Rossiya boks federatsiyasi rossiyalik Xabib Nurmagomedov va amerikalik Floyd Meyvezer o‘rtasidagi jangni "Lujniki"da o‘tkazishni rejalashtirmoqda.
– Agar jang boks qoidalari asosida o‘tkazilsa, uni tashkil qilish biz uchun qiziqarli. Agar Xabib xohlasa, biz bunga tayyormiz. Xabib yaxshi boks ustasi. U Makgregor bilan jangda turib bera oldi. "Lujniki" bunga aloqador joy, — deya xabar beradi federatsiya bosh kotibi Umar Kremlev.
Eslatib o‘tamiz, irlandiyalik Konor Makgregor ustidan UFC 229 turnirda qozonilgan g‘alabadan so‘ng Nurmagomedov amerikalik bokschini ringga chaqirdi.