“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 24 2024, 13:10
ЎЗO‘Z

Bizga milliy birlik va totuvlik kerak

14 sen, 19:12 6 229 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Bizga milliy birlik va totuvlik kerak Bugun biz milliy birlik, milliy totuvlikka har qachongidan koʻra muhtojmiz. Agar biz millat sifatida birlasha olsak kuchli boʻlamiz, taraqqiyotga erishamiz va barcha sohalarda olgʻa yuramiz. Boʻlmasa, bir-biriga dushman va kuchsiz millatga hamda dunyo davlatlari ichra qoloq, johil va madaniyatsiz mamlakatga aylanamiz.

Hozir bizga aynan milliy totuvlik kerak. Tan olaylik, ayni vaqtda Oʻzbekiston jamiyati oʻta qutblashgan. Bir-birini tan olmaydigan, bir-biriga yovqarash toifalardan tashkil topgan. Ana shu toifalarni bir maqsad, bir bayroq ostida birlashtira olsakkina najot topamiz. Aks holda, bir necha yuz yilliklardan beri davom etayotgan tanazzulimiz chuqurlashaveradi.

Hozir biz tarixiy burilish onlarida turibmiz. Mamlakatimiz rahbari boshlab bergan keng qamrovli islohotlar davrida, aynan milliy totuvlikka erishishimiz asosiy masala boʻlmogʻi darkor. Boshqacha aytganda, bizning hayotimiz ham, mamotimiz ham – milliy totuvlik.

Aytganlarimdan kelib chiqib, millatning musulmon bir raiyyati oʻlaroq, milliy totuvlik uchun jamiyatning barcha qatlam va toifalarini oʻzaro hamkorlikka, bir-birini tushunishga va shu vatan ravnaqi uchun birlashishga chaqiraman. Yaxshilik yoʻlida qoʻlni-qoʻlga beraylik! Zero Alloh ham Oʻz Kalomi – Qurʼoni Karimda: “Yaxshilik va taqvo yoʻlida hamkorlik qiling”, deydi (“Moida” surasi, 2-oyat).

P.S. Bu oʻrinda millatdan murod faqat oʻzbeklar emas, balki vatanimizda yashayotgan va turli millat vakillari boʻlgan barcha Oʻzbekistonliklardir. Bunda dinidan, eʼtiqodidan, millatidan, qarashidan, tilidan qatʼiy nazar hamma nazarda tutilmoqda. Millat soʻzi jumlalar siyoqiga yaxshi tushganligi uchungina ishlatildi.
Mubashshir AHMAD hafizahulloh

Manba: Azon.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq? 24 apr, 12:45 0
  • Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi? 24 apr, 06:00 62
  • Parhezshunos uzoq yashash uchun muhim sirni «ochdi» 22 apr, 21:30 202
  • Xom go‘shtni nega yuvib ishlatish kerak emas? 22 apr, 14:18 314
  • Ozish uchun nonushtaning uchta oltin qoidasi 19 apr, 21:00 163
  • Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi 18 apr, 12:22 282
  • So'nggi yangiliklar
  • Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq? 24 apr, 12:45 0
  • Buxoroda er rashk tufayli dahshatli jinoyatga qo‘l urdi 24 apr, 12:23 1
  • Toshkentda qalbaki 70 ming dollarning muomalaga kiritilishiga chek qo‘yildi 24 apr, 12:00 1
  • CNN: AQSHning Ukrainaga yangi harbiy yordami Yevropadagi omborlarda turibdi 24 apr, 11:33 2
  • Latviya O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha grant loyihasini boshlaydi 24 apr, 11:11 1
  • Erdo‘g‘on Isroil bosh vaziri Netanyaxuni Gitlerga qiyosladi 24 apr, 10:46 20
  • Devid Kemeron O‘zbekistonga nima maqsadda kelganini aytdi 24 apr, 10:23 61
  • Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi 24 apr, 10:02 33
  • Osiyo kubogi U23. O‘zbekiston chorakfinalga guruh peshqadami sifatida yo‘l oldi 24 apr, 09:37 55
  • Eshkak eshuvchilar Parij Olimpiadasiga 5 ta litsenziya qo‘lga kiritishdi 24 apr, 09:09 23
  • Rossiya mudofaa vazirining pora olgani aytilayotgan o‘rinbosari aslida kim? 24 apr, 08:40 275
  • Ogohlantirishning yangi rangli shkalasi taqdim etildi 24 apr, 08:13 24
  • Bo‘limlar