“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2021, 21:37
ЎЗO‘Z

Prezident 261 nafar mahkumlarni afv qildi

31 avg, 13:25 4 297 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Prezident 261 nafar mahkumlarni afv qildi Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 30 avgust kuni “Ozodlikdan mahrum etish jazosini oʻtayotgan, qilmishiga chin koʻngildan pushaymon boʻlgan va tuzalish yoʻliga qatʼiy oʻtgan bir guruh shaxslarni afv etish toʻgʻrisida”gi farmonni imzoladi. Bu haqda Kun.uz xabar qildi.

“Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining yigirma yetti yilligi bayrami arafasida xalqimizga xos mehr-shafqat, insonparvarlik, bagʻrikenglik, kechirimli boʻlish, olijanoblik kabi ezgu fazilatlarni yanada yuksak namoyon etish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 93-moddasi 23-bandiga muvofiq, Farmon bilan qilmishiga chin koʻngildan pushaymon boʻlgan va tuzalish yoʻliga qatʼiy oʻtgan ozodlikdan mahrum etish jazosini oʻtayotgan 261 nafar fuqaro afv etildi”, deyiladi farmonda.

Farmonga muvofiq, 215 nafar shaxs jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilinib, oilasi va yaqinlari bagʻriga qaytariladi, shuningdek, 46 nafar shaxsga tayinlangan ozodlikdan mahrum etish jazosining muddatlari qisqartiriladi.

Afv etilganlarning 5 nafarini 60 yoshdan oshgan shaxslar, 135 nafarini taqiqlangan tashkilotlar faoliyatida qatnashgan shaxslar tashkil etadi.

Farmonga koʻra, afv etilgan shaxslarning ijtimoiy hayotga moslashib, foydali mehnat bilan shugʻullanishi, sogʻlom turmush tarzini yoʻlga qoʻyib, jamiyatda munosib oʻrin topishi uchun ularga koʻmak berish yuzasidan masʼul vazirlik va idoralarga tegishli topshiriqlar berildi.



 Добавление комментария


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

Mavzuga oid yangiliklar
  • Sobiq mahkuma: “Bu yil 8 mart kunini oilam bag‘rida o‘tkazadigan bo‘ldim“ 08 mar, 11:43
  • Qamoqxonalarning yotoqxonalari kubrik tipidagi xonalarga o‘tkaziladi 07 mar, 21:56
  • Prezident jazo muddatini o‘tayotgan 83 nafar ayolni afv etdi 06 mar, 20:32
  • «Ahmadboy ishi» bo‘yicha to‘rtinchi ochiq sud hukmi e’lon qilindi 12 fev, 22:50
  • Firibgarlik uchun jazo choralariga aniqlik kiritildi 27 dek, 22:06
  • Kimlarga amnistiya qo‘llaniladi? 13 okt, 12:50
  • So'nggi yangiliklar
  • OKMK futzalchisi Timur Berdiyev avtohalokatga uchrab vafot etdi 28 fev, 21:30 0
  • Yurak xuruji yuz berguniga qadar bilish kerak bo‘lgan ushbu kasallikka oid 6 fakt 28 fev, 20:53 0
  • Priyanka Chopra haqidagi avval e’lon qilinmagan 11 ta ma’lumot 28 fev, 20:05 1
  • Nigeriyada o‘g‘irlab ketilgan 300dan ko‘proq qiz ozod qilindi 28 fev, 19:28 2
  • Bolaligidan yulduz bo‘lishga ulgurgan Emma Uotson karerasini yakunlamoqda 28 fev, 18:48 96
  • “Lokomotiv”ning ispaniyalik legioneri “Marca”ga intervyu berdi: O‘zbekistonda kinolardagidek yashamoqdaman 28 fev, 18:13 205
  • Surxondaryoda opa-ukalar kelini va uning onasini o‘ldirish uchun killer yolladi 28 fev, 17:43 462
  • O‘zbekistonda bahorning birinchi kuni qanday ob-havo bilan boshlanadi? 28 fev, 17:13 555
  • Prezident granti, «qizlar uchun maxsus stipendiya» – ular haqida nimalar ma’lum? 28 fev, 16:39 227
  • Xorazmda deputatlar sud raisidan tizimda ochiqlikni kuchaytirishni so‘rashdi 28 fev, 16:00 173
  • Yaxshilik kamayib bormoqda 28 fev, 15:14 442
  • "Muhim xulosa" 28 fev, 14:30 222
  • Bo‘limlar