“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 18 2024, 15:28
ЎЗO‘Z

“Facebook AQSH maxsus xizmatlari quroliga aylanmoqda”

21 sen, 14:10 3 524 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
“Facebook AQSH maxsus xizmatlari quroliga aylanmoqda” Facebook koʻz oʻngimizda AQSH maxsus xizmatlarining axborot makonini Vashingtonga maʼqul boʻlmagan kontentdan tozalash boʻyicha maxsus qurolga aylanib bormoqda, deb bayonot qildi RF TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova. Bu haqda Sputnik Oʻzbekiston xabar bermoqda.

“(Mark) Sukerbergning farzandi ...bizning koʻz oʻngimizda axborot makonini rasmiy Vashingtonga maʼqul boʻlmagan kontentdan axborot makonini tozalash boʻyicha AQSH maxsus xizmatlari boshqaruvida boʻlgan qurolga aylanib bormoqda“, - deb aytdi Zaxarova.

Misol tariqasida Zaxarova Facebook ijtimoiy tarmogʻi va Atlantik Kengash oʻrtasida joriy yilning may oyida “butun dunyo boʻyicha saylovlarga ijobiy taʼsir koʻrsatish toʻgʻrisida“ tuzilgan bitimni keltirib oʻtdi.

“Ey yigitlar, bu nimasi? Axir bu shunchaki manipulyatsiya, bu yolgʻon, ular “yangi media“larga ham, axborotni tarqatish erkinligiga ham ishonishadi... Yuz millionlab, balki koʻproq odamlar ushbu ijtimoiy muhit ishtirokchilariga aylanishdi va ular bu tarmoqqa ishongan bir vaqtda ulardan shu tariqa foydalanishmoqda“, - deb oʻz noroziligini bildirdi Zaxarova.

Zaxarovaning soʻzlariga koʻra, erkin demokratik saylovlar va axborot makonining tozaligi uchun kurashuvchilar bugungi kunda boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashib, haqiqatdan yiroq boʻlgan axborotlarni tarqatish bilan shugʻullanmoqda.

“Boshqa mamlakatlar, xususan Rossiya nomiga qilinayotgan dalilsiz ayblovlar esa, oʻzlarining mana shu turdagi harakatlari uchun niqob boʻlib xizmat qiladi“, - dedi Zaxarova.

Ayol bu borada Facebook ijtimoiy tarmoq, mutasaddi xalqaro tuzilmalar va huquqni himoyalovchi tashkilotlar reaksiyasini eshitishni juda xohlashini qoʻshimcha qildi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • «Qasri Millat»da tor doirada uchrashuv o‘tkazildi 18 apr, 15:01 0
  • Shavkat Mirziyoyevni Dushanbe aeroportida mamlakat rahbari Emomali Rahmon kutib oldi 18 apr, 14:58 0
  • 2018 yilda o‘ldiga chiqarilgan milliarder tirik bo‘lishi mumkin 18 apr, 14:55 0
  • Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Muhammadsobir Fayzovning qarindoshlari o‘z haqiqatlari bilan bo‘lishdi 18 apr, 12:46 181
  • Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi» 18 apr, 11:17 59
  • AQSH nashri Isroil va Falastin mojarosi haqidagi yangiliklarda “genotsid” so‘zidan foydalanishni taqiqlab qo‘ydi 18 apr, 10:54 31
  • So'nggi yangiliklar
  • «Qasri Millat»da tor doirada uchrashuv o‘tkazildi 18 apr, 15:01 0
  • 2018 yilda o‘ldiga chiqarilgan milliarder tirik bo‘lishi mumkin 18 apr, 14:55 0
  • Hindistonni rivojlantirish strategiyasi sun’iy intellekt yordamida yaratildi 18 apr, 13:45 1
  • O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi 18 apr, 13:24 16
  • Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Muhammadsobir Fayzovning qarindoshlari o‘z haqiqatlari bilan bo‘lishdi 18 apr, 12:46 180
  • Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi 18 apr, 12:22 35
  • O‘zbekistonda hafta oxirida kuzatiladigan ob-havo prognozi e’lon qilindi 18 apr, 11:56 84
  • Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi 18 apr, 11:33 30
  • Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi» 18 apr, 11:17 59
  • AQSH nashri Isroil va Falastin mojarosi haqidagi yangiliklarda “genotsid” so‘zidan foydalanishni taqiqlab qo‘ydi 18 apr, 10:54 31
  • «Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi? 18 apr, 10:39 124
  • Bayden Ukraina va Isroilga yordam to‘g‘risidagi qonunlarni qo‘llab-quvvatladi 18 apr, 10:00 86
  • Bo‘limlar