“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 29 2024, 15:46
ЎЗO‘Z

Mayk Tayson Hindistonga tashrifi davomida nochor hayotni “koʻklarga koʻtardi”

30 sen, 22:13 5 243 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Mayk Tayson Hindistonga tashrifi davomida nochor hayotni “koʻklarga koʻtardi” Amerikalik sobiq bokschi Mayk Tayson Hindistonning Mumbay shahriga tashrif buyurib, u yerdagi nochor hayotga izoh bergan. Bu haqda Economic Timesʻga tayanib “Kun.uz” nashri maʼlum qildi.

“Oʻylashimcha, qanchalik kambagʻal boʻlsang, shuncha yaxshi boks tushasan. Eng muvaffaqiyatli jangchilar xarobalardan chiqqan. Nochor bokschilar katta natijalarga erishishadi”, deb aytgan 52 yoshli Tayson.

Tayson Hindistonga aralash yakkakurash (MMA) musobaqasi Kumite 1 League ochilishiga kelgan. Sobiq bokschi jurnalistlar bilan muloqot vaqtida faoliyati boshida tanlov boʻlganda MMA bilan shugʻullanmagan boʻlishini aytgan.

“MMAʻda juda kam haq toʻlanadi, men esa har doim pul ortidan borganman”, deb taʼkidlab oʻtgan Tayson.

Bokschi professional faoliyatini 2005 yilda yakunlagan. Tayson ogʻir vazn toifasida 1987 yildan 1990 yilgacha mutlaq jahon chempioni hisoblanadi. U 58 ta jang oʻtkazib, 50 ta gʻalabaga erishgan. “Temir Mayk” ogʻir vazn toifasida chempion boʻlgan tarixdagi eng yosh bokschi hisoblanadi. U bu natijaga erishganda 20 yil 4 oy va 22 kunlik yoshda boʻlgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Vadim Abramov: "Bunday sifatli va saviyali futbolchiga doim tarkibda joy topiladi" 29 mar, 11:50 103
  • Shomurodovning ahvoli haqida ma’lumot berildi 29 mar, 10:53 237
  • So‘rovnoma: Nursulton Ro‘ziboyev 1-raunddayoq raqibini "uxlatib" qo‘yadi 29 mar, 10:25 122
  • Shohjahon Ergashev panamalik bokschini birinchi raunddayoq nokautga uchratdi (video) 29 mar, 08:35 224
  • Meksikadagi matbuot anjumanida butun jamoa ishtirok etib, muxlislardan uzr so‘radi 28 mar, 23:27 206
  • Futzal. O‘zbekiston ikkinchi o‘yinda Qirg‘iz Respublikasini mag‘lub etdi 28 mar, 22:56 95
  • So'nggi yangiliklar
  • Putinning atrofidagilar Ukrainaning «Krokus»dagi teraktga aloqadorligiga ishonmayapti 29 mar, 14:48 0
  • O‘zbekiston — Gongkong futbol uchrashuvidan so‘ng uch kishiga ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi 29 mar, 14:22 2
  • Hibsdan vaqtincha ozod etilgan Dani Alves tonggacha ziyofat uyushtirdi 29 mar, 14:01 1
  • Toshkentda xavfli holat sodir etib, qarama-qarshi harakatlangan haydovchiga chora ko‘rildi 29 mar, 13:30 4
  • Muzliklarning erishi Yerning aylanish tezligini o‘zgartirmoqda 29 mar, 13:06 50
  • Polshada Rossiya josuslik tarmog‘i ishi bo‘yicha tintuvlar o‘tkazildi 29 mar, 12:39 39
  • Samsung o‘z tarixidagi eng yaxshi selfi kamerali smartfonni namoyish etdi 29 mar, 12:12 23
  • Vadim Abramov: "Bunday sifatli va saviyali futbolchiga doim tarkibda joy topiladi" 29 mar, 11:50 103
  • Chexiya yevropalik siyosatchilarni Rossiyadan pora olish sxemasini fosh etganini da’vo qilmoqda 29 mar, 11:20 90
  • Shomurodovning ahvoli haqida ma’lumot berildi 29 mar, 10:53 237
  • So‘rovnoma: Nursulton Ro‘ziboyev 1-raunddayoq raqibini "uxlatib" qo‘yadi 29 mar, 10:25 122
  • Ronalduning libosini kiygan taniqli bloger Messiga aloqador restorandan haydab yuborildi 29 mar, 10:02 133
  • Bo‘limlar