“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 25 2024, 17:57
ЎЗO‘Z

Kasalliklar sochda qanday aks etadi?

19 noya, 13:44 12 426 ---
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Kasalliklar sochda qanday aks etadi? Surunkali charchoq, bosh og‘rig‘i, uyqusizlik bezovta qilyaptimi? U holda sochlaringizgae’tibor bering. Zero, sochdagi o‘zgarishlar organizmdagi ayrim muammolarni fosh etadi!

Kamqonlik belgisi

Uzoq vaqt otfob tig‘i ostida yurish, hammomda bug‘lanish, muntazam ravishda soch dazmoli va fendan foydalanish, kimyoviy jingalaklash, tez-tez soch rangini o‘zgartirish, xlorlangan suvda cho‘milish, soch parvarishi uchun mo‘ljallangan vositalarni noto‘g‘ri qo‘llash, temir taroq ishlatish sochlar quruqlashishiga sabab bo‘ladi.Ammo ushbu holatlardan tashqari sochlaringiz quruqlashib borayotganini sezsangiz, shifokor huzuriga shoshiling. Negaki quruq, sinuvchan, uchi gullagan sochlar ayrim kasalliklar darakchisi bo‘lishi mumkin:

– kamqonlik;
– vitamin va mikroelementlar yetishmovchiligi bilan bog‘liq me’da-ichak tizimi kasalliklari;
– qalqonsimon bez faoliyatidagi buzilishlar;
– buyrak va o‘pkadagi surunkali xastaliklar;
– oqsil yetishmovchiligi (parhezga mukkasidan ketganlarda ko‘p uchraydi);
- organizmda temir va mis tanqisligi.

Chorasi: Sizga terapevt va endokrinolog ko‘rigi zarur. Shuningdek, taomnomangizni qayta ko‘rib chiqing. Sochlar oqsil, temir, V guruhi vitaminlari, mis va kobalt mikroelementiga boy mahsulotlarni yoqtiradi. Agar vitaminlar me’da-ichak tizimi kasalliklari tufayli o‘zlashtirilmayotgan bo‘lsa, shifokorin’eksiya shaklidagi preparatlarni buyuradi.

Bundan tashqari, trixolog – shifokor maslahati ham foydadan holi emas.

Qandli diabetga ishora?!

Yog‘li sochlar, asosan, moddalar almashinuvi buzilganidan yuzaga keladi. Gormonal o‘zgarishlar, noto‘g‘ri ovqatlanish (yog‘li mahsulotlarni ko‘p iste’mol qilish) ham soch holatiga ta’sir qiladi. Shuningdek, qandli diabet va metabolik sindrom (semirish)da ham yog‘ ko‘p ajraladi.

Chorasi: Soch yog‘lanishining sababini bilish uchun jigar va qalqonsimon bezni tekshirtirish zarur. Kunlik ratsionda qovurilgan, shirin, dudlangan yeguliklar, shuningdek, qahva cheklanadi. Soch parvarishi uchun mo‘ljallangan kosmetika vositalarini ham almashtirgan ma’qul. Choy daraxti moyi yog‘ bezlari faoliyatini me’yorlashtiradi, mavrak ekstrakti qo‘shilgan shampunlar esa yog‘li soch terisini «tinchlantiradi».

Sochlar yanada yog‘lanmasligi uchun ularni fenda quritish, qaynoq suvda yuvish mumkin emas.

Taomnomadagi yog‘li mahsulotlarni cheklaganda ham muammo yo‘qolmasa, jigar yoki me’da-ichak kasalliklari rivojlanayotgan bo‘lishi mumkin.

Soch to‘kilishiga sabab – infeksiya

Bilasiz, homiladorlik va tug‘uruqdan so‘ng sochlar siyraklashadi. Shuningdek, qattiq asabiylashish natijasida ham soch to‘kilishi mumkin. Bundan tashqari, ba’zi kasalliklar tufayli soch to‘kiladi. Bular:

– qandli diabet;
– gipoterioz;
– anemiya;
– avitaminoz;
– immunitet tanqisligi;
– zamburug‘lar;
– yiringli invaziya;
– jigar va o‘t pufagi kasalliklari.

Boshning ma’lum qismidagina soch to‘kilishi gormonal o‘zgarishlardan dalolatdir. Masalan, chakka va peshonada soch kamayishi erkaklik gormoni ortib ketganiga ishora sanaladi.

Chorasi: Endokrinolog ko‘rigidan o‘ting. Vaqtinchalikmurakkab soch turmaklaridan voz keching. Tinchlantiruvchi giyohlar damlamasi va vitaminlar qabul qilish mumkin.

Qazg‘oq nimaning asorati?

Agar bosh terisi qichishsa, qizil dog‘lar, teri ko‘chishi, yaralar paydo bo‘lsa, bu psoriaz, ekzema kasalliklari rivojlanayotganini bildiradi. Qazg‘oq esa zambrug‘li infeksiya tufayli paydo bo‘lishi mumkin. Yog‘li sochda qazg‘oq paydo bo‘lishi organizmda yog‘ va uglevodlar yetishmayotganidan darakdir.

Shuningdek, asabiylashish, immunitet sustlashishi, oshqozon - ichak kasalliklari ham qazg‘oqni keltirib chiqaradi.

Chorasi: Faqat qazg‘oqqa qarshi shampunga ishonib qolmang-da, muammoning asl sababini bilish uchun mutaxassis ko‘rigidan o‘ting. Bunda sizga dermatovenerolog yoki trixolog-shifokor yordam beradi.

Vitamin yetishmovchiligi

Bilasiz, kuz–qish mavsumida sochlar jilvakorligi yo‘qoladi. Buning sababi, vitamin va mineral moddalar yetishmovchiligi bilan bog‘liq. Shuningdek, ushbu holat oshqozonosti bezi, qalqonsimon bez faoliyatidagi o‘zgarishlar, jinsiy a’zo xastaliklari, anemiya va ayrim irsiy kasalliklarga ishora bo‘lishi mumkin.

Chorasi: Oqsil, A, Ye, V12 vitaminlariga boy mahsulotlarni ko‘proq iste’mol qiling. Tuz miqdorini kamaytiring. Trixolog ko‘rigidan o‘ting. Shuningdek, polivitaminlar qabul qilish, lavanda, qarag‘ay, apelsin moylaridan tayyorlangan niqoblardan foydalanish ham yaxshi samara beradi.
Shirin Siddiqxo‘jayeva

Manba: Darakchi.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi 25 apr, 14:30 45
  • Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi 24 apr, 20:50 181
  • Ilmiy tadqiqot: D vitamini tanqisligi bedavo kasalliklarga olib kelishi mumkin 24 apr, 14:14 90
  • Organizmda tromb hosil bo‘lganining 10 ta belgisi 24 apr, 07:22 298
  • Quruq yo‘talni yumshatishda yordam beradigan uchta xalqona usul 22 apr, 15:13 133
  • Qaysi odatlar saraton rivojlanishiga olib kelishi mumkin? 21 apr, 12:27 209
  • So'nggi yangiliklar
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 0
  • Qirg‘izistonda elektromobillar yashil davlat raqamida harakatlanadi 25 apr, 15:45 4
  • Ukraina Vazirlar Mahkamasi: Xorijdagi 18 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan ukrainalik erkaklar endi pasport ololmaydi 25 apr, 15:22 11
  • Futzal. Osiyo chempionati 1/4 final: Vetnam qanday taslim etildi? (video) 25 apr, 15:06 16
  • Timur Kapadze matbuot anjumanida Saudiya Arabistoniga qarshi kechadigan bahs haqida nimalar dedi? 25 apr, 14:39 139
  • Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi 25 apr, 14:30 45
  • Tojikistonda 17 yoshli yigitni yashin urdi 25 apr, 14:11 135
  • Ukrainalik model dunyodagi eng uzun sochli ayol sifatida Ginnes rekordlari kitobiga kiritildi 25 apr, 13:43 75
  • Usmon Toshev: "Shubhasiz, Saudiyani yutishni xohlaymiz" 25 apr, 13:17 153
  • Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi 25 apr, 12:59 39
  • MIB xodimi va ikki soliqchi jinoyat ustida ushlandi 25 apr, 11:55 76
  • Moskva viloyati hukumati rahbarining sobiq o‘rinbosari qo‘lga olindi 25 apr, 11:33 163
  • Bo‘limlar