“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 16 2024, 18:02
ЎЗO‘Z

Jangning "dodasi": Qudratillo mashhur Jessi Vargasga qarshi ringga chiqadi! (foto)

14 okt, 07:30 3 906 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Jangning "dodasi": Qudratillo mashhur Jessi Vargasga qarshi ringga chiqadi! (foto) Mag‘lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan professional bokschimiz Qudratillo Abduqahhorov jahon chempionlik kamari uchun saralash jangida ishtirok etadi.

Faoliyatini mag‘lubiyatsiz davom ettirayotgan Qudratillo ayni paytda IBF reytingida 4-o‘rinni egallab turibdi. Ikki vazn toifasida sobiq jahon chempioni Jessi Vargas esa reytingning uchinchi pog‘onasidan joy olgan.

Olamsport.com saytiga ma’lum bo‘lishicha, bo‘lajak jangda g‘alaba qozongan bokschi yarim o‘rta vazn toifasi IBF reytingida birinchi o‘ringa ko‘tarilib oladi. Tashkilot qoidalariga ko‘ra reyting peshqadami avtomatik ravishda IBF chempioniga qarshi jang o‘tkazish huquqini qo‘lga kiritadi. Hozir bu vaznja Errol Spens amaldagi jahon chempioni bo‘lib turibdi.

Eslatib o‘tamiz, o‘z vaqtida (6 oy muddat ichida) chempionlik kamarini himoya qilmagan 25 yoshli charm qo‘lqop ustamiz WBC Silver chempionlik kamaridan mahrum qilingan edi. Abduqahhorov IBF tashkilotiga jangda qatnashish uchun o‘z roziligini bildirdi.

Hozircha 29 yoshli Vargas bu jang yuzasidan o‘z javobini aytmagan. Uning ixtiyorida 15 oktyabrgacha vaqt bor. Jessining so‘nggi ikki jangi durang natija bilan yakunlangan edi.

Ma’lumot uchun, Qudratillo Abduqahhorov (15-0, 9 KOs) professional boksdagi faoliyati davomida 15ta jang o‘tkazib, ularning barchasida g‘alaba qozongan. To‘qqizta jangda raqiblarini nokautga uchratgan.

Tajribali Jessi Vargas esa (28-2-2, 10 KOs) 32ta jangda ringga ko‘tarilgan. G‘alabalari soni 28ta, 2ta jangda durang natija qayd etgan va yana 2tasida mag‘lubiyat alamini totib ko‘rgan. Mag‘lubiyatlaridan birini afsonaviy Menni Pakyaodan qabul qilib olgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Abbosbek Fayzullayev RPLning 24-tur ramziy terma jamoasidan o‘rin oldi 15 apr, 20:05 117
  • Osiyo kubogi U-23. Abbosbek Fayzullayev futbolchilar orasida eng qimmati 15 apr, 19:13 358
  • Fayzullayev «Transfermarkt» nashrining ramziy terma jamoasidan joy oldi 15 apr, 18:08 140
  • Xose Venansio Lopes: "Maqsadimiz – Osiyo chempionligini qo‘lga kiritish" 15 apr, 17:47 169
  • Eldor Shomurodov kechagi uchrashuvdan so‘ng nimalar dedi? 15 apr, 17:30 587
  • UFC 300 ishtirokchilari qancha gonorar olgani ma’lum bo‘ldi 15 apr, 14:19 217
  • So'nggi yangiliklar
  • O‘zbekistonliklar Latviyaga ishga taklif qilinmoqda 16 apr, 17:42 14
  • Cobalt avtomashinasida salkam 30 mln. so‘mlik jarima aniqlandi 16 apr, 17:02 12
  • Turkiya: “G‘azoni unutib qo‘ymang” 16 apr, 16:25 61
  • Turkiya tibbiyot turizmidan 2,3 milliard dollar ishladi 16 apr, 15:59 20
  • Netanyahu Isroil Eron hujumiga qanday javob bermoqchiligini aytdi 16 apr, 15:03 216
  • O‘zbekistonda transport vositalari ekologik nazoratdan o‘tkazilmoqda 16 apr, 14:43 54
  • Isroil Eronga zarba berishdan boshqa chorasi yo‘qligini e’lon qildi 16 apr, 14:20 218
  • Ozarbayjon TIV Armanistonga chaqiriq bilan chiqdi 16 apr, 13:46 132
  • O‘zini o‘zi band qilgan shaxs «soliq»da onlayn ro‘yxatdan o‘tishi mumkin 16 apr, 13:23 48
  • Germaniya kansleri Ukrainadagi urush uzoq davom etishiga ishora qildi 16 apr, 13:00 130
  • Polsha va Belarus chegarasida noqonuniy muhojirlar soni ortib bormoqda 16 apr, 12:39 75
  • Tadqiqot: juda qiyin uy vazifalarining foydasidan zarari katta 16 apr, 12:12 47
  • Bo‘limlar