“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 26 2024, 12:10
ЎЗO‘Z

O‘zbekistonda is gazini aniqlovchi yangi qurilma yaratildi

20 noya, 17:47 4 484 Texnologiya
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekistonda is gazini aniqlovchi yangi qurilma yaratildi O‘zbekistonda is gazini aniqlovchi yangi qurilma yaratildi. Bu haqda Milliy matbuot markazida o‘tkazilgan anjumanda ma’lum qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan tashkil etilgan tadbirda kuz-qish mavsumida aholi xonadonlarida isitish tizimi va yoqilg‘i mahsulotlaridan foydalanish xavfsizlik talablariga rioya etilishini ta’minlash hamda bu borada yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish kabi masalalar muhokama qilindi.

Anjumanda is gazidan zaharlanish bilan bog‘liq turli ko‘ngilsiz hodisalarning oldini olish maqsadida yaratilgan qurilmaning afzalliklar xususida ham batafsil ma’lumotlar berildi.

— Ushbu qurilmani Namangan viloyatida ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi, — deydi “Aholini is gazidan zaharlanish va yong‘inning oldini olish” mas’uliyati cheklangan jamiyati direktori Husanboy Yunusov. — Qurilmaning afzallik jihatlar ko‘p. Misol uchun, u xonadonning maxsus isitish tizimiga o‘rnatiladi. Agarda uyda biror sabab bilan metan, propan va boshqa is gazlari chiqadigan bo‘lsa, qurilma ishga tushib, uni aniqlab beradi hamda signal chala boshlaydi.

Yana bir foydali tomoni shundaki, agarda xonadonda is gazi paydo bo‘lgan paytda uyda hech kim bo‘lmasa, qurilma gazni tarmoqdan avtomatik ravishda o‘chiradi. Qurilma elektr energiyaga ulangan holda ishlaydi. Shu orqali u elektr quvvatini o‘zida jamlaydi. Bu esa qurilma elektr energiyasi tizimdan uzilgan hollarda ham 24 soat ishlab turish imkonini beradi.

Mutaxassislarning aytishicha, ayni paytda qariyb mingga yaqin ana shunday qurilma ishlab chiqarilgan bo‘lib, dastlab 20 tasi Toshkent shahar IIBB ob’ektlariga o‘rnatilgan. Kelgusida uni aholi xonadonlarida ham foydalanish maqsadga muvofiq ekani ta’kidlandi. Qurilmaning o‘rtacha narxi 195 ming so‘m atrofida.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Olimlar 15 daqiqada sun’iy olmos yetishtirish usulini ixtiro qildi 26 apr, 00:00 46
  • Ogohlantirishning yangi rangli shkalasi taqdim etildi 24 apr, 08:13 51
  • Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi 24 apr, 00:40 479
  • Uzcard va Humo terminallari integratsiyasi test rejimida ishga tushirildi 23 apr, 16:31 82
  • Ichki ishlar organlari o‘z faoliyatida dronlardan foydalanishni boshlaydi 22 apr, 17:33 80
  • Biznes imkoniyatingizni kengaytiring 18 apr, 19:00 96
  • So'nggi yangiliklar
  • O‘zbekiston AQSHning “kuzatuvdagi davlatlar ro‘yxati”dan chiqarildi 26 apr, 10:49 36
  • Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi 26 apr, 10:10 92
  • AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi 26 apr, 09:51 44
  • Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi 26 apr, 08:33 27
  • Faollar Toshkentda yana ikkita bog‘ investorga berilganidan norozi bo‘lishmoqda 26 apr, 08:03 68
  • “Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi 26 apr, 07:35 77
  • Buxoroda 4 dona qadimiy tangani xorijga olib chiqmoqchi bo‘lganlar aniqlandi 26 apr, 07:11 34
  • O‘zbek telekanallarida har shanba «Milliy kino kuni» o‘tkaziladi 26 apr, 06:46 25
  • Toshkentda odam o‘ldirishda gumonlangan shaxsni ushlashda yordamlashgan talaba yigit taqdirlandi 26 apr, 06:20 133
  • O‘zbekiston Saudiya to‘sig‘idan o‘tsa, yarim finalda qaysi terma jamoaga duch keladi? 26 apr, 05:55 308
  • U-23 Osiyo kubogi. Indoneziya Janubiy Koreyani yengib, yarim finalga yo‘l oldi! 26 apr, 05:43 152
  • Rossiyada iqtisodiyotni riovjlantirish uchun migrantlar zarurligi aytildi 26 apr, 00:22 282
  • Bo‘limlar