“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 20 2024, 11:22
ЎЗO‘Z

Iflos havo insonlar umrini necha yilga qisqartirishi hisoblab chiqildi

25 avg, 00:07 4 492 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Iflos havo insonlar umrini necha yilga qisqartirishi hisoblab chiqildi Olimlar iflos havo dunyoning turli burchaklarida umr davomiyligini necha yilga qisqartirishini hisoblab chiqishdi. Tadqiqotga ko'ra, iflos havo sayyoramizdagi o'rtacha umr davomiyligini taxminan bir yilga, Osiyo va Afrikaning eng ifloslangan davlatlarida 1,5-2 yilga qisqartirar ekan.

Gap havoning o'lchami 2,5 mikrometrdan kichikroq zarralar bilan ifloslanishi haqida ketmoqda. Bunday zarralar o'pka, yurak-tomir tizimi kasalliklariga va barvaqt o'limga olib kelishi mumkin. Ifloslanishning xavfsiz me`yori bir kubmetr havoga 10 mikrogramm zarra to'g'ri kelishi hisoblanadi. Bunday me`yorni bir qator rivojlangan davlatlarda kuzatish mumkin. Biroq statistikaga ko'ra, sayyoramizning shaharlarda yashovchi 95 foiz aholisi kuchli ifloslangan havodan nafas oladi.

Texas universiteti olimlari 2016 yil uchun 185 ta davlatga taalluqli statistikani tahlil qilib chiqishdi. Aniqlanishicha, xavfsiz chegaradan oshgan ifloslanish o'rtacha kutilayotgan umr davomiyligini 1,03 yilga qisqartirgan. Ma`lumot uchun, chekish umr davomiyligini 1,82 yilga, sifatsiz ichimlik suvi 0,57 yilga, nosog'lom ovqatlanish 2,67 yilga qisqartiradi.

Aniqlanishicha, havosi nisbatan toza bo'lgan davlatlarda (AQSh, Yevropa Ittifoqi davlatlari, Avstraliya) havoning ifloslanishi umr davomiyligini bir necha oyga qisqartirgan. 42 ta davlatda esa (asosan Osiyo va Afrika davlatlari) havoning mayda zarralar bilan ifloslanishi bir yildan ko'proq umrga zavol bo'lar ekan. Bu boradagi eng og'ir vaziyat Janubiy Osiyoda ekanligi qayd qilingan. Ta`kidlanishicha, bu mintaqada iflos havo saratonning barcha turlaridan xavfliroqdir.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Isroilning Eronga hujumi oqibatlari haqida ma’lumot berildi 20 apr, 11:21 0
  • Rossiyaning chegaraoldi hududlariga dronlar hujum qildi 20 apr, 10:00 0
  • Chexiya Ukraina uchun 500 mingta snaryad sotib oldi 20 apr, 09:13 2
  • Neymar ijtimoiy tarmoqlarda Mbappeni haqorat qildi 20 apr, 08:13 96
  • Pokistonda qurolli hujum oqibatida “Tolibon” yetakchisiga yaqin shaxs o‘ldirildi 20 apr, 07:30 82
  • AQSH Xitoyni Ukrainadagi urushni bilvosita avj oldirayotganlikda aybladi 20 apr, 07:00 76
  • So'nggi yangiliklar
  • Ziroat Mirziyoyeva Marg‘ilonda ilk bor tashkil etilgan inklyuziv ijodiy festivalda ishtirok etdi 20 apr, 10:54 0
  • Treyderlik bilan shug‘ullanishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 20 apr, 10:27 0
  • Rossiyaning chegaraoldi hududlariga dronlar hujum qildi 20 apr, 10:00 0
  • Samarqandda Sharja amirligining arxeologik topilmalari ko‘rgazmasi ochildi 20 apr, 09:36 5
  • Chexiya Ukraina uchun 500 mingta snaryad sotib oldi 20 apr, 09:13 2
  • “Yuventus” himoyasini titratib tashlagan Shomurodovning o‘yini qanday baholandi? 20 apr, 08:49 62
  • Toshkentda xorijga ishga yuborishni va’da qilgan shaxs ushlandi 20 apr, 08:26 7
  • Neymar ijtimoiy tarmoqlarda Mbappeni haqorat qildi 20 apr, 08:13 96
  • Osiyo Kubogi. O‘zbekiston futzal terma jamoasi Iroqni yirik hisobda mag‘lub etdi (video) 20 apr, 07:57 16
  • Pokistonda qurolli hujum oqibatida “Tolibon” yetakchisiga yaqin shaxs o‘ldirildi 20 apr, 07:30 82
  • AQSH Xitoyni Ukrainadagi urushni bilvosita avj oldirayotganlikda aybladi 20 apr, 07:00 76
  • Rossiyaning o‘ndan ortiq mintaqasida migrantlarning ayrim sohalarda ishlashi taqiqlandi 20 apr, 06:30 111
  • Bo‘limlar