“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 02:59
ЎЗO‘Z

Notarial harakatlarni amalga oshirish uchun barmoq izi olinadi

24 okt, 21:00 3 731 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Notarial harakatlarni amalga oshirish uchun barmoq izi olinadi Notarial harakatlarni amalga oshirish jarayonida ariza beruvchi tomonidan notarial tasdiqlangan hujjatlarga imzo chekish va ularning qo‘l barmoq izini skaner qilish amaliyoti joriy qilinadi. Shuningdek, vasiyatnoma va boshqa hujjatlarga imzo chekish jarayoni majburiy ravishda audio va video shaklda yozib boriladi.

Milliy matbuot markazida Adliya vazirligining "Nizolarning oldini olishga qaratilgan institut sifatida notariat tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi prezident qarori ijrosiga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Adliya vaziri o‘rinbosari Akbar Toshqulov joriy yilning 9 oyi mobaynida 3 192 819 notarial harakatlar amalga oshirilgani, bu esa o‘tgan yilning shu davridagiga nisbatan 4,5 % ga kam ekanini aytib o‘tdi.

O‘tgan vaqt mobaynida ushbu qaror ijrosini ta’minlash maqsadida bir qonun, Vazirlar Mahkamasining uchta qarori, bir idoraviy me’yoriy-huquqiy hujjat qabul qilingan.

Notariuslarning lavozimga tayinlanish uchun stajirovka o‘tashi ikki yildan bir yilgacha qisqartirildi. Sudya lavozimida kamida besh yil ishlagan hamda notarial faoliyat bo‘yicha kamida 3 yil rahbarlik va nazorat faoliyatini amalga oshirish bilan bog‘liq lavozimlardagi shaxslar uchun notarius lavozimiga stajirovka o‘tash tartibi bekor qilindi.

Bundan tashqari joriy yilning boshidan notariuslar sayyor tartibda 17 391 ta notarial harakatlarni bajargan. O‘tgan yil bilan taqqoslaganda, bu ko‘rsatgich 24 foizga o‘sgan.

Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 14 sentyabrdagi qaroriga muvofiq, notariatning faol modeli doirasida jismoniy va yuridik shaxslarga “Yagona darcha” tamoyili asosidagi notarial xizmatlar ko‘rsatish tartibi joriy etilmoqda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Navoiyda avtomashinasiga sirena o‘rnatib harakatlangan haydovchiga chora ko‘rildi 02 мая, 00:03 6
  • Jarimalardan 100 mln so‘m qarzi bor avtomobil Qamchiq dovonida ushlandi 01 мая, 23:50 14
  • Samarqandda YPX xodimi haydovchidan pora so‘radi: “Uch kishiga tushlik olib keling” 01 мая, 22:00 99
  • Shavkat Mirziyoyev ikki yirik tuzilma rahbarlari bilan muloqot o‘tkazdi 01 мая, 21:13 65
  • «Samarqand — Toshkent — Samarqand” yo‘nalishida qo‘shimcha poyezdlar harakatlanadi 01 мая, 20:53 28
  • Hokimlik xodimi firibgarlik ortidan qo‘lga tushdi 01 мая, 20:13 81
  • So'nggi yangiliklar
  • Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi 02 мая, 00:24 11
  • Navoiyda avtomashinasiga sirena o‘rnatib harakatlangan haydovchiga chora ko‘rildi 02 мая, 00:03 6
  • Ar-Riyodda forum: AQSH-Xitoy tirashuvi va Yaqin Sharq inqirozi diqqat markazida 02 мая, 00:02 16
  • Jarimalardan 100 mln so‘m qarzi bor avtomobil Qamchiq dovonida ushlandi 01 мая, 23:50 14
  • Netanyahu HAMASga qarshi operatsiyani yakunlashdan bosh tortdi 01 мая, 23:45 37
  • Ukraina kamikadze dronlari Belgorod viloyatidagi aholi punktlariga hujum uyushtirdi 01 мая, 23:28 27
  • Joze Mourino Yevro—2024 favoritlarini sanab o‘tdi 01 мая, 23:10 22
  • Moskvada Ukrainadan tortib olingan NATO harbiy texnikalari ko‘rgazmasi o‘tkazildi 01 мая, 22:44 124
  • Nyu-York politsiyasi Falastin tarafdori bo‘lib namoyish o‘tkazgan 282 talabani hibsga oldi 01 мая, 22:22 24
  • Samarqandda YPX xodimi haydovchidan pora so‘radi: “Uch kishiga tushlik olib keling” 01 мая, 22:00 99
  • Fransiyalik taniqli aktyor Jerar Deparde jinsiy tajovuzda ayblab, hibsga olindi 01 мая, 21:36 67
  • Shavkat Mirziyoyev ikki yirik tuzilma rahbarlari bilan muloqot o‘tkazdi 01 мая, 21:13 65
  • Bo‘limlar