“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 27 2024, 08:15
ЎЗO‘Z

Yirik shaharlar aholisi salomatligiga bosh xavf ma’lum bo‘ldi

26 okt, 12:40 3 468 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Yirik shaharlar aholisi salomatligiga bosh xavf ma’lum bo‘ldi Tropiklar va jamoat salomatligi Shveysariya instituti olimlari shahardagi shovqinning yuqoriligi yurak-tomir kasalliklari xavfini sezilarli oshirishi haqidagi xulosaga kelishdi. Aniqlanishicha, yirik shaharlarda yuqori darajadagi shovqin sog‘liqqa havoning ifloslanganligidan ko‘proq ta’sir qilar ekan.

Olimlar buni aniqlash uchun Shveysariyada 2000 yildan 2008 yilgacha qayd qilingan 19,2 mingta o‘limni tahlil qilishgan. Natijada yurak xurujlari xavfi havoning ifloslanganligi darajasi har 10 mikrogramm mayda zarraga oshganda 5,2 foizga oshar ekan. Biroq shovqin ta’siri bo‘lmasa, ushbu xavf 2-3,4 foizgacha kamayar ekan. Shu tariqa, olimlar shovqin inson organizmiga havoning ifloslanganligidan ko‘proq zarar keltirishi haqidagi xulosaga kelishgan.

Bundan avvalroq shvetsiyalik olimlar havo haroratining nol darajadan past bo‘lishi yurak xuruji xavfini oshiruvchi omil bo‘lishi mumkinligi haqidagi xulosaga kelishgani ma’lum qilingandi. Olimlar buni yurak xurujlari sovuq havoda 10 foizga ko‘proq yuz bergani bilan tushuntirishgan. Bunga esa sovuq havoda tomirlar torayishi, buning oqibatida esa yurakka kamroq kislorod yetib borishi sabab bo‘ladi. Bundan tashqari, sovuq havoda tez-tez gripp bo‘lish va shamollash ham yurak xurujlari xavfini oshirar ekan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Sankt-Peterburgda o‘zbekistonlik ishchi odamlarni yong‘indan qutqardi 27 apr, 07:00 62
  • «Krokus»dagi terakt ishi bo‘yicha yana bir tojikistonlik qo‘lga olindi 27 apr, 06:03 80
  • Peskov: AQSH Ukrainadagi mojaroda bevosita ishtirok etmoqda 27 apr, 00:00 98
  • Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi 26 apr, 23:10 132
  • Timur Ivanov ishi. Qo‘lga olinganlar haqida hozirgacha nimalar ma’lum? 26 apr, 22:44 211
  • Qozog‘istonlik amaldor jamoat muhokamasiga 100 ta chelak olib keldi 26 apr, 22:18 293
  • So'nggi yangiliklar
  • Sankt-Peterburgda o‘zbekistonlik ishchi odamlarni yong‘indan qutqardi 27 apr, 07:00 62
  • Nihol qalamchasini tayyorlash, ekish va parvarish qilish uchun muhim tavsiyalar berildi 27 apr, 06:30 13
  • «Krokus»dagi terakt ishi bo‘yicha yana bir tojikistonlik qo‘lga olindi 27 apr, 06:03 80
  • Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video) 27 apr, 05:35 52
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq Vetnamni mag‘lub etib yarim finalga yo‘l oldi 27 apr, 01:17 125
  • Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi 27 apr, 00:26 45
  • Husain Norchayev: Bugun imkoniyatlarimizdan foydalanib g‘alaba qozondik 27 apr, 00:22 88
  • Peskov: AQSH Ukrainadagi mojaroda bevosita ishtirok etmoqda 27 apr, 00:00 98
  • Timur Kapadze Saudiya Arabistoni ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng nimalar dedi? 26 apr, 23:36 220
  • Isroil Madrimov o‘z divizionida yengilmas Kroufordga “non” bermoqchimas! 26 apr, 23:30 88
  • Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi 26 apr, 23:10 132
  • Xose Venansio Lopes: "Himoyada ham, hujumda ham ajoyib harakat qila oldik" 26 apr, 22:53 124
  • Bo‘limlar