“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 24 2024, 04:02
ЎЗO‘Z

Vengerning «Milan»ga o‘tishidan kimga foyda-yu, kimga zarar?

08 noya, 03:30 2 310 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Vengerning «Milan»ga o‘tishidan kimga foyda-yu, kimga zarar? Hamma Arsen Venger tez orada murabbiylik faoliyatini qayta boshlashini biladi. U shu yil yozida «Arsenal»ni Kilian Mbappening yoshidan ham uzoq vaqt davomida boshqarganidan keyin iste’foga chiqqandi.

U yaqinda «2019-yilning boshida qaytish ehtimoli» borligini, ammo «qayerda bo‘lishini bilmasligini» ham aytib o‘tgandi.

Biroq so‘nggi gap-so‘zlarga qaraganda fransiyalik mutaxassis modalar poytaxtida faoliyatini qayta tiklamoqchi. «Milan» boy tarixga ega klublardan biri. Faqatgina «Real Madrid» Chempionlar Ligasini «Milan»dan ko‘p marta yutib olgan. «San Siro» egalari tajribali Vengerning kelishidan katta foyda ko‘rishi mumkin. Biroq uning kelishi ba’zilarning foydasiga ishlasa, ba’zilar uchun «Milan» bilan bog‘liq faoliyati yakun topishini anglatadi. Xo‘sh, ular kim?

G‘olib: Aaron Remzi

«Arsenal» Remzi bilan yangi kelishuvga erishganini ma’lum qilganiga qaramay uelslik futbolchi “to‘pchilar”ni yozda erkin agent sifatida tark etishiga sha’ma qilingandek. Boisi klubdagi ishlar Remzining foydasiga bo‘lmayapti.

Avvalo aytib o‘tish kerakka u klubda o‘n yillardan beri o‘ynamoqda va klub bilan uzviy bog‘lanib ketgan. 27 yoshni qoralagan futbolchining bir klubda faoliyat olib borayotgani tahsinga loyiq.

Agarda Venger «Milan»ni o‘z qo‘liga olsa, Remzi ham o‘smirlik vaqtidan beri unga ustozlik qilib kelgan Venger ixtiyoriga borib qo‘shilishi mumkin.

Mag‘lub: Jyakomo Bonaventura

Albatta Remzining italyan klubiga kelib qo‘shilishi kimnidir u yerdan ketishiga sabab bo‘ladi. Bunday holatda katta ehtimol bilan Bonaventura milanliklar bilan xayrlashsa kerak. Yarim himoyachi Remzi profiliga o‘xshash futbolchi.

Italiyalik futbolchi tayanch yarim himoyasida raqiblarni kutib oluvchi va kezi kelsa o‘zi ham hujumlarga qo‘shilib zarba beruvchi futbolchi hisoblanadi. Garchi u bu vazifasini hozirda ham munosib bajarayotgan bo‘lsada, Venger o‘zi bilan Remzini olib kelgan taqdirda, Bonaventuraga asosiy tarkibda joy topilmay qolsa kerak.

G‘olib: Sesk Fabregas

Fabregas Arsen Vengerning bir vaqtlardagi ma’budi edi. Albatta Robin van Persi «Arsenal»ning so‘nggi buyuk futbolchisi hisoblanadi. Biroq gollandiyalik futbolchi Londondagi so‘nggi mavsumida klubda muammolarga duch keldi va bu uning buyukligiga soya soladi.

Fabregasni esa londonliklar asosiy tarkibda o‘ynatamiz deb 17 yoshligidayoq uni «Barselona»dan olib kelgandi. Sesk Vengerning ajoyib jamoasining markaziy figurasi edi. Uning ta’siri Terri Anrining «Barselona»ga ketishi ortidan yanada ortdi.

Uning o‘zi ham keyinroq kataloniyaliklar tomon yo‘l oldi. U shu tariqa Vengerni kuchsizlantirib qo‘ygandi. Fabregas esa kataloniyaliklar bilan muhim sovrinlarni yutishga bel bog‘ladi. Hozir buni «Chelsi»da amalga oshirishga bel bog‘lagan.

Faqatgina shu mavsumda u «Stemford Bridj»dan tashqarida qolib ketmoqda. Yangi kelgan bosh murabbiy Maurisio Sarri unga kam o‘yin amaliyoti taqdim qilmoqda. Venger uni ham «San Siro»ga olib ketishi mumkin. Uning benazir uzatmalarni amalga oshirish qobiliyati milanliklarning foydasiga ishlashi mumkin.

Mag‘lub: «Latsio» va «Roma»

A Seriyaning yangi mavsumida hamma Skudetto uchun kurash «Yuventus», «Napoli» va «Inter» o‘rtasida kechishini bashorat qilmoqda. Dastlabki ikki jamoa haqiqatdan Italiyada eng kuchlilari bo‘lsa, «Inter» Luchano Spaletti qo‘li ostida katta ishlarni qilishga urinmoqda.

Chempionlar Ligasi uchun esa faqatgina 4-o‘rin qolmoqda. «Latsio» va «Roma» bu o‘rin uchun kurash olib boradi. Biroq hammamiz bilamizki, 4-o‘rin ko‘proq Vengerga yarashadi, shunday emasmi?

G‘olib: Ivan Gazidis

Shu yil avvalida Ivan Gazidis «Emireyts»dan ketishidan avval Unay Emerini olib kelish uchun dastlabki qadamlarni tashlagandi. U ayni vaqtda «Milan»ning ijrochi direktori vazifasini bajarmoqda. Vengerning «rossonerilar» tarkibiga o‘tishi borasidagi mish-mishlar bekorga emasligini tushunib yetgan bo‘lsangiz kerak. U bir hafta avval rasman yangi vazifasiga kirishgandi.

Gazidis va Venger ko‘p yillar birga faoliyat olib bordi. Bir-birlarini juda yaxshi tushunadi. Qayta bog‘lanish joyi endi «Milan» bo‘lsa ajabmas.

Mag‘lub: Jennaro Gattuzo

Arsen Vengerning kelishi va uning to‘rtinchi o‘rinni egallashi haqida hazil qilish yaxshi. Ammo shu narsani unutmaslik kerakki, «Milan» ayni vaqtda 4-o‘rinda! Gattuzo «Milan»da sekinlik bilan yaxshilanish ishlarini olib bormoqda. U tarkibda kuchli mentalitetni yarata olgan, shuning o‘zi katta o‘zgarish.

Venger bo‘shligi tufayli undan voz kechish uning qilayotgan xizmatlariga nomunosib bo‘ladi. Eng yomoni «Milan» uning orzusi. U aynan shu yerda afsonaviy futbolchiga aylandi va murabbiy sifatida ham borini beradi.
Erkinjon G‘aybullayev

Manba: Sports.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Shomurodovning kelishini bu jamoa muxlislari intizorlik bilan kutmoqda 24 apr, 00:13 127
  • Timur Kapadze: "Raqibimiz Saudiya bo‘ladimi yoki boshqa bir jamoa, biz o‘z maqsadimizga erishishimiz kerak" 23 apr, 23:48 47
  • Vetnam futzal termasi bosh murabbiyi: "O‘zbekiston — turnir favoriti" 23 apr, 23:20 52
  • Iroq OTJ bosh murabbiyi: "Chorak finalda oson raqib bo‘lmaydi, eng muhimi bor kuchimizni ishga solish" 23 apr, 23:03 55
  • U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston terma jamoasi Vetnam ustidan yirik hisobda g‘alaba qozondi (video) 23 apr, 22:44 90
  • Abbosbek Fayzullayev birdaniga uchta sovringa da’vogar 23 apr, 22:24 168
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi 24 apr, 00:40 64
  • Shomurodovning kelishini bu jamoa muxlislari intizorlik bilan kutmoqda 24 apr, 00:13 127
  • Timur Kapadze: "Raqibimiz Saudiya bo‘ladimi yoki boshqa bir jamoa, biz o‘z maqsadimizga erishishimiz kerak" 23 apr, 23:48 47
  • Vetnam futzal termasi bosh murabbiyi: "O‘zbekiston — turnir favoriti" 23 apr, 23:20 52
  • Iroq OTJ bosh murabbiyi: "Chorak finalda oson raqib bo‘lmaydi, eng muhimi bor kuchimizni ishga solish" 23 apr, 23:03 55
  • U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston terma jamoasi Vetnam ustidan yirik hisobda g‘alaba qozondi (video) 23 apr, 22:44 90
  • Abbosbek Fayzullayev birdaniga uchta sovringa da’vogar 23 apr, 22:24 168
  • Saudiya Arabistoni OTJ bosh murabbiyi: "Ikki yil avvalgi musobaqada Vetnamni ham, O‘zbekistonni ham mag‘lub etganmiz" 23 apr, 22:20 135
  • Xose Venansio Lopes: "Yarim finalga chiqish uchun Vetnamga qarshi uchrashuvda nazoratni qo‘lga olishimiz talab etiladi" 23 apr, 22:02 84
  • Afg‘onistondagi dalalarga chigirtkalar hujum qildi 23 apr, 21:44 85
  • Mutaxassis Toshkent havosini ifloslantiruvchi asosiy manbalar nima ekanini aytib o‘tdi 23 apr, 21:21 169
  • Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi 23 apr, 20:53 473
  • Bo‘limlar