“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 29 2024, 06:33
ЎЗO‘Z

Armiyada xizmat qilganlar uchun OTMlarga imtiyozli kirish masalasi koʻrib chiqiladi

04 sen, 11:54 4 819 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Armiyada xizmat qilganlar uchun OTMlarga imtiyozli kirish masalasi koʻrib chiqiladi Oʻzbekiston hukumati armiyada xizmat qilib qaytgan abituriyentlarga imtiyoz taqdim etish tizimiga oʻzgartishlar kiritishni rejalashtirmoqda. Ballarga ustamalarni umumiy tanlov doirasidan tashqarida oʻtkazish kutilmoqda. Bu haqda bosh vazir oʻrinbosari Aziz Abduhakimov xabar qildi.

Bugun Oʻzbekiston Qurolli Kuchlarida muddatli harbiy xizmatni oʻtagan va harbiy qism tavsiyanomasiga ega abituriyentlar OTMlarga kirishda toʻplagan balining 50 foizi miqdorida ustamani qoʻlga kiritadi. Bosh vazir oʻrinbosari soʻzlariga koʻra, bu qizlar huquqining buzilishiga olib keladi.

“Men 100 foiz qoʻshilaman. Harbiylarga umumiy tanlov doirasida emas, balki maxsus kvota boʻyicha imtiyozlar taqdim etilishi kerak. Ballarga ustamalar qoʻyilishi borasida koʻplab savollar mavjud. bu yerda qizlar huquqlarining maʼlum maʼnoda buzilishi ham vujudga keladi. Bu masala qayta koʻrib chiqilishi va tizim oʻzgarishi kerak. Bu adolatsiz va noshaffof”, — dedi u.

Aziz Abduhakimovning fikricha, imtiyozli ballar muayyan mutaxassisliklar boʻyicha boshqa abituriyentlar huquqlarini ham buzishga olib kelmoqda. “Bu yil yuridik mutaxassislar boʻyicha asosiy oʻrinlarni sobiq harbiy xizmatchilar qoʻshimcha ballar evaziga egalladi”, — dedi bosh vazir oʻrinbosari.

Bosh vazir oʻrinbosari xizmat vaqtida vafot etgan, jarohatlangan, nogiron boʻlgan yoki kontuziya yoxud shikastlanish sababli kasallikka chalingan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari, shuningdek kam taʼminlangan, koʻp bolali va olis hududlarda istiqomat qiluvchi oilalar farzandlariga imtiyozlar berilishini toʻgʻri deb hisoblaydi.

“Bu yerda qoʻshimcha kvota boʻlishi kerak, asosiy emas. Hozir biz qaror tayyorlayapmiz va kelgusi yili oʻzgarishlar boʻlishi mumkinligini kutayapmiz”, — dedi taʼlim, sogʻliqni saqlash, jismoniy tarbiya, sport va turizm masalalari boʻyicha hukumat kompleksi rahbari.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Mirziyoyev Xitoyning Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayoni xalq hukumati raisi bilan uchrashdi 28 mar, 20:40 65
  • Qashqadaryo viloyatida sudya qo‘lga olindi 28 mar, 20:20 173
  • Jizzaxda energiya resurslaridan 7,5 milliard qarzdorliklar majburiy undirildi 28 mar, 19:31 43
  • Surxondaryoda YTHda haydovchi ayol va uning farzandlari halok bo‘ldi 28 mar, 19:08 250
  • Korrupsiya darajasi yomon va yaxshi bo‘lgan tashkilotlar e’lon qilindi 28 mar, 18:23 108
  • Toshkentda qalbaki dollarni sotishga uringan shaxslar qo‘lga olindi 28 mar, 17:17 40
  • So'nggi yangiliklar
  • Nikol Pashinyan: “Armaniston quvg‘indagi Tog‘li Qorabog‘ hukumatini tan olmaydi” 29 mar, 06:00 0
  • Qo‘shtepa kanali qurilishi butun Markaziy Osiyoga tahdid solmoqda 29 mar, 05:00 94
  • «Krokus»dagi terakt ishi bo‘yicha yana bir kishi ushlandi 29 mar, 00:30 306
  • Nima uchun «Krokus»da kerakli pallada xavfsizlik kuchlari yo‘q edi? 29 mar, 00:11 262
  • Zelenskiy: “Agar snaryadlar yetarli bo‘lmasa, Ukraina Rossiya hujumini qaytara olmaydi” 28 mar, 23:45 130
  • Meksikadagi matbuot anjumanida butun jamoa ishtirok etib, muxlislardan uzr so‘radi 28 mar, 23:27 107
  • Mijozlarni 1,8 mlrd dollarga aldagan kriptovalyuta birjasi asoschisi 25 yilga qamaldi 28 mar, 23:04 61
  • Futzal. O‘zbekiston ikkinchi o‘yinda Qirg‘iz Respublikasini mag‘lub etdi 28 mar, 22:56 50
  • Superliga. “Dinamo” “Metallurg” ustidan irodali g‘alabaga erishdi 28 mar, 22:51 57
  • Nima uchun olimlar ayollarga vaqti-vaqti bilan yig‘lab turishni tavsiya qiladi? 28 mar, 22:22 60
  • Kirill Budanov: “Rossiya o‘z hududida terakt tayyorlanayotganini kamida bir oy oldin bilgan” 28 mar, 21:56 234
  • Yakuni mavhum bo‘lib borayotgan Ukraina urushi: tarixiy bashorat va yechimlar 28 mar, 21:29 374
  • Bo‘limlar