“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 27 2024, 04:06
ЎЗO‘Z

Xiva shahar hokimining oʻrinbosari pora olayotganida qoʻlga tushdi

08 okt, 13:47 6 050 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Xiva shahar hokimining oʻrinbosari pora olayotganida qoʻlga tushdi Xiva shahar hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xoʻjaliklari masalalari boʻyicha oʻrinbosari O.Sh. pora olayotganida ushlandi, deb xabar beradi Xorazm viloyati IIB matbuot xizmati.

O.Sh. fuqaro A.Z.ga qishloq xoʻjalik maxsulotlarini quritish, qayta ishlash sexi va omborxonasi qurilishi uchun 1 000 kv.m. yer uchastkasi ajratilishida yordam bergani uchun 2 000 AQSH dollari miqdorida pora talab qilayotganligi toʻgʻrisidagi murojaat asosida, 2018 yil 6 oktyabr kuni viloyat IIB JQB Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻlimi va prokuratura huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Xiva shahri boʻlimi xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbir natijasida, 2 000 AQSH dollarini pora tariqasida olayotganida, jinoyat ustida ashyoviy dalillar bilan qoʻlga olindi.

Hozirgi kunda mazkur holat yuzasidan Xiva shahar hokimi oʻrinbosari lavozimida ishlagan O.Sh.ga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 210-moddasi 2-qismi “v” bandi (Pora olish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, prokuratura organlari tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda, uning oʻzi ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olingan.

Ayni paytda, 2017 yil yanvar oyida qabul qilingan “Korrupsiyaga qarshi kurash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunining ijrosini taʼminlash maqsadida, pora olish, pora berish yoki pora olish berishda vositachilik qilish bilan bogʻliq jinoyatlarni aniqlash hamda ularga nisbatan qonuniy choralar koʻrish borasida maqsadli chora-tadbirlar davom etmoqda, deyiladi IIB matbuot xizmati xabarida.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi 27 apr, 00:26 15
  • Tatyana Karimova va Pyotr Karimov o‘rtasidagi sud ishi davom etmoqda 26 apr, 21:47 155
  • Tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlar va bukmekerlikka ruxsat berildi 26 apr, 20:39 91
  • Andijon va Qashqadaryoda yer maydonlarini noqonuniy sotish holatlariga chek qo‘yildi 26 apr, 18:08 48
  • Qizga tegajog‘liq qilib tasvirga olganlarga nisbatan jinoyat ishi ochildi 26 apr, 14:28 233
  • Toshkent shahrida qaysi viloyat haydovchilari ko‘proq taksichilik qilmoqda? 26 apr, 13:03 239
  • So'nggi yangiliklar
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq Vetnamni mag‘lub etib yarim finalga yo‘l oldi 27 apr, 01:17 28
  • Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi 27 apr, 00:26 15
  • Husain Norchayev: Bugun imkoniyatlarimizdan foydalanib g‘alaba qozondik 27 apr, 00:22 27
  • Peskov: AQSH Ukrainadagi mojaroda bevosita ishtirok etmoqda 27 apr, 00:00 34
  • Timur Kapadze Saudiya Arabistoni ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng nimalar dedi? 26 apr, 23:36 102
  • Isroil Madrimov o‘z divizionida yengilmas Kroufordga “non” bermoqchimas! 26 apr, 23:30 45
  • Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi 26 apr, 23:10 65
  • Xose Venansio Lopes: "Himoyada ham, hujumda ham ajoyib harakat qila oldik" 26 apr, 22:53 73
  • Timur Ivanov ishi. Qo‘lga olinganlar haqida hozirgacha nimalar ma’lum? 26 apr, 22:44 125
  • Qozog‘istonlik amaldor jamoat muhokamasiga 100 ta chelak olib keldi 26 apr, 22:18 206
  • Tatyana Karimova va Pyotr Karimov o‘rtasidagi sud ishi davom etmoqda 26 apr, 21:47 155
  • Futzal, Osiyo kubogi. Eron O‘zbekistonni mag‘lub etib, finalga yo‘l oldi 26 apr, 21:39 78
  • Bo‘limlar