“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 29 2024, 04:41
ЎЗO‘Z

O‘zbek futboli tarixi “buzildi”: 56 yillik klub Superligani tark etadi

10 noya, 07:34 4 902 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbek futboli tarixi “buzildi”: 56 yillik klub Superligani tark etadi Kecha, 9 noyabr kuni futbol bo‘yicha O‘zbekiston Pepsi Superligasining 30-turi doirasida uchta bellashuv bo‘lib o‘tdi.

«Lokomotiv» jamoasi «Buxoro»ni 4:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi va chempionlik sari yana bir qadam ilgariladi.

O‘zbekiston Kubogi sohibi AGMK Olmaliqda «Qo‘qon-1912» jamoasi bilan bellashib, 1:3 hisobida mag‘lubiyatga uchradi. Eslatib o‘tamiz, bugun Kubok sohiblariga avtomashinalar sovg‘a qilindi.

Quyi oltilikda Superligada qolish uchun kurashayotgan ikki jamoa — «Neftchi» va «So‘g‘diyona» Farg‘onada o‘zaro hisob-kitob qildi.

Uchrashuv taqdirini 89-daqiqda jizzaxliklar legioneri Nikola Milinkovich tomonidan kiritilgan gol hal etdi. U penaltidan gol urib, «So‘g‘diyona»ga muhim uch ochkoni taqdim etdi.

«Neftchi» esa mazkur mag‘lubiyat sabab Superligani muddatidan avval tark etаdi. Boisi farg‘onaliklar hisobida hozirda 17 ochko mavjud va ular so‘nggi o‘rinda. AGMK va «So‘g‘diyona» jamoalari esa 23 ochkodan jamg‘arib, quyi oltilikda 4 va 5-o‘rinni band etib turibdi. Agar «Neftchi» keyingi 2 ta o‘yinda 6 ochkoga ega bo‘lsa ham o‘zar o‘yinlardagi past natijalar sabab ulardan pastga joylashadi.

1962 yilda “Neftyanik” nomi bilan tashkil qilingan jamoa, o‘z tarixida ilk bor quyi ligaga ravona bo‘ladi.

Shu paytga qadar o‘zbek futboli tarixida faqatgina Toshkentning «Paxtakor», Namanganning «Navbahor» hamda Farg‘onaning «Neftchi» jamoalari Oliy ligadan pastlamagan edi. Demak, tarix o‘zgaradi va ular soni 2 ta bo‘lib qoladi.
«Neftchi», Superliga, tark etаdi




Mavzuga oid yangiliklar
  • Meksikadagi matbuot anjumanida butun jamoa ishtirok etib, muxlislardan uzr so‘radi 28 mar, 23:27 59
  • Futzal. O‘zbekiston ikkinchi o‘yinda Qirg‘iz Respublikasini mag‘lub etdi 28 mar, 22:56 35
  • Superliga. “Dinamo” “Metallurg” ustidan irodali g‘alabaga erishdi 28 mar, 22:51 41
  • O‘zbekistonlik besh nafar hakam Qatardagi U-23 Osiyo kubogida faoliyat olib boradi 28 mar, 18:49 96
  • Toshkentning “Bunyodkor” klubiga yangi bosh murabbiy tayinlandi 28 mar, 17:00 253
  • Sensatsiya ko‘targan bokschi Bahodir Jalolov oldida “ip esholmadi”, biroq... 28 mar, 00:00 1 092
  • So'nggi yangiliklar
  • «Krokus»dagi terakt ishi bo‘yicha yana bir kishi ushlandi 29 mar, 00:30 111
  • Nima uchun «Krokus»da kerakli pallada xavfsizlik kuchlari yo‘q edi? 29 mar, 00:11 99
  • Zelenskiy: “Agar snaryadlar yetarli bo‘lmasa, Ukraina Rossiya hujumini qaytara olmaydi” 28 mar, 23:45 68
  • Meksikadagi matbuot anjumanida butun jamoa ishtirok etib, muxlislardan uzr so‘radi 28 mar, 23:27 59
  • Mijozlarni 1,8 mlrd dollarga aldagan kriptovalyuta birjasi asoschisi 25 yilga qamaldi 28 mar, 23:04 40
  • Futzal. O‘zbekiston ikkinchi o‘yinda Qirg‘iz Respublikasini mag‘lub etdi 28 mar, 22:56 35
  • Superliga. “Dinamo” “Metallurg” ustidan irodali g‘alabaga erishdi 28 mar, 22:51 41
  • Nima uchun olimlar ayollarga vaqti-vaqti bilan yig‘lab turishni tavsiya qiladi? 28 mar, 22:22 40
  • Kirill Budanov: “Rossiya o‘z hududida terakt tayyorlanayotganini kamida bir oy oldin bilgan” 28 mar, 21:56 184
  • Yakuni mavhum bo‘lib borayotgan Ukraina urushi: tarixiy bashorat va yechimlar 28 mar, 21:29 299
  • Jahon banki: O‘zbekiston iqtisodiyotidagi gender tenglik 700 ming odamni kambag‘allikdan olib chiqishi mumkin 28 mar, 21:02 25
  • Mirziyoyev Xitoyning Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayoni xalq hukumati raisi bilan uchrashdi 28 mar, 20:40 52
  • Bo‘limlar