“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 26 2024, 16:40
ЎЗO‘Z

Qozog‘iston Oliy sudi: Majburiy maktab formasi Konstitutsiyaga zid emas

20 okt, 09:30 6 882 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Qozog‘iston Oliy sudi: Majburiy maktab formasi Konstitutsiyaga zid emas Qozog‘iston Oliy sudi mamlakatda anchadan buyon turli bahslarga sabab bo‘lgan o‘quvchilarning maktablarda hijob o‘rab yurishi masalasida so‘nggi qarorini aytdi. Oliy Sud matbuot xizmati tarqatgan xabarda ana shunday deyiladi.

Kassatsiya instansiyasida ishni ko‘rib chiqishni rad etgan Oliy Sud maktablarda o‘quvchilarning hijob o‘rab yurishining taqiqlanishi haqidagi Talabnoma Konstitutsiyaga zid kelishi haqidagi arizaga quyidagicha izoh berdi:

Talabnomaning maqsadi ta’limning dunyoviy xarakteriga amal qilishda o‘rta ta’lim dargohlarida majburiy maktab formasini joriy etishga yagona yondashuvni, maktab formasiga nisbatan ota-onalarda ijobiy munosabatni shakllantirish, ta’lim muassasalari rahbarlarining mas’uliyatini oshirishni ko‘zlaydi.

Bunda arizachilar tomonidan keltirilgan sabablar, ya’ni talabnoma Konstitutsiya va xalqaro shartnomalarda belgilangan qoidalarga zid ekanligi asosli emas deb topildi.

Mazkur talabnoma Ta’lim va fan Vazirligi tomonidan Qozog‘iston Respublikasi “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonuni 5-moddasiga to‘liq amal qilingan holda ishlab chiqilganligi hamda mazkur muassasa ta’lim sohasidagi vakolatli organ ekanligi e’tiborga olingani ta’kidlanadi.

Shunday qilib, Qozog‘iston Respublikasi Oliy Sudi dunyoviy xarakterdagi ta’lim muassasalarida majburiy maktab formasiga rioya qilish talabi mamlakat Konstitutsiyasida belgilangan me’yorlarga zid kelmasligini ta’kidladi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Oq uy Kiyevning g‘alabasiga shubha qilmoqda 26 apr, 16:38 0
  • “Mayns” futbol klubi stadionidan 500 kilolik bomba topildi 26 apr, 15:51 9
  • Bosh prokuratura Nig‘matilla Yo‘ldoshev «qidiruvda bo‘lgan shaxslar bilan gaplashib turgani» haqidagi videoga izoh berdi 26 apr, 14:02 160
  • Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi 26 apr, 13:48 172
  • Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi 26 apr, 13:25 78
  • Urushdan qaytgan Rossiya harbiy xizmatchilari 100 dan ziyod qotillikka qo‘l urgan 26 apr, 12:17 165
  • So'nggi yangiliklar
  • “Mayns” futbol klubi stadionidan 500 kilolik bomba topildi 26 apr, 15:51 9
  • Iqtisodiyotda davlat ishtiroki qisqartiriladi 26 apr, 14:53 19
  • Qizga tegajog‘liq qilib tasvirga olganlarga nisbatan jinoyat ishi ochildi 26 apr, 14:28 31
  • Bosh prokuratura Nig‘matilla Yo‘ldoshev «qidiruvda bo‘lgan shaxslar bilan gaplashib turgani» haqidagi videoga izoh berdi 26 apr, 14:02 160
  • Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi 26 apr, 13:48 172
  • Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi 26 apr, 13:25 78
  • Toshkent shahrida qaysi viloyat haydovchilari ko‘proq taksichilik qilmoqda? 26 apr, 13:03 97
  • Istalgan qonni birinchi guruh qoniga aylantirish yo‘li topildi 26 apr, 12:40 48
  • Urushdan qaytgan Rossiya harbiy xizmatchilari 100 dan ziyod qotillikka qo‘l urgan 26 apr, 12:17 165
  • O‘zbekiston AQSHning “kuzatuvdagi davlatlar ro‘yxati”dan chiqarildi 26 apr, 10:49 104
  • Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi 26 apr, 10:10 298
  • AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi 26 apr, 09:51 94
  • Bo‘limlar