“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 24 2024, 10:54
ЎЗO‘Z

Markaziy bank 100 ming soʻmlik kupyuralar chiqishi haqidagi xabarlarni yana bir bor rad etdi

25 sen, 18:34 6 655 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Markaziy bank 100 ming soʻmlik kupyuralar chiqishi haqidagi xabarlarni yana bir bor rad etdi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki vakillari 100 ming soʻmlik kupyura muomalaga chiqarilishi haqidagi xabarlarni tasdiqlamadi.

Markaziy bank vakili “Kun.uz”ga maʼlum qilishicha, bugun Milliy matbuot markazida Markaziy bank hamda “Qishloqqurilishbank”ning qoʻshma anjumanida qatnashgan mutaxassislar tomonidan berilgan maʼlumot rasmiy emas va ayni vaqtda Oʻzbekistonda yirik nominaldagi banknotani muomalaga chiqarish rejasi yoʻq.

Anjumanda bankirlar Oʻzbekistonda pul almashmasligini ayta turib, bu fikrni “tez orada 100 ming soʻmlik banknotlar muomalaga chiqarilishi kutilayotgani” bilan dastaklashgandi.

Undan oldinroq, sentyabr oyi davomida internetda yangi kupyura surati tarqalgandi.

Eslatib oʻtamiz, shu yilning aprelida ham internet orqali 100 ming soʻmlik banknota dizayni va suratlari tarqalgan, oʻshanda Markaziy bank rasmiylari bu kupyura surati haqiqiy emasligini aytgan, lekin Oʻzbekistonda 100 ming soʻmlik kupyura muomalaga chiqishi ehtimolini rad etmagandi.

Qayd etish kerakki, Oʻzbekistonda 100 ming soʻmlik banknota chiqarilishi haqida gaplar 2017 yil yozida, 50 ming soʻmlik banknota muomalaga kiritilishi ortidan boshlangandi. Oʻtgan yilning sentyabrida esa Markaziy bank bu xabarlarni butkul rad qildi.

Maʼlumot uchun, 2017 yil bahorida internetda 10 ming soʻmliklar ortidan 50 ming soʻmlik banknotalar chiqishi haqida xabarlar tarqalganida, Markaziy bank bu xabarlarni asossiz mish-mish deb atagandi. Lekin 2017 yilning avgustida Markaziy bank 50 ming soʻmlik yangi kupyurani muomalaga kiritdi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • «O‘zgidromet» 23 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 22 apr, 12:20 136
  • O‘zbekistonda 22 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumoti 22 apr, 00:55 165
  • O‘zbekistonda kelasi hafta boshida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari 20 apr, 18:40 216
  • O‘zbekistonda hafta oxirida kuzatiladigan ob-havo prognozi e’lon qilindi 18 apr, 11:56 252
  • 18 aprel kuni havo harorati 30 darajagacha ko‘tariladi 17 apr, 11:55 56
  • O‘zbekistonda 1 km/kv maydonga qancha aholi to‘g‘ri kelishi ma’lum qilindi 15 apr, 12:06 154
  • So'nggi yangiliklar
  • Osiyo kubogi U23. O‘zbekiston chorakfinalga guruh peshqadami sifatida yo‘l oldi 24 apr, 09:37 2
  • Eshkak eshuvchilar Parij Olimpiadasiga 5 ta litsenziya qo‘lga kiritishdi 24 apr, 09:09 6
  • Rossiya mudofaa vazirining pora olgani aytilayotgan o‘rinbosari aslida kim? 24 apr, 08:40 105
  • Ogohlantirishning yangi rangli shkalasi taqdim etildi 24 apr, 08:13 7
  • Rossiya mudofaa vazirining o‘rinbosari hibsga olindi 24 apr, 07:50 118
  • Organizmda tromb hosil bo‘lganining 10 ta belgisi 24 apr, 07:22 90
  • Ibrohimxalil Yo‘ldoshev: “Biz raqib tanlamaymiz” 24 apr, 07:02 54
  • “O‘tkan kunlar” romani ilk bor arab tilida nashr etildi 24 apr, 06:35 13
  • Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi? 24 apr, 06:00 49
  • OCHL. Yulduzlarni o‘zida jamlagan "Al Hilol" turnirni tark etdi, "Al Ayn" finalda! 24 apr, 05:38 122
  • Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi 24 apr, 00:40 237
  • Shomurodovning kelishini bu jamoa muxlislari intizorlik bilan kutmoqda 24 apr, 00:13 496
  • Bo‘limlar