“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 29 2024, 20:37
ЎЗO‘Z

Yuqori kurslarda taʼlim olayotgan talabalar oʻqishni sirtqiga oʻtkazishi mumkin

23 sen, 13:34 7 167 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Yuqori kurslarda taʼlim olayotgan talabalar oʻqishni sirtqiga oʻtkazishi mumkin Oʻzbekistonda ikkinchi oliy taʼlim boʻyicha bakalavriatning kunduzgi taʼlim shaklida yuqori kurslarda taʼlim olayotgan talabalarga oʻqishni sirtqi taʼlim shakliga oʻtkazishga ruxsat berildi. Bu haqda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi matbuot xizmati maʼlum qildi.

Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha Davlat komissiyasining 2018 yilda 17 sentyabrdagi 9-sonli bayoniga muvofiq oliy taʼlim muassasalari hamda fuqarolarning koʻplab murojaatlarini inobatga olingan holda ikkinchi oliy taʼlim boʻyicha bakalavriatning kunduzgi taʼlim shaklida 3- va 4-kurslarda taʼlim olayotgan talabalarning oʻqishini ularning arizalariga koʻra sirtqi taʼlim shakliga oʻtkazishga ruxsat berildi.

Bunda:

Filologiya va tillarni oʻqitish (xorijiy tillar boʻyicha, shu jumladan, rus tili), xorijiy til va adabiyoti (tillar boʻyicha), ona tili va adabiyoti (rus tili va adabiyoti, rus tili va adabiyoti oʻzga tilli guruhlarda) taʼlim yoʻnalishlari, shuningdek, tibbiyot oliy taʼlim muassasalari istisno ekanligi;

Oliy taʼlim muassasasi boʻyicha har bir taʼlim yoʻnalishi kesimida (taʼlim tili) ariza topshirganlar soni 7 nafardan kam boʻlgan holda talabalar sirtqi taʼlim shakliga oʻtkazish, aks holda rad etish belgilandi.

Kunduzgi taʼlim shaklidan sirtqi taʼlim shakliga oʻtkazilgan talabalar uchun toʻlov-kontrakt miqdori 2018/2019-oʻquv yilida ikkinchi mutaxassislikka qabul qilingan talabalar uchun bir xil etib belgilanadi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Andijonda elektr korxonasi muhandislari qo‘lga olindi 29 mar, 20:11 0
  • Prezident qator rahbarlarga jazo ko‘rilganini qayd etdi 29 mar, 19:29 35
  • Тошкентда одамлар гавжум жойлар кучайтирилган тартибда қўриқланмоқда 29 mar, 19:09 22
  • Aprel oyida qanday ob-havo kutilyapti? 29 mar, 18:13 113
  • Bosqinchilik va odam o‘g‘irlash bilan shug‘ullangan shaxslar qo‘lga olindi 29 mar, 17:37 121
  • O‘zbekiston — Gongkong futbol uchrashuvidan so‘ng uch kishiga ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi 29 mar, 14:22 148
  • So'nggi yangiliklar
  • AQSHning Ukrainaga bergan umumiy yordami 113 milliard dollardan oshdi 29 mar, 19:49 2
  • Prezident qator rahbarlarga jazo ko‘rilganini qayd etdi 29 mar, 19:29 35
  • Тошкентда одамлар гавжум жойлар кучайтирилган тартибда қўриқланмоқда 29 mar, 19:09 22
  • Great Silk Way-2024 xalqaro turniri. Bokschilarimiz yana tengsiz! 29 mar, 18:53 25
  • Kanada maktablari ijtimoiy media gigantlarini sudga berdi 29 mar, 18:28 11
  • Aprel oyida qanday ob-havo kutilyapti? 29 mar, 18:13 112
  • Bosqinchilik va odam o‘g‘irlash bilan shug‘ullangan shaxslar qo‘lga olindi 29 mar, 17:37 121
  • Tojikistonda «Krokus» hujumchilari bilan aloqadorlikda gumonlangan 9 kishi qo‘lga olindi 29 mar, 17:17 205
  • Olimlar qashshoqlik miyaning tez qarishiga sabab bo‘lishini aniqladilar 29 mar, 16:53 45
  • ISHID o‘z tarafdorlarini Isroilda hujumlar uyushtirishga chaqirdi 29 mar, 16:30 195
  • Rossiyada «Krokus»dagi terakt haqida izohlar uchun qo‘lga olishlar boshlandi 29 mar, 16:03 307
  • Xalqaro sud Isroilga majburiyat yukladi 29 mar, 15:40 82
  • Bo‘limlar