 10:52
ЎЗO‘Z

Nodavlat OAV: muhokamalar va e’tibor markazida

22 noya, 17:55 4 567 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Nodavlat OAV: muhokamalar va e’tibor markazida
Poytaxtimizda O‘zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi (O‘zEOAVMA), O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondining mablag‘larini boshqarish bo‘yicha parlament komissiyasi, “Taraqqiyot strategiyasi” markazi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi hamkorligida “O‘zbekiston nodavlat ommaviy axborot vositalari: rivojlanish bosqichlari va kelajak istiqbollari” mavzuida xalqaro konferensiya, Yoshlar media-forumi, “Ozod yurt to‘lqinlari” XI an’anaviy media-festivali g‘oliblarini taqdirlash marosimi o‘tkazildi.

O‘zEOAVMA tashkil etilganining 15 yilligiga bag‘ishlangan xalqaro konferensiyada O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zolari va Qonunchilik palatasi deputatlari, davlat va jamoat tashkilotlari, O‘zbekiston Respublikasida akkreditatsiyadan o‘tgan diplomatik korpus va xalqaro tashkilotlar vakillari, shuningdek, mamlakatimizda faoliyat yurituvchi ommaviy axborot vositalari hamda O‘zEOAVMAga a’zo nodavlat teleradiostansiyalar xodimlari qatnashdi.

Konferensiyada yurtimizda kuchli davlatdan kuchli fuqarolik jamiyati sari dadil qadamlar tashlanayotgani ta’kidlandi. Nodavlat ommaviy axborot vositalarining mustaqilligini mustahkamlash, erkin va samarali faoliyat yuritishi va rivojlanishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish masalalari, shuningdek, ularning demokratik huquqiy davlat va ochiq fuqarolik jamiyati qurilishidagi roli muhokama qilindi. Bu borada mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ishlar, erishilayotgan yutuqlar, istiqboldagi vazifalar hamda sohaga doir xalqaro tajriba bo‘yicha ma’ruzalar tinglandi.

Yoshlar media-forumida O‘zEOAVMA hamda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi hamkorligi natijalari, 2019 yilda amalga oshiriladigan loyihalar taqdimoti o‘tkaziladi.

“Ozod yurt to‘lqinlari” XI an’anaviy media-festivali “Kelajak — bugundan boshlanadi” shiori ostida tashkil etildi. Yoshlar zamonaviy uslubda yangicha ko‘rinishdagi chiqishlari bilan ishtirok etdi. Festivalda milliy jurnalistika rivojiga munosib hissa qo‘shayotgan nodavlat teleradiouzatuvchilarning eng yaxshi ijodiy va texnik xodimlari “Innovatsion yondashuv uchun”, “Oilaviy qadriyatlar doim trendda”, “Tezkor, aniq va batafsil”, “Markazda yoshlar”, “Hududda yetakchi”, “O‘zEOAVMAning eng yaxshi media loyihalari” nominatsiyalari bo‘yicha takdirlandi. Shuningdek, “2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi ijrosini yoritishda faol hamkorligi uchun”, “Nodavlat teleradiouzatuvchilar rivojiga qo‘shayotgan hissasi uchun”, “O‘zEOAVMA bilan ishonchli va uzoq yillik hamkorligi uchun”, “Bolalar va yoshlar yo‘nalishidagi faol hamkorlik uchun”, “O‘zEOAVMA bilan samarali ijtimoiy sheriklik uchun” nominatsiyalari bo‘yicha esa hamkor tashkilotlar aniqlandi.

G‘oliblarga “Ozod yurt to‘lqinlari” statuetkasi, diplom va qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.
Dilshod KARIMOV

Manba: "Xalq so‘zi"




Mavzuga oid yangiliklar
  • Telegram orqali soxta havola jo‘natib, o‘zgalar kartasidagi pulni o‘g‘irlagan shaxs ushlandi 19 apr, 10:44 0
  • Markaziy Osiyo davlatlari 2024 yil yozi uchun Amudaryo va Sirdaryo suvini taqsimlab oldi 18 apr, 21:45 302
  • Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmon bayonot bilan chiqdilar 18 apr, 20:00 423
  • O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasida ittifoqchilik munosabatlari o‘rnatildi 18 apr, 17:40 99
  • Toshkentda daraxtga qasd qilgan «maskalilar» qo‘lga olindi 18 apr, 17:23 246
  • Jinoiy ish qo‘zg‘atilgach kelishuvga erishildi 18 apr, 16:48 183
  • So'nggi yangiliklar
  • Turkiya shimolida 5,6 magnitudali zilzila yuz berdi (video) 19 apr, 10:00 0
  • Isroil dronlar orqali Eronga zarba berdi 19 apr, 09:35 93
  • NASA: Xitoy Oyni o‘ziniki qilib olmoqchi 19 apr, 09:09 72
  • Ibrohimhalil Yo‘ldoshev: "Klubim meni qo‘yib yubormoqchi emasdi, biroq..." 19 apr, 08:50 75
  • Yens Stoltenberg: “Ukraina harbiylar yetishmovchiligi muammosini o‘zi hal qilishi kerak” 19 apr, 08:26 69
  • U-23 Osiyo Kubogi. Qatar Iordaniyaga qarshi bahsda so‘nggi daqiqalarda g‘alabani ilib ketdi 19 apr, 08:08 67
  • Yevropa ligasi. "Milan" va "Liverpul" musobaqani tark etdi, "Bayer" va "Roma" esa yarim finalda! 19 apr, 07:48 99
  • Shirinliklar yuz terisiga qanday ta’sir ko‘rsatadi? 19 apr, 07:30 44
  • Zelenskiy: Rossiya Ukrainaning issiqlik energetikasini deyarli to‘liq yakson qildi 19 apr, 07:00 148
  • Zelenskiyga ehtimoliy suiqasdning tafsilotlari oshkor bo‘ldi 19 apr, 06:30 276
  • Jasur Jaloliddinov: "Olimpiada yo‘llanmasi beriladigan musobaqada qanday holatda bo‘lishimizga qaramay, natija ko‘rsatishimiz kerak" 19 apr, 06:00 94
  • Geosiyosiy ziddiyatlar: O‘zbekiston pozitsiyasi qanday bo‘lishi kerak? 19 apr, 00:12 223
  • Bo‘limlar