“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 24 2024, 20:36
ЎЗO‘Z

Uzoq davom etuvchi stress xotira yoʻqolishiga olib kelishi mumkin ekan

15 sen, 20:07 6 855 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Uzoq davom etuvchi stress xotira yoʻqolishiga olib kelishi mumkin ekan AQSHning Ogayo universiteti olimlari sichqonlarda oʻtkazilgan bir qator tajribalar davomida uzoq davom etuvchi stress va fazoviy xotiraning yomonlashishi oʻrtasida yaqindan oʻzaro bogʻliqlik borligini aniqlashdi.

Tadqiqot rahbari Jonatan Godbuning tushuntirishicha, olimlar tajribada sinalgan sichqonlarni avval ular chiqishni topishlari kerak boʻlgan labirintga joylashtirishgan. Sichqonlar yoʻnalishni eslab qolib bu vazifani bir necha bor bajara olganlaridan keyin ularni stress holatiga duchor qilganlar: ularning yoniga yirikroq va tajovuzroq alfa-erkak sichqon qoʻyilgan.

Olimlar sichqonlarda kattaroq begona sichqon bilan toʻqnashish oqibatida stress darajasi oshgani, ular talmovsirab qolishgani, labirintdan chiqish yoʻnalishini eslay olishmagani, chiqish teshigining joylashgan oʻrnini topa olishmaganini aniqlashgan. Tajovuzkor sichqonning taʼsiriga uchramagan sichqonlar esa chiqishni topishda xatoga yoʻl qoʻymagan.

Tadqiqotchilar fazoviy xotiraning yomonlashishi bosh miyadagi muayyan oʻzgarishlar bilan kechishini aniqladilar. Olimlar tomonidan topilgan makrofaglar – immun himoya hujayralari immun tizimining uzoq davom etuvchi stress omiliga javobi bilan chaqirilgan yalligʻlanishga reaksiya belgisi boʻlishi mumkin. Olimlarning aytishicha, sichqonlardagi bu chetlashish 28 kun ichida yoʻqolgan. Yalligʻlanishga qarshi dorilar sichqonlarda stressdan keyingi depressiyaning paydo boʻlishi vaqtiga sezilarli taʼsir koʻrsatmagan, biroq davolash evaziga xotiraning tezroq yaxshilanishiga erishilgan.

Tadqiqotning bu natijalari olimlarni stress omili oqibatida xotirada muammolar paydo boʻlishi aynan immun tizimining stressga javobi bilan bogʻlanganligiga iqror qildi.

Olimlarning fikricha, ularning bu yoʻnalishdagi keyingi ilmiy ishlari nafaqat stress va u bilan kechuvchi jarayonlar, balki har kungi hayoti xavotir, depressiya va boshqa hissiy buzilishlar bilan bogʻlangan odamlar uchun strategiyani ishlab chiqishga yordam beradi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq? 24 apr, 12:45 140
  • Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi? 24 apr, 06:00 93
  • Parhezshunos uzoq yashash uchun muhim sirni «ochdi» 22 apr, 21:30 209
  • Xom go‘shtni nega yuvib ishlatish kerak emas? 22 apr, 14:18 326
  • Ozish uchun nonushtaning uchta oltin qoidasi 19 apr, 21:00 167
  • Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi 18 apr, 12:22 286
  • So'nggi yangiliklar
  • Ukraina hukumati AQSH tanqidiga uchradi 24 apr, 19:42 22
  • Kreml chechen amaldorining qo‘lga olinishi voqeasiga aralashmaydi 24 apr, 19:17 51
  • Zohirshoh Jo‘rayev Botir Qodirov bilan o‘tayotgan sud yuzasidan izoh berdi 24 apr, 18:50 96
  • Rossiya mudofaa vaziri ishdan olinishi mumkin 24 apr, 18:26 137
  • Orolbo‘yidan dinozavr izi topilgani rostmi? 24 apr, 18:06 13
  • O‘zbekiston terma jamoasi Saudiya Arabistoni bilan raqib bo‘lishdan qo‘rqqani yo‘q! 24 apr, 17:44 86
  • Xoang An Tuan: "O‘zbekiston terma jamoasi finalga qadar yetib borishiga ishonaman" 24 apr, 17:22 77
  • Ozodbek Nazarbekov: “Uchta tirrancha buyuk san’atkorni loyga bulg‘ayapti” 24 apr, 17:00 157
  • Jahongir Otajonovdan o‘zgacha klip: Bu «ijod»lardan maqsad nima? 24 apr, 16:35 148
  • Futzal. Eron ketma-ket 9 marta jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi 24 apr, 16:27 88
  • Ukraina dronlari Rossiyadagi neft bazalariga hujum qildi 24 apr, 16:20 146
  • Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda 24 apr, 15:56 184
  • Bo‘limlar