“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 24 2024, 11:26
ЎЗO‘Z

Bakteriyalarga qarshi kurashuvchi va ovozli buyruqni tushunuvchi hojatxona qurilmasi ixtiro qilindi

14 noya, 10:30 3 473 Texnologiya
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Bakteriyalarga qarshi kurashuvchi va ovozli buyruqni tushunuvchi hojatxona qurilmasi ixtiro qilindi Unitaz uchun Smart Toilet qopqog‘i bidega aylana oladi, o‘rindiqni isitadi, bakteriyalarga qarshi kurashadi, havoni tozalaydi va ovozli hamda masofaviy buyruqlarni tushunadi. GizChina nashrida ta’kidlanishicha, qurilma osongina aqlli uyning ekotizimiga integratsiyalashadi.

O‘z faoliyatini 2010 yilda boshlagan Xiaomi kompaniyasi bugunga kelib keng assortimentdagi tovarlarni ishlab chiqarmoqda – texnikadan tortib to aqlli qurilmalar va maishiy predmetlargacha. Kuni kecha kompaniya bir ruloni 200 rublga baholanuvchi bambuk tolali hojatxona qog‘ozini taqdim qildi.

Endi esa hojatxonada o‘tirishni yanada qulay qilish uchun ishlab chiqaruvchining noyob ixtirolariga 190 dollarli kengaytirilgan funksionalli Xiaomi Smart Toilet Cover AI Version aqlli qopqog‘ini qo‘shish mumkin.

Xitoy kompaniyasi gadjeti unitazni bidega aylantiruvchi tizim bilan ta’minlangan, u belgilangan parametrlarga ko‘ra unitaz ichidagi suvni isitish xususiyatiga ega. Shuningdek o‘rindiqning o‘zida ham isitish funksiyasi bor, u hojatxonadagi havoni tozalay oladi. Bundan tashqari, unitaz qopqog‘i ultrabinafsha nurlar yordamida o‘rindiqni dezinfeksiya qiladi va shu tariqa bakteriyalarni yo‘q qiladi.

Yangi ishlanma tugmali boshqaruv paneliga ega bo‘lib, unga oddiy shrift va Brayl shriftida yozuvlar tushirilgan. Unitaz qopqog‘iga Xiao Ai intellektual ovozli yordamchisi o‘rnatilgan. Qurilmaning o‘zini aqlli uy tizimiga integratsiya qilish va nafaqat ovoz bilan, balki masofadan ham boshqarish (masalan, suv yoki o‘rindiq haroratini, havo tozalash chastotasini sozlash) mumkin.





Mavzuga oid yangiliklar
  • Ogohlantirishning yangi rangli shkalasi taqdim etildi 24 apr, 08:13 9
  • Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi 24 apr, 00:40 238
  • Uzcard va Humo terminallari integratsiyasi test rejimida ishga tushirildi 23 apr, 16:31 70
  • Ichki ishlar organlari o‘z faoliyatida dronlardan foydalanishni boshlaydi 22 apr, 17:33 73
  • Biznes imkoniyatingizni kengaytiring 18 apr, 19:00 85
  • Hindistonni rivojlantirish strategiyasi sun’iy intellekt yordamida yaratildi 18 apr, 13:45 65
  • So'nggi yangiliklar
  • Erdo‘g‘on Isroil bosh vaziri Netanyaxuni Gitlerga qiyosladi 24 apr, 10:46 0
  • Devid Kemeron O‘zbekistonga nima maqsadda kelganini aytdi 24 apr, 10:23 1
  • Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi 24 apr, 10:02 1
  • Osiyo kubogi U23. O‘zbekiston chorakfinalga guruh peshqadami sifatida yo‘l oldi 24 apr, 09:37 3
  • Eshkak eshuvchilar Parij Olimpiadasiga 5 ta litsenziya qo‘lga kiritishdi 24 apr, 09:09 6
  • Rossiya mudofaa vazirining pora olgani aytilayotgan o‘rinbosari aslida kim? 24 apr, 08:40 106
  • Ogohlantirishning yangi rangli shkalasi taqdim etildi 24 apr, 08:13 8
  • Rossiya mudofaa vazirining o‘rinbosari hibsga olindi 24 apr, 07:50 119
  • Organizmda tromb hosil bo‘lganining 10 ta belgisi 24 apr, 07:22 91
  • Ibrohimxalil Yo‘ldoshev: “Biz raqib tanlamaymiz” 24 apr, 07:02 54
  • “O‘tkan kunlar” romani ilk bor arab tilida nashr etildi 24 apr, 06:35 14
  • Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi? 24 apr, 06:00 49
  • Bo‘limlar