“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 20 2024, 13:47
ЎЗO‘Z

Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan isteʼfoga chiqdi

17 okt, 06:30 3 900 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan isteʼfoga chiqdi Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan isteʼfo berdi. U bu haqda mamlakat televideniyesi orqali chiqishida eʼlon qilgan.

U navbatdan tashqari parlament saylovlari boshlanguniga qadar bosh vazir vazifasini bajaruvchi hisoblanadi.

“Men isteʼfo beraman (...). Barchaga saylovlarda muvaffaqiyat tilayman. Bu formal xarakterdagi isteʼfo. Men bosh vazir vakolatini bajarishda davom etaman. Biz saylov adolatli oʻtishiga kafolat beramiz”, — degan Pashinyan.

Nikol Pashinyan shu yilning may oyida ommaviy namoyishlar orqali hokimiyat tepasiga kelgandi (namoyishlar mamlakatning sobiq prezidenti Serj Sargsyan bosh vazirga aylanib olishi ortidan boshlangandi).

U parlament tarqatib yuborilishi va yangi saylovlar oʻtkazilishi uchun isteʼfoga chiqdi.

Pashinyanning “Fuqarolik kelishuvi” partiyasi mamlakat parlamentida 105 mandatdan atigi 5 mandatga ega hisoblanadi. Pashinyan saylovlardan keyin vaziyat oʻzgarishiga umid qilmoqda.

Armaniston Konstitutsiyasiga koʻra, bosh vazir isteʼfoga chiqqanidan keyin mamlakat parlamenti 14 kun ichida hukumatning yangi rahbarini saylashi kerak boʻladi. Agar bu ish ikki urinishda amalga oshmasa, parlament tarqatib yuboriladi va navbatdan tashqari parlament saylovlari oʻtkaziladi.

Ayni vaqtda Armaniston parlamentining 4 fraksiyasi hukumat rahbarligi uchun nomzodlarini ilgari surmasligini maʼlum qilgan. Pashinyanning rejasiga koʻra, muddatidan ilgarigi parlament saylovlari dekabr oyining birinchi yarmida oʻtkazilishi kerak.




Mavzuga oid yangiliklar
  • AQSH Isroilning jismoniy va yuridik shaxslariga nisbatan sanksiyalar joriy etdi 20 apr, 12:56 0
  • Dushanbeda O‘zbekiston elchixonasining yangi binosi ochildi (foto) 20 apr, 12:28 0
  • «Rossiya urushga bugunoq nuqta qo‘yishi mumkin»: «Katta yettilik» talab bilan chiqdi 20 apr, 11:45 3
  • Isroilning Eronga hujumi oqibatlari haqida ma’lumot berildi 20 apr, 11:21 17
  • Rossiyaning chegaraoldi hududlariga dronlar hujum qildi 20 apr, 10:00 50
  • Chexiya Ukraina uchun 500 mingta snaryad sotib oldi 20 apr, 09:13 22
  • So'nggi yangiliklar
  • AQSH Isroilning jismoniy va yuridik shaxslariga nisbatan sanksiyalar joriy etdi 20 apr, 12:56 0
  • Dushanbeda O‘zbekiston elchixonasining yangi binosi ochildi (foto) 20 apr, 12:28 0
  • Sutni me’yordan ortiq iste’mol qilish yurak xurujiga sabab bo‘lishi mumkin 20 apr, 12:05 0
  • «Rossiya urushga bugunoq nuqta qo‘yishi mumkin»: «Katta yettilik» talab bilan chiqdi 20 apr, 11:45 2
  • Isroilning Eronga hujumi oqibatlari haqida ma’lumot berildi 20 apr, 11:21 17
  • Ziroat Mirziyoyeva Marg‘ilonda ilk bor tashkil etilgan inklyuziv ijodiy festivalda ishtirok etdi 20 apr, 10:54 16
  • Treyderlik bilan shug‘ullanishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 20 apr, 10:27 5
  • Rossiyaning chegaraoldi hududlariga dronlar hujum qildi 20 apr, 10:00 49
  • Samarqandda Sharja amirligining arxeologik topilmalari ko‘rgazmasi ochildi 20 apr, 09:36 9
  • Chexiya Ukraina uchun 500 mingta snaryad sotib oldi 20 apr, 09:13 22
  • “Yuventus” himoyasini titratib tashlagan Shomurodovning o‘yini qanday baholandi? 20 apr, 08:49 228
  • Toshkentda xorijga ishga yuborishni va’da qilgan shaxs ushlandi 20 apr, 08:26 10
  • Bo‘limlar