“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 26 2024, 17:55
ЎЗO‘Z

Forbes yilning eng serdaromad aktyorlarini ma`lum qildi

23 avg, 09:01 4 506 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Forbes yilning eng serdaromad aktyorlarini ma`lum qildi Forbes nashri eng serdaromad aktyorlarning har yillik an`anaviy reytingini taqdim qildi. Nashr talqiniga ko'ra, 2018 yilning eng serdaromad aktyori Jorj Kluni bo'ldi. Aktyor 2017 yil iyunidan 2018 yil iyunigacha, ya`ni bir yil ichida 239 mln dollar ishlab topgan.

O'tgan yil ichida Kluni ishtirokidagi filmlar prokatga deyarli chiqmagan. Aktyor daromadining deyarli hammasini tekila ishlab chiqaruvachi kompaniyasi Casamigos Tequila’ni sotishdan olgan. Aktyor kompaniyaga ikki sherigi bilan 2013 yilda asos solgan. Kompaniya 1 mlrd dollarga sotilgan, Kluni bundan 233 mln dollar ishlab olgan.

Reytingda 2-o'rinni 124 mln dollar ishlab topgan Dueyn Jonson egallagan. Ta`kidlanishicha, aktyorning joriy yildagi daromadi o'tgan yilgisidan deyarli ikki martaga oshgan.

3-o'rinni Kichik Robert Dauni egallagan. Aktyor bir yil ichida 81 mln dollar ishlab topgan. Aktyor asosiy daromadni “Qasoskorlar: Cheksizlik urushi” filmidan olgan.

Reytingning 4- va 5-o'rinlarini Kris Xemsvort (64,5 mln dollar) va Jyeki Chan (45,5 mln dollar) egallagan. Ta`kidlash joizki, o'tgan yil tinib-tinchimas Chan ishtirokida naq 6 ta film katta ekranlarga chiqqan.

Umuman olganda reytingdan o'rin olgan eng serdaromad 10 aktyorning bir yil ichidagi umumiy daromadi 748,5 mln dollarni tashkil qilgan.

2017 yilda eng serdaromad aktyor 68 mln dollar ishlab topgan Mark Uolberg bo'lgandi.

Avvalroq Forbes yilning eng serdaromad aktrisalari reytingini ma`lum qilgandi. Unga ko'ra, Skarlett Yoxansson eng serdaromad aktrisa bo'lgan. Aktrisa bir yil ichida 40,5 mln dollar ishlab topgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Ukraina Amerikaning Abrams tanklarini oldingi chiziqdan olib tashlayapti 26 apr, 17:43 0
  • Oq uy Kiyevning g‘alabasiga shubha qilmoqda 26 apr, 16:38 51
  • “Mayns” futbol klubi stadionidan 500 kilolik bomba topildi 26 apr, 15:51 85
  • Bosh prokuratura Nig‘matilla Yo‘ldoshev «qidiruvda bo‘lgan shaxslar bilan gaplashib turgani» haqidagi videoga izoh berdi 26 apr, 14:02 238
  • Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi 26 apr, 13:48 293
  • Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi 26 apr, 13:25 125
  • So'nggi yangiliklar
  • Oq uy Kiyevning g‘alabasiga shubha qilmoqda 26 apr, 16:38 1
  • Futzal. Jahon chempionati yo‘llanmasi uchun Markaziy Osiyo jamoalari kurashadigan bo‘ldi 26 apr, 16:19 1
  • “Mayns” futbol klubi stadionidan 500 kilolik bomba topildi 26 apr, 15:51 10
  • Iqtisodiyotda davlat ishtiroki qisqartiriladi 26 apr, 14:53 20
  • Qizga tegajog‘liq qilib tasvirga olganlarga nisbatan jinoyat ishi ochildi 26 apr, 14:28 31
  • Bosh prokuratura Nig‘matilla Yo‘ldoshev «qidiruvda bo‘lgan shaxslar bilan gaplashib turgani» haqidagi videoga izoh berdi 26 apr, 14:02 160
  • Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi 26 apr, 13:48 172
  • Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi 26 apr, 13:25 78
  • Toshkent shahrida qaysi viloyat haydovchilari ko‘proq taksichilik qilmoqda? 26 apr, 13:03 98
  • Istalgan qonni birinchi guruh qoniga aylantirish yo‘li topildi 26 apr, 12:40 48
  • Urushdan qaytgan Rossiya harbiy xizmatchilari 100 dan ziyod qotillikka qo‘l urgan 26 apr, 12:17 165
  • O‘zbekiston AQSHning “kuzatuvdagi davlatlar ro‘yxati”dan chiqarildi 26 apr, 10:49 104
  • Bo‘limlar