Usmonovlar xonadonida yana shodiyona. Xonanda Nilufar Usmonovaning kenja oʻgʻli Sulaymon 6 yoshga toʻldi.
Oʻgʻlining tavallud ayyomi sharafiga tashkil etilgan bayram tantanasidagi fotosuratlarni xonanda oʻzining instagramdagi sahifasiga joylashtirdi.
Mazkur tugʻilgan kunga Nilufar va uning farzandini tabriklash uchun bir qator shou-biznes vakillari tashrif buyurdilar.
Eslatib oʻtamiz, Nilufar beshta farzandning onasi. Uning Saidaʼzamxon, Ibrohimxon, Sulaymonxon ismli oʻgillari, Saʼdiyaxon va Safiya ismli qizlari bor.