“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 29 2024, 10:06
ЎЗO‘Z

Bloger minbari: Mashina olib-soting - yutqazmaysiz

25 avg, 14:20 5 183 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Bloger minbari: Mashina olib-soting - yutqazmaysiz Dollar bahosi tushayotganda sarmoyangizni qanday saqlamoqchisiz? Chorva va agrobiznesga tikasizmi? Uy olib qoʻygan maʼqulmi? Qishga kirish oldidan katta hajmda qurilish materiallari yoki sabzavotlar bosib qoʻyasizmi? Bundan tavakkallar yoqmasa, shunchaki tillaga aylantirib qoʻyishga nima deysiz, boyota? Keling, shu xususda omadli biznesmen doʻstimning maslahatini tinglang.

Men kreditga mashina olib, yutganlardanman. Yiliga 20 foiz.

Agar GM Uzbekistan shu monopoliyasini ushlab tura olsa, kreditga mashina olib faqat yutasiz.

Chunki, mashina narxi yilda ikki martadan oshib tursa, kreditning uch yillik muddati tugaguncha, 6 marta oshadi va uch yil ezib mingan mashinangizni yana foyda bilan sota olasiz.

Toʻlagan foizlaringiz, mashinaning taniga qoʻshilib ketadi. Aniq fakt.

Men toʻlov qilganimda “Jentra” 47 mln boʻlgan. Shundan 51 foizini toʻlov qilganman, qolgan 49 foizini bank. 23 mln kredit bergan ular.

“Jentra”m chiqqunicha boʻlgan 3 oylik muddatda mashina narxi oshib 63 mln boʻlib qolgan. Oshgan qismini naqdda toʻladim.

Kredit boʻlgani uchun qilinadigan chiqimlarim.

Jami 18 mln chiqim.

Mashina narxi 63 mln edi. Yana 18 mln chiqimni qoʻshsak, 81 mln boʻladi.

Kredit muddati tugadi. Ayni damda mashinamni 10500 dollarga sota olaman. Bu 81 mln 400 ming degani.

Xoʻsh, shunda ham kreditga mashina olish ziyonmi. Aslo!

Mashina pulni saqlash vositasi. Maza qilib uch yil minganing teppa-tekinga tushib turibdi.

Agar GM Uzbekistan shu monopoliyasini ushlab tursa, kreditga mashina olib faqat yutasiz. Ishonavering.
Usta Boqi




Mavzuga oid yangiliklar
  • Oq nondan voz kechganda organizmda qanday o‘zgarishlar yuz beradi? 22 mar, 15:13 317
  • Farzandlar uchun ota va onalarga munosabat haqida 20 mar, 00:12 212
  • Uzoq umr ko‘ruvchi insonlarning 5 ta odati 19 mar, 16:40 479
  • Xurmoning qanday foydali xususiyatlari mavjud? 18 mar, 22:30 327
  • Olimlar xotirani kuchaytiruvchi oddiy mashg‘ulotni aniqladilar 16 mar, 23:43 353
  • Nechanchi farzand bo‘lib tug‘ilish inson shaxsiyatiga ta’sir qiladimi? 16 mar, 16:50 433
  • So'nggi yangiliklar
  • Sirdaryoda egizaklarini bir xonali uyga almashtirmoqchi bo‘lgan ota-onaga hukm o‘qildi 29 mar, 09:36 5
  • Qozog‘istonning bir qancha hududlari toshqinlar tufayli suv ostida qoldi 29 mar, 09:08 16
  • O‘zganing fotosuratlari ustiga haqoratli so‘zlar yozib, ijtimoiy tarmoqda tarqatgan ayol ushlandi 29 mar, 08:48 44
  • Shohjahon Ergashev panamalik bokschini birinchi raunddayoq nokautga uchratdi (video) 29 mar, 08:35 97
  • Oq uy Ukrainaning «Krokus» teraktiga aloqadorligi haqidagi bayonotlarni «targ‘ibot» deb atadi 29 mar, 08:08 64
  • Pavel Durov terror targ‘ibotchilari bloklanayotganini e’lon qildi 29 mar, 07:37 41
  • Qon bosimini dorilarsiz uy sharoitida tushirish yo‘llari 29 mar, 07:07 67
  • Kongo sharqidagi janglar 6 millionga yaqin odamni uylarini tashlab ketishga majbur qildi 29 mar, 06:36 42
  • Nikol Pashinyan: “Armaniston quvg‘indagi Tog‘li Qorabog‘ hukumatini tan olmaydi” 29 mar, 06:00 105
  • Qo‘shtepa kanali qurilishi butun Markaziy Osiyoga tahdid solmoqda 29 mar, 05:00 358
  • «Krokus»dagi terakt ishi bo‘yicha yana bir kishi ushlandi 29 mar, 00:30 548
  • Nima uchun «Krokus»da kerakli pallada xavfsizlik kuchlari yo‘q edi? 29 mar, 00:11 454
  • Bo‘limlar