“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 26 2024, 17:07
ЎЗO‘Z

Samaradagi qishloqda o‘zga dunyoga o‘tish uchun xizmat qiluvchi anomal hudud topildi

14 okt, 13:11 5 620 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Samaradagi qishloqda o‘zga dunyoga o‘tish uchun xizmat qiluvchi anomal hudud topildi Samaradagi oilalardan birining a’zolari qo‘ziqorin terish uchun o‘rmonga borishgandi. O‘rmon ichkarisida yurib ajabtovur bir hududga ro‘baro‘ bo‘lishdi. Hududda birinchidan, nafas olish qiyinlashdi. Ko‘zlar yoshlanib, yurak urishi odatdagidan bir necha o‘n karra tezroq ura boshladi. Ayniqsa, oilaning eng yosh vakillari yuzida qo‘rquv, qandaydir noma’lum holat namoyon bo‘ldi. Ular ota-onasiga ham qarab o‘tirmay, ura solib qochishdi. Oila boshliqlari ham aslida bo‘laricha bo‘lishgandi. Farzandlarining ortidan chopa ketishdi.

Keyinchalik o‘zlarini qo‘lga olgach, mutaxassislarga qo‘ng‘iroq qilib, shu haqda gapirib berishdi. Oldiniga mutaxassislar bu gaplarga e’tiborsizroq munosabat bildirishdi. Ammo gap g‘ayritabiiy manzara haqida bora boshlagach, ular sergak tortishdi va qo‘ng‘iroq qilganlardan bu anomal hududning aniq manzilini so‘rashdi.

Yetib kelishganda, haqiqatan ularning ham holatida salbiy o‘zgarishlar darrov ko‘zga tashlandi. Biroq mutaxassislar ilgari ham shunday manzaralarga guvoh bo‘lishgan chog‘i, o‘zlarini qo‘lga olib hududni suratga olishdi, videotasmaga ham yozib olishdi.

Surat va videoyozuvlar chuqur o‘rganib chiqilgach, mutaxassislarning bir guruhi anomal hudud aslida o‘zga sayyoraliklar kemalari qo‘nadigan joyga aylantirilganini, shu sababli daraxtlarning shoxlari favqulodda pastga qarab o‘sgan holda avtomat tarzda yer tubiga kirib ildiz ota boshlaganini aytishdi. Boshqa bir guruhdagilar esa o‘zlaricha alohida o‘rganib chiqib, hudud haqiqatan anomal ekani, xuddi shu yerdan o‘zga dunyoga o‘tish imkonini beruvchi portal mavjudligini ta’kidlashdi. Xuddi shu xulosalar hududni birinchi bo‘lib uchratgan oila a’zolariga ham haqiqatdek tuyuldi. Negaki, ular ham o‘zga dunyoga olib o‘tuvchi portallar haqida ilgari ko‘p o‘qishgan, ma’lumotlarga ega bo‘lishgan. Portallar mavjud anomal hududga kirib borgan odam xuddi shu Jemkovka qishlog‘idagi kabi o‘zini yomon his eta boshlarkan. Agar hudud ichkarisida ko‘proq vaqt turib qolsa, oldin hushini yo‘qotarkan va uyog‘iga nima bo‘lishini xudoning o‘zi bilarkan. Olimlar ta’biri bilan aytganda esa, odamning ruhi o‘zga dunyoga shu portal orqali kirib borarkan.

Ushbu voqea haqidagi bahslar to‘xtaganicha yo‘q. Internet saytlarda har kim o‘z fikrini oldinga surmoqda. Hududdagi daraxtlar shoxlarining pastga qarab o‘sib, keyinchalik yer tubiga kirib ketishi, alohida ildiz ota boshlashi ham turli ko‘rinishdagi bahs-munozaralarga sabab bo‘lmoqda.

Manba: Hordiq.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Oq uy Kiyevning g‘alabasiga shubha qilmoqda 26 apr, 16:38 1
  • “Mayns” futbol klubi stadionidan 500 kilolik bomba topildi 26 apr, 15:51 10
  • Bosh prokuratura Nig‘matilla Yo‘ldoshev «qidiruvda bo‘lgan shaxslar bilan gaplashib turgani» haqidagi videoga izoh berdi 26 apr, 14:02 160
  • Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi 26 apr, 13:48 173
  • Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi 26 apr, 13:25 78
  • Urushdan qaytgan Rossiya harbiy xizmatchilari 100 dan ziyod qotillikka qo‘l urgan 26 apr, 12:17 165
  • So'nggi yangiliklar
  • Oq uy Kiyevning g‘alabasiga shubha qilmoqda 26 apr, 16:38 1
  • Futzal. Jahon chempionati yo‘llanmasi uchun Markaziy Osiyo jamoalari kurashadigan bo‘ldi 26 apr, 16:19 1
  • “Mayns” futbol klubi stadionidan 500 kilolik bomba topildi 26 apr, 15:51 10
  • Iqtisodiyotda davlat ishtiroki qisqartiriladi 26 apr, 14:53 20
  • Qizga tegajog‘liq qilib tasvirga olganlarga nisbatan jinoyat ishi ochildi 26 apr, 14:28 31
  • Bosh prokuratura Nig‘matilla Yo‘ldoshev «qidiruvda bo‘lgan shaxslar bilan gaplashib turgani» haqidagi videoga izoh berdi 26 apr, 14:02 160
  • Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi 26 apr, 13:48 172
  • Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi 26 apr, 13:25 78
  • Toshkent shahrida qaysi viloyat haydovchilari ko‘proq taksichilik qilmoqda? 26 apr, 13:03 98
  • Istalgan qonni birinchi guruh qoniga aylantirish yo‘li topildi 26 apr, 12:40 48
  • Urushdan qaytgan Rossiya harbiy xizmatchilari 100 dan ziyod qotillikka qo‘l urgan 26 apr, 12:17 165
  • O‘zbekiston AQSHning “kuzatuvdagi davlatlar ro‘yxati”dan chiqarildi 26 apr, 10:49 104
  • Bo‘limlar