“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 20 2024, 16:56
ЎЗO‘Z

Xorijlik ishbilarmonlar, davlat va jamoat arboblariga Oʻzbekiston davlat mukofotlari topshirildi

31 avg, 15:21 4 284 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Xorijlik ishbilarmonlar, davlat va jamoat arboblariga Oʻzbekiston davlat mukofotlari topshirildi 31 avgust kuni mamlakat tarixida birinchi marta chet elliklarga Oʻzbekiston Respublikasining davlat mukofotlarini topshirishga bagʻishlangan tantanali marosim boʻlib oʻtdi. Unda prezident Shavkat Mirziyoyev nutq soʻzladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar tarqatdi.

– Bugun koʻpmillatli xalqimiz Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 27 yilligini keng nishonlamoqda, – dedi Prezident. – Ushbu shonli tarixiy sanani biz bilan birgalikda mamlakatimizning chet ellardagi koʻp sonli doʻstlari va sheriklari – davlat va jamoat arboblari, diplomatik korpus va xalqaro tashkilotlar, yirik xorijiy kompaniyalar va moliya institutlari vakillari bayram qilayotgani bizni quvontiradi.

Harakatlar strategiyasiga muvofiq Oʻzbekiston faol va ochiq tashqi siyosat yuritmoqda. Rossiya, Xitoy, AQSH, Janubiy Koreya, Germaniya, Yaponiya, Markaziy Osiyo davlatlari va boshqa mamlakatlar bilan oʻzaro manfaatli aloqalar jadal rivojlanmoqda. Jahonning yetakchi kompaniyalari, bank va konsorsiumlari, xalqaro biznes tuzilmalari mamlakatimiz bilan faol hamkorlik qilmoqda.

– Biz sheriklarimizning Oʻzbekiston iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirishga, yirik qoʻshma loyihalarni amalga oshirishga, ijtimoiy va madaniy-gumanitar aloqalarni mustahkamlashga qoʻshayotgan katta hissasini yuksak qadrlaymiz, – dedi davlat rahbari.

Prezident Shavkat Mirziyoyev taniqli hamyurtimiz, Rossiyaning “USM Holding” aksiyadorlik jamiyati taʼsischisi va rahbari Alisher Usmanovga “El-yurt hurmati” ordeni, Rossiyaning “LUKOYL” ochiq aksiyadorlik jamiyati prezidenti Vagit Alekperov hamda Germaniyaning “KNAUF” korxonalari guruhi ishtirokchilari Kengashi aʼzosi Nikolaus Knaufga “Doʻstlik” ordenlarini topshirdi.

Shuningdek, Tojikiston Respublikasi bosh vaziri Qohir Rasulzoda, tashqi ishlar vaziri Sirojiddin Muhriddinga “Fidokorona xizmatlari uchun” ordenlari topshirildi. Oʻzbekiston bilan Tojikiston xalqlari oʻrtasidagi doʻstlik munosabatlarini mustahkamlashga katta hissa qoʻshgan madaniyat, fan va sogʻliqni saqlash sohalari vakillariga farmonga muvofiq orden va faxriy unvonlar berildi.

– Bunday marosim mamlakatimiz tarixida birinchi marta oʻtkazildi. Oʻylaymanki, hamjihatligimiz, bagʻrikengligimiz ifodasi boʻlgan bu tadbir anʼanaga aylanib qoladi. Oʻzaro manfaatli hamkorligimiz bundan buyon ham rivojlanib, samimiy doʻstligimiz va oʻzaro anglashuvimiz xalqimiz farovonligiga xizmat qiladi, – deya taʼkidladi Shavkat Mirziyoyev.

Mukofotlanganlar yuksak eʼtibori, xorijlik investorlarni qoʻllab-quvvatlayotgani uchun davlat rahbariga minnatdorlik bildirdi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Avtobusda yonidagi ayolga tegajog‘lik qilgan 45 yoshli erkak 15 sutkaga qamaldi 20 apr, 16:30 0
  • Toshkent–Termiz avtomobil yo‘lini ta’mirlash uchun $153 mln kredit olinadi 20 apr, 14:50 29
  • Treyderlik bilan shug‘ullanishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 20 apr, 10:27 20
  • Toshkentda xorijga ishga yuborishni va’da qilgan shaxs ushlandi 20 apr, 08:26 22
  • Ziroat Mirziyoyeva Farg‘onada maktab-internat o‘quvchilari bilan uchrashdi 19 apr, 20:36 90
  • Mijozning sochini uning xohishiga zid tarzda kalga olib tashlagan sartarosh 10 sutkaga qamaldi 19 apr, 20:29 299
  • So'nggi yangiliklar
  • “O‘zbekkonsert” xonanda Lola bilan uning kiyinish madaniyati yuzasidan suhbat o‘tkazdi 20 apr, 15:43 2
  • Eron zarbasi katta zarar yetkazmadi, lekin Isroil baribir yutqazdi... 20 apr, 15:15 17
  • Toshkent–Termiz avtomobil yo‘lini ta’mirlash uchun $153 mln kredit olinadi 20 apr, 14:50 29
  • Muxolifatchi Volkovga suiqasd uyushtirishga buyurtma bergan shaxs ushlangani ma’lum qilindi 20 apr, 14:24 44
  • O‘zbekiston avtomobil bozorida ketma-ket uchinchi oy faollikning pasayishi kuzatildi 20 apr, 14:03 52
  • NATO Ukrainaga havo hujumidan mudofaa sohasida yordam va’da qildi 20 apr, 13:58 41
  • AQSH Isroilning jismoniy va yuridik shaxslariga nisbatan sanksiyalar joriy etdi 20 apr, 12:56 46
  • Dushanbeda O‘zbekiston elchixonasining yangi binosi ochildi (foto) 20 apr, 12:28 85
  • Sutni me’yordan ortiq iste’mol qilish yurak xurujiga sabab bo‘lishi mumkin 20 apr, 12:05 32
  • «Rossiya urushga bugunoq nuqta qo‘yishi mumkin»: «Katta yettilik» talab bilan chiqdi 20 apr, 11:45 506
  • Isroilning Eronga hujumi oqibatlari haqida ma’lumot berildi 20 apr, 11:21 250
  • Ziroat Mirziyoyeva Marg‘ilonda ilk bor tashkil etilgan inklyuziv ijodiy festivalda ishtirok etdi 20 apr, 10:54 57
  • Bo‘limlar