“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 29 2024, 20:04
ЎЗO‘Z

Markaziy bank qayta moliyalash stavkasini yillik 14 foizdan 16 foizgacha oshirdi

22 sen, 20:02 4 499 Iqtisodiyot
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Markaziy bank qayta moliyalash stavkasini yillik 14 foizdan 16 foizgacha oshirdi Markaziy bank Boshqaruvi qayta moliyalash stavkasini 2018 yilning 25 sentyabridan 2 foiz bandga oshirib, yillik 16 foiz darajasida belgilash toʻgʻrisida qaror qabul qildi.

Mazkur qaror soʻnggi oylarda yuzaga kelgan tashqi iqtisodiy vaziyatni inobatga olgan holda qabul qilinib, inflyatsion kutilmalarning oshishi, maʼmuriy tartibga solinadigan narxlarning oʻsishi va valyuta almashuv kursi oʻzgarishining ichki narxlarga taʼsiri kuchayayotgan sharoitlarda inflyatsion bosimni pasaytirishga yoʻnaltirilgan.

Yillik inflyatsiya surʼatlarining sekinlashib borishiga qaramasdan, inflyatsion xatarlarning kuchayishi hisobiga kelgusida ushbu dinamikaning oʻsish tomonga oʻzgarishi ehtimoli keskin oshdi. Pul-kredit siyosatining qatʼiylashtirilishi mazkur xatarlarni hamda inflyatsion kutilmalarni pasayishiga xizmat qiladi.

Inflyatsiya va inflyatsion kutilmalar. Yillik inflyatsiya darajasi 2018 yilning avgust oyida ham dastlabki prognoz koʻrsatkichlari doirasida pasayishda davom etib, 15,7 foizni tashkil etdi. Mazkur dinamika meva-sabzavotlar narxlarining mavsumiy arzonlashishi hamda 2017 yildagi pul massasi oshishi va milliy valyuta devalvatsiyasining inflyatsiya darajasiga taʼsirini kamayib borishi bilan izohlanadi.

Markaziy bank tomonidan 2018 yilning boshida iqtisodiy rivojlanishning bazaviy ssenariysiga muvofiq yil yakuni boʻyicha inflyatsiya darajasini 11,5-13,5 foiz oraligʻida boʻlishi prognoz qilinib, ushbu prognoz quyidagilarga asoslangan edi:

Ammo, bugungi kunda yuzaga kelgan holat monetar siyosatning 2018 yilga moʻljallangan asosiy yoʻnalishlari va keyingi pul-kredit siyosati sharhlarida qayd etilgan inflyatsion xatarlarning kuchayayotganligini koʻrsatmoqda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Jahon banki: O‘zbekiston iqtisodiyotidagi gender tenglik 700 ming odamni kambag‘allikdan olib chiqishi mumkin 28 mar, 21:02 50
  • Prezident nasos va dvigatel ishlab chiqaradigan korxonaga bordi 25 mar, 23:13 77
  • Toshkentda “Yangi avlod” maxsus sanoat zonasi tashkil etiladi 25 mar, 18:20 65
  • Xalqaro moliya bozori sharhi: Bitcoin narxi pasaydi va boshqa o‘zgarishlar 24 mar, 21:29 59
  • O‘zbekiston meva-sabzavot eksportida eng katta ulushga ega mahsulot ma’lum qilindi 22 mar, 10:08 117
  • Prezident elektr poyezdlar tarmog‘ini kengaytirishga topshiriq berdi 19 mar, 20:07 69
  • So'nggi yangiliklar
  • AQSHning Ukrainaga bergan umumiy yordami 113 milliard dollardan oshdi 29 mar, 19:49 2
  • Prezident qator rahbarlarga jazo ko‘rilganini qayd etdi 29 mar, 19:29 35
  • Тошкентда одамлар гавжум жойлар кучайтирилган тартибда қўриқланмоқда 29 mar, 19:09 22
  • Great Silk Way-2024 xalqaro turniri. Bokschilarimiz yana tengsiz! 29 mar, 18:53 25
  • Kanada maktablari ijtimoiy media gigantlarini sudga berdi 29 mar, 18:28 11
  • Aprel oyida qanday ob-havo kutilyapti? 29 mar, 18:13 112
  • Bosqinchilik va odam o‘g‘irlash bilan shug‘ullangan shaxslar qo‘lga olindi 29 mar, 17:37 121
  • Tojikistonda «Krokus» hujumchilari bilan aloqadorlikda gumonlangan 9 kishi qo‘lga olindi 29 mar, 17:17 205
  • Olimlar qashshoqlik miyaning tez qarishiga sabab bo‘lishini aniqladilar 29 mar, 16:53 45
  • ISHID o‘z tarafdorlarini Isroilda hujumlar uyushtirishga chaqirdi 29 mar, 16:30 195
  • Rossiyada «Krokus»dagi terakt haqida izohlar uchun qo‘lga olishlar boshlandi 29 mar, 16:03 307
  • Xalqaro sud Isroilga majburiyat yukladi 29 mar, 15:40 82
  • Bo‘limlar