“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 29 2024, 19:19
ЎЗO‘Z

Shavkat Mirziyoyevning keyingi ikki oy ichidagi tigʻiz uchrashuvlar grafigi maʼlum boʻldi

02 sen, 20:13 5 488 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Shavkat Mirziyoyevning keyingi ikki oy ichidagi tigʻiz uchrashuvlar grafigi maʼlum boʻldi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 3 sentyabr kuni Qirgʻizistonga amaliy tashrif bilan boradi. Prezident Qirgʻizistonning Choʻlpon-ota shahrida oʻtadigan Turkiyzabon davlatlar hamkorlik kengashi sammitida ishtirok etadi.

Shavkat Mirziyoyevning sentyabr oyidagi safarlari shu bilan yakunlanmaydi. Prezident 27-28 sentyabr kunlari Dushanbeda boʻlib oʻtadigan MDH davlatlari rahbarlarining navbatdagi sammiti ishida ishtirok etish uchun amaliy tashrif bilan Tojikistonga borishi kutilmoqda.

Qisqa muddat ichida, yaʼni 2 oktyabr kuni Shavkat Mirziyoyev Hindistonga joʻnab ketadi. Soʻngra, 9-10 oktyabr kunlari Oʻzbekiston prezidenti Fransiyada prezident Emmanuel Makron bilan oliy darajadagi uchrashuvda ishtirok etadi.

Toshkent 5 sentyabr kuni Misr prezidenti Abdul Fattoh as-Sisining rasmiy tashrifiga tayyorgarlik koʻrmoqda. 13-14 sentyabr kunlari esa Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Oʻzbekistonga keladi. Oktyabr oyida davlat tashrifi bilan Rossiya prezidenti Vladimir Putin ham Toshkentda boʻlishi va Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashishi belgilangan.

Amalga oshirilgan tashriflar ichida Qozogʻistonga 6 marta borgan Shavkat Mirziyoyev shu paytgacha Rossiyaga 4 marta tashrif buyurgan. Shuningdek, Turkmanistonga ham 4 marta tashrif amalga oshirilgan, bundan tashqari AQSH va Xitoy davlatlariga ikki martadan borilgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Тошкентда одамлар гавжум жойлар кучайтирилган тартибда қўриқланмоқда 29 mar, 19:09 0
  • Aprel oyida qanday ob-havo kutilyapti? 29 mar, 18:13 0
  • Bosqinchilik va odam o‘g‘irlash bilan shug‘ullangan shaxslar qo‘lga olindi 29 mar, 17:37 13
  • O‘zbekiston — Gongkong futbol uchrashuvidan so‘ng uch kishiga ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi 29 mar, 14:22 117
  • Toshkentda xavfli holat sodir etib, qarama-qarshi harakatlangan haydovchiga chora ko‘rildi 29 mar, 13:30 45
  • Sirdaryoda egizaklarini bir xonali uyga almashtirmoqchi bo‘lgan ota-onaga hukm o‘qildi 29 mar, 09:36 105
  • So'nggi yangiliklar
  • Great Silk Way-2024 xalqaro turniri. Bokschilarimiz yana tengsiz! 29 mar, 18:53 0
  • Kanada maktablari ijtimoiy media gigantlarini sudga berdi 29 mar, 18:28 0
  • Aprel oyida qanday ob-havo kutilyapti? 29 mar, 18:13 0
  • Bosqinchilik va odam o‘g‘irlash bilan shug‘ullangan shaxslar qo‘lga olindi 29 mar, 17:37 13
  • Tojikistonda «Krokus» hujumchilari bilan aloqadorlikda gumonlangan 9 kishi qo‘lga olindi 29 mar, 17:17 33
  • Olimlar qashshoqlik miyaning tez qarishiga sabab bo‘lishini aniqladilar 29 mar, 16:53 14
  • ISHID o‘z tarafdorlarini Isroilda hujumlar uyushtirishga chaqirdi 29 mar, 16:30 99
  • Rossiyada «Krokus»dagi terakt haqida izohlar uchun qo‘lga olishlar boshlandi 29 mar, 16:03 174
  • Xalqaro sud Isroilga majburiyat yukladi 29 mar, 15:40 57
  • Fransiya razvedkasi markaziy osiyoliklarni kuzatishni kuchaytirmoqda 29 mar, 15:15 103
  • Putinning atrofidagilar Ukrainaning «Krokus»dagi teraktga aloqadorligiga ishonmayapti 29 mar, 14:48 175
  • O‘zbekiston — Gongkong futbol uchrashuvidan so‘ng uch kishiga ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi 29 mar, 14:22 117
  • Bo‘limlar