“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 26 2024, 17:21
ЎЗO‘Z

Prezident keyingi 2 yilda Mo‘ynoqda yangi shaharcha qurishni topshirdi

15 noya, 23:53 4 135 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Prezident keyingi 2 yilda Mo‘ynoqda yangi shaharcha qurishni topshirdi O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev keyingi ikki yilda Mo‘ynoqda 20 ta ko‘p qavatli uy qurish, yangi shaharcha barpo etish bo‘yicha topshiriq bergan. Shu bilan birga, u yerda zamonaviy shaharsozlikdagi barcha yangiliklarni joriy etish, namunaviy infratuzilma yaratishni ham aytgan, deya xabar beradi prezident matbuot xizmati.

15 noyabr kuni Shavkat Mirziyoyev Mo‘ynoq tumaniga borgan. Davlat rahbari loyihalar taqdimoti bilan tanishgan. Mo‘ynoqning mavjud salohiyati, tabiiy imkoniyatlaridan foydalanib, ichki bozorga kerakli mahsulotlar ishlab chiqarish bo‘yicha topshiriqlar bergan.

"Orol fojiasidan eng ko‘p zarar ko‘rgan asli shu – Mo‘ynoq aholisi, – degan Shavkat Mirziyoyev. – Ularning sabr-qanoati, vatanparvarligi, mehnatkashligi uchun rahmat aytishimiz, shunga munosib xizmat qilishimiz kerak".

Mo‘ynoq O‘zbekistonning eng shimoliy hududi bo‘lib, u yerda 30 mingdan ziyod aholi yashaydi. Matbuot xizmati xabariga ko‘ra, 2019 yilda Mo‘ynoq tumanida yana ko‘plab – sanoat sohasida 12 ta, qishloq xo‘jaligida 5 ta, xizmat ko‘rsatish bo‘yicha 14 ta loyiha amalga oshiriladi.

Shuningdek, Shavkat Mirziyoyev Ekologiya muzeyi zalida mahalliy aholi vakillari bilan ham uchrashgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Qizga tegajog‘liq qilib tasvirga olganlarga nisbatan jinoyat ishi ochildi 26 apr, 14:28 31
  • Toshkent shahrida qaysi viloyat haydovchilari ko‘proq taksichilik qilmoqda? 26 apr, 13:03 98
  • O‘zbekiston AQSHning “kuzatuvdagi davlatlar ro‘yxati”dan chiqarildi 26 apr, 10:49 104
  • Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi 26 apr, 08:33 51
  • Faollar Toshkentda yana ikkita bog‘ investorga berilganidan norozi bo‘lishmoqda 26 apr, 08:03 109
  • Buxoroda 4 dona qadimiy tangani xorijga olib chiqmoqchi bo‘lganlar aniqlandi 26 apr, 07:11 53
  • So'nggi yangiliklar
  • Oq uy Kiyevning g‘alabasiga shubha qilmoqda 26 apr, 16:38 1
  • Futzal. Jahon chempionati yo‘llanmasi uchun Markaziy Osiyo jamoalari kurashadigan bo‘ldi 26 apr, 16:19 1
  • “Mayns” futbol klubi stadionidan 500 kilolik bomba topildi 26 apr, 15:51 10
  • Iqtisodiyotda davlat ishtiroki qisqartiriladi 26 apr, 14:53 20
  • Qizga tegajog‘liq qilib tasvirga olganlarga nisbatan jinoyat ishi ochildi 26 apr, 14:28 31
  • Bosh prokuratura Nig‘matilla Yo‘ldoshev «qidiruvda bo‘lgan shaxslar bilan gaplashib turgani» haqidagi videoga izoh berdi 26 apr, 14:02 160
  • Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi 26 apr, 13:48 172
  • Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi 26 apr, 13:25 78
  • Toshkent shahrida qaysi viloyat haydovchilari ko‘proq taksichilik qilmoqda? 26 apr, 13:03 98
  • Istalgan qonni birinchi guruh qoniga aylantirish yo‘li topildi 26 apr, 12:40 48
  • Urushdan qaytgan Rossiya harbiy xizmatchilari 100 dan ziyod qotillikka qo‘l urgan 26 apr, 12:17 165
  • O‘zbekiston AQSHning “kuzatuvdagi davlatlar ro‘yxati”dan chiqarildi 26 apr, 10:49 104
  • Bo‘limlar