“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 26 2024, 08:48
ЎЗO‘Z

Alloh bandasiga tanlash ixtiyorini bergan

16 noya, 14:10 5 743 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Alloh bandasiga tanlash ixtiyorini bergan Foto: «Islom.uz»
«Islom.uz» portalida Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning «Iymon» kitobidan olingan parcha keltirildi.

Endi Qur’oni karimda inson ixtiyori masalasi qay tarzda hal qilinganini ko‘rib o‘taylik. Mushriklar o‘zlarining yomon ishlarining sababi Allohning irodasi va xohishi ekanligini bahona qilganlarida, Alloh taolo ularga qarata Qur’oni karimda shunday degan:

«Hali shirk keltirganlar: «Agar Alloh xohlaganida, biz ham, ota-bobolarimiz ham shirk keltirmas edik va biror narsani harom qilmas edik», derlar. Ulardan oldingilari ham azobimizni tatigunlariga qadar shu kabi yolg‘onga chiqarib turganlar. «Huzuringizda bizga chiqarib ko‘rsatadigan biron ilm – hujjat bormi? Gumonga ergashmoqdasiz va sizlar aljiramoqdasiz, xolos», deb ayt. Sen: «Yetuk hujjat Allohning O‘zidadir. Agar xohlasa, hammangizni hidoyatga solar edi», deb ayt» (An’om surasi, 148-149-oyatlar).

Ushbu oyatdan ochiq-oydin ko‘rinib turibdiki, agar Alloh taolo barcha odamlarning bir yo‘lda bo‘lishini xohlasa, ularni to‘g‘ri yo‘lga boshlagan bo‘lar edi. Lekin odamlar muayyan yo‘lga yurishga majbur emaslar. Alloh taolo o‘z xohishi bilan to‘g‘rini noto‘g‘ridan, haqni nohaqdan ajratib, odamlarga tushuntirish uchun payg‘ambarlar yubordi va odamlarga istagan yo‘liga yurish ixtiyorini berdi.

Alloh taolo shunday marhamat qiladi:
«Sen: «Haq Robbingiz tomonidandir. Bas, kim xohlasa, iymon keltirsin, kim xohlasa, kufr keltirsin», degin», deyiladi (Kahf surasi, 29-oyat).

Allohning xohishi odamlarni to‘g‘ri yo‘lga boshlash va yomon yo‘ldan qaytarish uchun payg‘ambarlar yuborishda namoyon bo‘lsa, insonning xohishi ikki yo‘ldan birini tanlashda namoyon bo‘ladi. Qur’oni karimning ko‘pchilik oyatlarida insonning ixtiyori o‘zida bo‘lib, u qilgan ishlari uchun javobgar ekanligi bayon etilgan. Agar inson yashayotgan jamiyatda yomonlik tarqasa, maishatida turli kamchiliklar paydo bo‘lsa, bularning barchasiga uning o‘zi sababchidir.

Fussilat surasida Alloh taolo aytadi:
«Kim solih amal qilsa, o‘ziga foyda. Kim yomonlik qilsa, o‘ziga zarar. Robbing bandalarga zulm qiluvchi emas» (46-oyat).

Qur’oni karimda jamiyat ishini yaxshilash uchun, hayotni farovon, turmushni charog‘on qilish uchun har kim o‘zi harakat qilishi zarurligi ta’kidlab o‘tilgan. Alloh taolo Ra’d surasida shunday marhamat qiladi:

«Albatta, Alloh bir qavmdagi narsani, toki ular o‘zlaridagi narsani o‘zgartirmagunlaricha, o‘zgartirmas» (11-oyat).

Qur’oni karimda keltirilgan mazkur iboralardan ochiq-oydin ko‘rinib turibdiki, insonning irodasi va qilgan ishi savobga yoki azobga sabab bo‘lar ekan. Bu Islom dushmanlarining «Islom o‘ziga ergashganlarni taraqqiyotdan qoldiradi va ularning hayotlarini buzadi», degan tuhmatlari g‘irt yolg‘on ekanligini ko‘rsatadi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi 25 apr, 12:59 87
  • Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq? 24 apr, 12:45 249
  • Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi? 24 apr, 06:00 155
  • Parhezshunos uzoq yashash uchun muhim sirni «ochdi» 22 apr, 21:30 238
  • Xom go‘shtni nega yuvib ishlatish kerak emas? 22 apr, 14:18 368
  • Ozish uchun nonushtaning uchta oltin qoidasi 19 apr, 21:00 176
  • So'nggi yangiliklar
  • “Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi 26 apr, 07:35 0
  • Buxoroda 4 dona qadimiy tangani xorijga olib chiqmoqchi bo‘lganlar aniqlandi 26 apr, 07:11 7
  • O‘zbek telekanallarida har shanba «Milliy kino kuni» o‘tkaziladi 26 apr, 06:46 7
  • Toshkentda odam o‘ldirishda gumonlangan shaxsni ushlashda yordamlashgan talaba yigit taqdirlandi 26 apr, 06:20 52
  • O‘zbekiston Saudiya to‘sig‘idan o‘tsa, yarim finalda qaysi terma jamoaga duch keladi? 26 apr, 05:55 126
  • U-23 Osiyo kubogi. Indoneziya Janubiy Koreyani yengib, yarim finalga yo‘l oldi! 26 apr, 05:43 76
  • Rossiyada iqtisodiyotni riovjlantirish uchun migrantlar zarurligi aytildi 26 apr, 00:22 182
  • Markaziy bank raisi oxirgi oylarda dollar kursi nisbatan tezroq oshganiga izoh berdi 26 apr, 00:22 94
  • Olimlar 15 daqiqada sun’iy olmos yetishtirish usulini ixtiro qildi 26 apr, 00:00 34
  • Eron futzal termasi bosh murabbiyi: "O‘zbekistonga qarshi eng yaxshi o‘yinimizni ko‘rsatishga harakat qilamiz" 25 apr, 23:41 50
  • “Roma” o‘yini ochilib ketgan Shomurodovni qaytaradimi? 25 apr, 23:13 258
  • Ravshan Haydarov: Saudiya Arabistoniga “syurpriz”larimiz bor... 25 apr, 22:46 179
  • Bo‘limlar