“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 25 2024, 15:59
ЎЗO‘Z

Miya uchun foydali mahsulotlar

21 okt, 15:35 11 335 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Miya uchun foydali mahsulotlar Nonushta qilayotganda, tushlik yoki kechki ovqatni yeyayotganimizda, tanovul qilayotgan mahsulotlarimiz foydalimi yoki yo‘qmi, deb o‘ylaymiz. Zero, uzoq yillar davomida miya yaxshi ishlashi uchun to‘g‘ri ovqatlanish zarur. Ammo buning uchun qanday mahsulotlarni iste’mol qilish kerakligini bilish lozim. Quyida miya faoliyatini yaxshilash uchun unga foyda beradigan mahsulotlar haqida bilib olishingiz mumkin.

Kepakli donlardan tayyorlangan mahsulotlar

Kepakli donlardan tayyorlangan non, ungan bug‘doy va bo‘tqa iste’mol qiling. Bug‘doy, suli, arpa yormasidan tayyorlangan bo‘tqani. Bu mahsulotlarda miya faoliyatini yaxshilaydigan kletchatka va V guruhi vitaminlari bor.

Yong‘oq

Yong‘oq miya faoliyati uchun juda foydali. Ularda yog‘ kislotalari, foliy kislota, V1, V6, V9, V12, RR, K, S, Ye vitaminlari bor.

Kakao

Bu ichimlik miyaning qon bilan ta’minlanishini yaxshilaydi. Kakao tarkibidagi flavanol – antioksidant miya yaxshi ishlashiga yordam beradi.

Shokolad

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, shokolad yeydigan yoki qora shokolad ichadigan odamlarning xotirasi boshqalarnikiga nisbatan yaxshiroq bo‘ladi. Shokolad tayyorlashda ishlatiladigan kakao donlarida teobromin mavjud bo‘lib, u asab tizimi uchun foydali.

Baliq

Baliqning yog‘li turlari xotirani yaxshilash va miyaning yaxshi ishlashi uchun juda foydali. Baliqda omega-3 va omega-6 yog‘ kislotalari, yod, brom, magniy, molibden, marganets, rux, V guruhi vitaminlari, RR, N bor. Bu vitaminlar va mikroelementlarning hammasi ijobiy ta’sirga ega: xotirani, qon aylanishini yaxshilaydi, tomirlarni mustahkamlaydi.

Chernika

Chernika — juda foydali reza meva. U antioksidantlar, vitamin va minerallar, temir, mis, pantenol kislota, S, V1, V6, RR, A vitaminlariga boy. Chernika miya faoliyatini, ko‘rish qobiliyatini yaxshilaydi, tomir devorlarini mustahkamlaydi.

Olma

Olmada foydali moddalar, vitaminlar va minerallar ko‘p, ammo miya uchun olma iste’mol qilish shunisi bilan qadrliki, uning tarkibiy qismlari insultda uchraydigan qon quyilishini 2 barobar kamaytirishi mumkin.

Glyukoza

Miya uchun foydali, xotirani va aqliy qobiliyatni yaxshilaydigan glyukozani reza mevalar va meva, tarvuz, qovun, malina, yertut, olxo‘ri, shaftolida topish mumkin. Bu mahsulotlarni muntazam ravishda iste’mol qiling.

Zaytun moyi

Miya yaxshi ishlashi uchun zaytun moyi iste’mol qilish kerak, uni alohida mahsulot sifatida ham iste’mol qilish yoki salatlarga qo‘shish mumkin.

Tuxum

Tuxumda letsitin va V12 bor, bular miyaning normal ishlashiga yordam beradi.

Qahva

Agar odam qahvani me’yorida iste’mol qilsa, bu mahsulot Alsgeymer kasalligi rivojlanishining oldini oladi. Qahva iste’mol qilish tez qaror qabul qilish va tafakkurni tiniq saqlashga yordam beradi.

Miyaga, shuningdek, aqliy qobiliyatni yaxshilaydigan dofamin zarur. Taomnomangizga loviya, tovuq, kurka go‘shti, sut mahsulotlarini qo‘shing.

Miya yaxshi ishlashi uchun serotonin juda muhim. Xotira, o‘qish qobiliyati unga bog‘liq. U tufayli biz yaxshi uxlaymiz, ishtahamiz, kayfiyatimiz yaxshi. Serotonin gormoni banan, shokolad, pomidor, anjir kabi mahsulotlarda mavjud aminokislotalardagi triptofan tufayli hosil bo‘ladi.

Miya faoliyatiga foydali mahsulotlarni muntazam ravishda iste’mol qiling.
SEVINCh tayyorladi

Manba: tasvir.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi 25 apr, 12:59 21
  • Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq? 24 apr, 12:45 215
  • Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi? 24 apr, 06:00 121
  • Parhezshunos uzoq yashash uchun muhim sirni «ochdi» 22 apr, 21:30 223
  • Xom go‘shtni nega yuvib ishlatish kerak emas? 22 apr, 14:18 352
  • Ozish uchun nonushtaning uchta oltin qoidasi 19 apr, 21:00 170
  • So'nggi yangiliklar
  • Timur Kapadze matbuot anjumanida Saudiya Arabistoniga qarshi kechadigan bahs haqida nimalar dedi? 25 apr, 14:39 1
  • Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi 25 apr, 14:30 0
  • Tojikistonda 17 yoshli yigitni yashin urdi 25 apr, 14:11 1
  • Ukrainalik model dunyodagi eng uzun sochli ayol sifatida Ginnes rekordlari kitobiga kiritildi 25 apr, 13:43 0
  • Usmon Toshev: "Shubhasiz, Saudiyani yutishni xohlaymiz" 25 apr, 13:17 75
  • Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi 25 apr, 12:59 21
  • MIB xodimi va ikki soliqchi jinoyat ustida ushlandi 25 apr, 11:55 55
  • Moskva viloyati hukumati rahbarining sobiq o‘rinbosari qo‘lga olindi 25 apr, 11:33 109
  • Atmosfera havosini zararlayotgan 500 dan ortiq avtomobil egalariga chora ko‘rildi 25 apr, 11:12 50
  • Xose Venansio Lopes: Raqibimiz jahonning eng kuchli terma jamoalaridan biri ekanini yaxshi bilamiz 25 apr, 11:05 141
  • O‘zganing nomiga onlayn qarz olib, pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 25 apr, 10:35 53
  • Pentagon Ukrainaga yangi yordam paketining tarkibini ochiqladi 25 apr, 10:11 153
  • Bo‘limlar