“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 20 2024, 13:50
ЎЗO‘Z

Hasanboy Doʻsmatov vazn toifasini oʻzgartiradi

01 sen, 19:56 4 267 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Hasanboy Doʻsmatov vazn toifasini oʻzgartiradi Oʻzbekiston boks jamoasi yetakchisi, Rio Olimpiadasi chempioni, Osiyo chempioni va Osiyo oʻyinlari kumush medali sovrindori Hasanboy Doʻsmatov final jangidan keyin “Kun.uz” muxbiriga intervyu berdi.

U finaldagi raqibi va kelajak rejalari haqidagi fikrlarni bildirib oʻtgan.

«Oʻzbekiston xalqini mustaqillik bayramining 27 yilligi bilan tabriklayman. Turnirda barchamiz bor kuchimiz bilan harakat qildik. Bugun olgan kumush medalimni Tokio Olimpiadasida oltin medalga aylantirishga vaʼda beraman.

Amit bilan avval ikki marta jang qilganman, 2017 yili Osiyo chempionatida va jahon chempionatida. Ikki safar ham yutgandim. U oʻz ustida ishlagani koʻrinib turibdi.

Men bu musobaqaga kelishdan oldin 56 kg vazn toifasini 49 kg vaznga tushirdim. Bu ancha qiyin boʻldi. Endi 52 kilogrammgacha boʻlgan vaznda ishtirok etmoqchiman. Kelajakda musobaqalarda 10 vazn toifasida emas, 8 vazn toifasida bahslar oʻtkazilishi mumkin. Bu holda boshqalar ham vaznini oʻzgartiradi», degan Hasanboy Doʻsmatov.

Maʼlumot uchun, ayni vaqtda Oʻzbekiston jamoasi sharafini -52 kg vazn toifasida Jasurbek Latipov himoya qiladi. U Osiyo oʻyinlari finalida gʻolib chiqib, oltin medalni qoʻlga kiritdi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • “Yuventus” himoyasini titratib tashlagan Shomurodovning o‘yini qanday baholandi? 20 apr, 08:49 229
  • Osiyo Kubogi. O‘zbekiston futzal terma jamoasi Iroqni yirik hisobda mag‘lub etdi (video) 20 apr, 07:57 31
  • Janni Infantino: "Bu buyuk mamlakat – O‘zbekistondagi birinchi FIFA turniri bo‘ladi" 20 apr, 02:02 187
  • Abbosbek Fayzullayevning qachon Qatarga borishi aniq bo‘ldi! 20 apr, 01:59 302
  • A Seriya. Dastlab ikkita gol urgan "Kalyari" yakunda "Yuventus" bilan durang qayd etdi 20 apr, 01:52 337
  • Shomurodov kutilmagan ishga qo‘l urdi 20 apr, 01:16 722
  • So'nggi yangiliklar
  • AQSH Isroilning jismoniy va yuridik shaxslariga nisbatan sanksiyalar joriy etdi 20 apr, 12:56 0
  • Dushanbeda O‘zbekiston elchixonasining yangi binosi ochildi (foto) 20 apr, 12:28 0
  • Sutni me’yordan ortiq iste’mol qilish yurak xurujiga sabab bo‘lishi mumkin 20 apr, 12:05 0
  • «Rossiya urushga bugunoq nuqta qo‘yishi mumkin»: «Katta yettilik» talab bilan chiqdi 20 apr, 11:45 2
  • Isroilning Eronga hujumi oqibatlari haqida ma’lumot berildi 20 apr, 11:21 17
  • Ziroat Mirziyoyeva Marg‘ilonda ilk bor tashkil etilgan inklyuziv ijodiy festivalda ishtirok etdi 20 apr, 10:54 16
  • Treyderlik bilan shug‘ullanishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 20 apr, 10:27 5
  • Rossiyaning chegaraoldi hududlariga dronlar hujum qildi 20 apr, 10:00 49
  • Samarqandda Sharja amirligining arxeologik topilmalari ko‘rgazmasi ochildi 20 apr, 09:36 9
  • Chexiya Ukraina uchun 500 mingta snaryad sotib oldi 20 apr, 09:13 22
  • “Yuventus” himoyasini titratib tashlagan Shomurodovning o‘yini qanday baholandi? 20 apr, 08:49 228
  • Toshkentda xorijga ishga yuborishni va’da qilgan shaxs ushlandi 20 apr, 08:26 10
  • Bo‘limlar