“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 26 2024, 16:55
ЎЗO‘Z

BMT niqobning taqiqlanishini musulmon ayollari huquqlarining toptalishi deb tan oldi

25 okt, 08:56 3 400 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
BMT niqobning taqiqlanishini musulmon ayollari huquqlarining toptalishi deb tan oldi BMT ayollarning niqob kiyib yurgani uchun jarimaga tortgan Fransiya inson huquqlarini poymol qilgan, deb hisoblamoqda. Birlashgan Millatlar Tashkilotining inson huquqlari bo‘yicha qo‘mitasidagilar bu taqiq musulmon ayollarining ibodat erkinligiga putur yetkazadi, degan xulosaga kelishgan.

2016 yilda inson huquqlari bo‘yicha qo‘mitaga yuzni berkitish imkonini beruvchi kiyim kiyib yurgani uchun jarimaga tortilgan ikki nafar ayoldan shikoyat kelib tushgan.

Fransiyada esa 2010 yilda «hech kim ommaviy muhitda yuzni berkitish uchun mo‘ljallangan kiyim yoki buyum kiyib yurishi mumkin emas»ligini nazarda tutuvchi qonun qabul qilingan.

Qo‘mitaning xulosasiga ko‘ra, omma oldida niqob (burqa) kiyib yurish uchun umumiy taqiq musulmon ayollarining huquqlarini poymol qiladi. Fransiya mazkur kiyimni taqiqlash nechog‘lik zarur ekanligini yetarli tarzda tushuntirib bera olmagan. Bu xavfsizlik nuqtai nazaridan ekanligi qo‘mitani qanoatlantirmagan.

BMTdagilar taqiq o‘ta radikal ekanligini tan olishgan. Davlatlar faqat shaxsni aniqlashtirish uchun yuzni ko‘rsatishni talab qilishga haqli. Endi 180 kun ichida Fransiya hokimiyati BMT Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissar boshqarmasiga hisobot topshirishi va shikoyat qilgan ayollarga kompensatsiya to‘lab berishi lozim bo‘ladi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Oq uy Kiyevning g‘alabasiga shubha qilmoqda 26 apr, 16:38 0
  • “Mayns” futbol klubi stadionidan 500 kilolik bomba topildi 26 apr, 15:51 10
  • Bosh prokuratura Nig‘matilla Yo‘ldoshev «qidiruvda bo‘lgan shaxslar bilan gaplashib turgani» haqidagi videoga izoh berdi 26 apr, 14:02 160
  • Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi 26 apr, 13:48 172
  • Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi 26 apr, 13:25 78
  • Urushdan qaytgan Rossiya harbiy xizmatchilari 100 dan ziyod qotillikka qo‘l urgan 26 apr, 12:17 165
  • So'nggi yangiliklar
  • “Mayns” futbol klubi stadionidan 500 kilolik bomba topildi 26 apr, 15:51 9
  • Iqtisodiyotda davlat ishtiroki qisqartiriladi 26 apr, 14:53 19
  • Qizga tegajog‘liq qilib tasvirga olganlarga nisbatan jinoyat ishi ochildi 26 apr, 14:28 31
  • Bosh prokuratura Nig‘matilla Yo‘ldoshev «qidiruvda bo‘lgan shaxslar bilan gaplashib turgani» haqidagi videoga izoh berdi 26 apr, 14:02 160
  • Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi 26 apr, 13:48 172
  • Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi 26 apr, 13:25 78
  • Toshkent shahrida qaysi viloyat haydovchilari ko‘proq taksichilik qilmoqda? 26 apr, 13:03 97
  • Istalgan qonni birinchi guruh qoniga aylantirish yo‘li topildi 26 apr, 12:40 48
  • Urushdan qaytgan Rossiya harbiy xizmatchilari 100 dan ziyod qotillikka qo‘l urgan 26 apr, 12:17 165
  • O‘zbekiston AQSHning “kuzatuvdagi davlatlar ro‘yxati”dan chiqarildi 26 apr, 10:49 104
  • Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi 26 apr, 10:10 298
  • AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi 26 apr, 09:51 94
  • Bo‘limlar