“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 29 2024, 19:50
ЎЗO‘Z

Sogʻliqqa ziyon yetkazmasdan vazn toʻplash mumkinmi?

07 sen, 10:26 5 577 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Sogʻliqqa ziyon yetkazmasdan vazn toʻplash mumkinmi? Koʻpchilik ayollar uchun ozish asosiy muammoga aylangan. Biroq shunday vaziyatlar ham uchraydiki, organizmingizning oʻziga xos jihatlari tufayli vazn toʻplay olmaysiz. Aslida vazn tashlashdan koʻra uni toʻplash qiyinroq kechadi. Biroq quyida eʼtiboringizga havola etilgan koʻnikmalarni egallab, qisqa muddatda vazn toʻplashingiz mumkin.

1-qoida: Kaloriyalarni hisoblang

Koʻpchilik qizlarga koʻp ovqat yesa ham semirmayotgandek tuyuladi. Aslida esa bunday boʻlmaydi. Kaloriyalarni qatʼiy hisoblab borish bilan qancha isteʼmol qilayotganingizni bilib olishingiz mumkin.

Agar kaloriya yetarli emasligi aniqlansa (oʻrtacha boʻy uchun 2000 kaloriyadan kamroq), shunchaki koʻproq yeyish kerak. Aynan nimalarni isteʼmol qilish kerak?

2-qoida: Super-mahsulotlarni tanlang

Koʻpchilik shirin va kaloriyasi yuqori mahsulotlarni isteʼmol qilishni oʻziga ruxsat bera olmasa, siz bu masalada erkinsiz. Menyu yuqori kaloriyali mahsulotlarni oʻz ichiga olishi kerak. Biroq bu kartoshka fri va biskvit tortga ruju qoʻyishni anglatmaydi.

Yogʻli goʻsht, tuxum va sutli mahsulotlar ham xolesterin manbasi ekanligini unutmang. Ortiqcha xolesterin esa yurak-qon tomir tizimi xastaliklariga olib keladi. Ortiqcha shakar esa teri holati, tishlar va sogʻlik uchun salbiy taʼsir qiladi.

Xoʻsh unda qanday yoʻl tutish lozim?

Bir vaqtning oʻzida ham kaloriyali ham foydali super-mahsulotlarni isteʼmol qiling. Bu — yongʻoq, pista, baliqning yogʻli turlari, avokado; shuningdek, asal, xurmo, banan, kunjut va yongʻoqli konfetlar ham foydali sanaladi.

Agar kaloriya yetarli boʻlsa ham vazn toʻplay olmayotgan boʻlsangiz, demak sizda moddalar almashinuvi juda tez amalga oshadi. Bunday holatda qancha yesangiz ham vazn toʻplay olmaysiz. Bunda boshqa usullar ish beradi.

3-qoida: Mashqlar yordamida press mushaklarni rivojlantirish

Press mushaklarni rivojlantirishga mashqlar va oqsilga boy ratsion yordam beradi. Mashgʻulotlardan soʻng vaznning har bir kilogrami uchun 0,5 gramm oqsil va 0,5 gramm uglevod isteʼmol qilish kerak boʻladi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Oq nondan voz kechganda organizmda qanday o‘zgarishlar yuz beradi? 22 mar, 15:13 325
  • Farzandlar uchun ota va onalarga munosabat haqida 20 mar, 00:12 212
  • Uzoq umr ko‘ruvchi insonlarning 5 ta odati 19 mar, 16:40 487
  • Xurmoning qanday foydali xususiyatlari mavjud? 18 mar, 22:30 330
  • Olimlar xotirani kuchaytiruvchi oddiy mashg‘ulotni aniqladilar 16 mar, 23:43 359
  • Nechanchi farzand bo‘lib tug‘ilish inson shaxsiyatiga ta’sir qiladimi? 16 mar, 16:50 437
  • So'nggi yangiliklar
  • Great Silk Way-2024 xalqaro turniri. Bokschilarimiz yana tengsiz! 29 mar, 18:53 0
  • Kanada maktablari ijtimoiy media gigantlarini sudga berdi 29 mar, 18:28 0
  • Aprel oyida qanday ob-havo kutilyapti? 29 mar, 18:13 0
  • Bosqinchilik va odam o‘g‘irlash bilan shug‘ullangan shaxslar qo‘lga olindi 29 mar, 17:37 13
  • Tojikistonda «Krokus» hujumchilari bilan aloqadorlikda gumonlangan 9 kishi qo‘lga olindi 29 mar, 17:17 33
  • Olimlar qashshoqlik miyaning tez qarishiga sabab bo‘lishini aniqladilar 29 mar, 16:53 14
  • ISHID o‘z tarafdorlarini Isroilda hujumlar uyushtirishga chaqirdi 29 mar, 16:30 99
  • Rossiyada «Krokus»dagi terakt haqida izohlar uchun qo‘lga olishlar boshlandi 29 mar, 16:03 174
  • Xalqaro sud Isroilga majburiyat yukladi 29 mar, 15:40 57
  • Fransiya razvedkasi markaziy osiyoliklarni kuzatishni kuchaytirmoqda 29 mar, 15:15 103
  • Putinning atrofidagilar Ukrainaning «Krokus»dagi teraktga aloqadorligiga ishonmayapti 29 mar, 14:48 175
  • O‘zbekiston — Gongkong futbol uchrashuvidan so‘ng uch kishiga ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi 29 mar, 14:22 117
  • Bo‘limlar