“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 24 2024, 17:37
ЎЗO‘Z

Tadbirkordan pora olgan soliq inspeksiyasi boʻlim boshligʻi ushlandi

24 avg, 06:30 6 140 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Tadbirkordan pora olgan soliq inspeksiyasi boʻlim boshligʻi ushlandi Oʻzbekiston Respublikasi IIV Jinoyat qidiruv bosh boshqarmasi Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi xabariga koʻra, shu yilning 4 iyul kuni xususiy tadbirkor X.X. Namangan viloyati IIB Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish boʻlimiga murojaat qilgan.

U 2013 yildan Chust shahri, Doʻzanda MFYda savdo doʻkoni ochib faoliyat yuritishi, 2018 yil 3 iyul kuni savdo doʻkoniga tuman Davlat soliq idorasi rahbar xodimlari Gʻ.B. va T.N. kelib, savdo doʻkonini soliq xodimlari tekshirmasliklari evaziga 300 AQSH dollari berishini talab qilganliklarini maʻlum qilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi maʻlum qilishicha, mazkur arizaga asosan, shu kuni Namangan viloyati IIB JQB Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish boʻlimi hamda Namangan viloyati prokuraturasi xodimlari hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida, Chust tumani Davlat soliq inspeksiyasi boʻlim boshligʻi lavozimida ishlovchi T.N. tuman DSI binosida fuqaro X.X.dan 300 AQSH dollarini olgan vaqtida qoʻlga olingan.

Ushbu holat yuzasidan Namangan viloyati prokuraturasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 210-moddasi (Pora olish) 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, T.N. qamoqqa olingan. Shuningdek, uning jinoiy sheriklariga nisbatan ham tergov harakatlari olib borilmoqda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Hamkorlik davom etmoqda 24 apr, 15:05 13
  • Samarqandda erini tiriklay yoqib yuborgan ayol: “Bor-yo‘g‘i 1,5 litr benzin quydim” 24 apr, 14:42 85
  • Buxoroda er rashk tufayli dahshatli jinoyatga qo‘l urdi 24 apr, 12:23 190
  • Toshkentda qalbaki 70 ming dollarning muomalaga kiritilishiga chek qo‘yildi 24 apr, 12:00 40
  • Latviya O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha grant loyihasini boshlaydi 24 apr, 11:11 25
  • Devid Kemeron O‘zbekistonga nima maqsadda kelganini aytdi 24 apr, 10:23 172
  • So'nggi yangiliklar
  • Ozodbek Nazarbekov: “Uchta tirrancha buyuk san’atkorni loyga bulg‘ayapti” 24 apr, 17:00 0
  • Jahongir Otajonovdan o‘zgacha klip: Bu «ijod»lardan maqsad nima? 24 apr, 16:35 0
  • Futzal. Eron ketma-ket 9 marta jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi 24 apr, 16:27 0
  • Ukraina dronlari Rossiyadagi neft bazalariga hujum qildi 24 apr, 16:20 0
  • Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda 24 apr, 15:56 0
  • Maxachev UFC 302 jangi oldidan Dastin Porening zaif tomonlarini aytdi 24 apr, 15:36 8
  • Futzal. Tojikiston yarim finalchiga aylanib, jahon chempionatiga yo‘llanma oldi 24 apr, 15:17 23
  • Hamkorlik davom etmoqda 24 apr, 15:05 13
  • Samarqandda erini tiriklay yoqib yuborgan ayol: “Bor-yo‘g‘i 1,5 litr benzin quydim” 24 apr, 14:42 85
  • Ilmiy tadqiqot: D vitamini tanqisligi bedavo kasalliklarga olib kelishi mumkin 24 apr, 14:14 20
  • Ibrohim Raisiy: “Eronga qayta hujum bo‘lsa, yahudiy davlatidan hech narsa qolmaydi” 24 apr, 13:57 79
  • Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq? 24 apr, 12:45 85
  • Bo‘limlar