“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 24 2024, 09:51
ЎЗO‘Z

Shavkat Mirziyoyev Emomali Rahmonni nufuzli orden bilan taqdirladi

18 avg, 13:48 4 137 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Shavkat Mirziyoyev Emomali Rahmonni nufuzli orden bilan taqdirladi Kecha “O‘zbekiston” anjumanlar saroyida O‘zbekiston va Tojikiston san’at ustalari ishtirokida “Do‘stlik oqshomi” nomli konsert bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Prezident Shavkat Mirziyoyev va Prezident Emomali Rahmon ishtirok etdi.

Prezident o‘zbek va tojik xalqlari azaldan yonma-yon yashagani, qiyinchiliklarni birgalikda yengib o‘tganini ta’kidladi.

“O‘zbek va tojik xalqlari bir daraxtning ikki shoxi, bir daryoning ikki irmog‘iga o‘xshaydi. Bizning muqaddas dinimiz, yerimiz va suvimiz bir. Quvonchu tashvishlarimiz, taqdirimiz mushtarak. Ajdodlarimizning ezgu an’analarini davom ettirib, xalqlarimiz do‘stligini mustahkamlashimiz va asrab-avaylashimiz kerak”, deya ta’kidladi Shavkat Mirziyoyev.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni o‘qib eshittirildi. Emomali Rahmonga davlatimizning “El-yurt hurmati” ordeni topshirildi.

Keyingi yillarda faollashgan madaniy-gumanitar aloqalar xalqlarimizni yanada yaqinlashtirmoqda. Do‘stlik delegatsiyalari tashrifi va ijodiy safarlar uyushtirilib, madaniyat kunlari, konsertlar, ko‘rgazmalar, anjumanlar o‘tkazilmoqda.

“Do‘stlik oqshomi” tobora mustahkamlanib borayotgan O‘zbekiston va Tojikiston hamkorligi, xalqlarimiz do‘stligining yana bir ifodasi bo‘ldi.

Tojikiston Prezidenti bugun, 18 avgust kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri Nurdinjon Ismoilov va Bosh vazir Abdulla Aripov bilan uchrashuvlar o‘tkazadi, Samarqand shahrini ziyorat qiladi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Mutaxassis Toshkent havosini ifloslantiruvchi asosiy manbalar nima ekanini aytib o‘tdi 23 apr, 21:21 228
  • Bayonot: radar bo‘yicha yangilik noto‘g‘ri talqin qilinmoqda 23 apr, 20:38 138
  • Boysundagi ayanchli YTHda ayollar va bolalar halok bo‘ldi 23 apr, 20:18 216
  • Sudya iqrori: “Nikohni bekor qilish ishi odamni bezdiradi, ammo hayotning haqiqatlari oldida jimman” 23 apr, 19:33 125
  • Farg‘onada alimentdan qochgan ota quduqdan topildi 23 apr, 19:14 110
  • Andijonda bolalar aravachasiga yashirilgan minglab qo‘rg‘oshin o‘qlari to‘xtatib qolindi 23 apr, 18:32 139
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiya mudofaa vazirining pora olgani aytilayotgan o‘rinbosari aslida kim? 24 apr, 08:40 0
  • Ogohlantirishning yangi rangli shkalasi taqdim etildi 24 apr, 08:13 0
  • Rossiya mudofaa vazirining o‘rinbosari hibsga olindi 24 apr, 07:50 1
  • Organizmda tromb hosil bo‘lganining 10 ta belgisi 24 apr, 07:22 4
  • Ibrohimxalil Yo‘ldoshev: “Biz raqib tanlamaymiz” 24 apr, 07:02 21
  • “O‘tkan kunlar” romani ilk bor arab tilida nashr etildi 24 apr, 06:35 8
  • Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi? 24 apr, 06:00 23
  • OCHL. Yulduzlarni o‘zida jamlagan "Al Hilol" turnirni tark etdi, "Al Ayn" finalda! 24 apr, 05:38 73
  • Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi 24 apr, 00:40 180
  • Shomurodovning kelishini bu jamoa muxlislari intizorlik bilan kutmoqda 24 apr, 00:13 385
  • Timur Kapadze: "Raqibimiz Saudiya bo‘ladimi yoki boshqa bir jamoa, biz o‘z maqsadimizga erishishimiz kerak" 23 apr, 23:48 118
  • Vetnam futzal termasi bosh murabbiyi: "O‘zbekiston — turnir favoriti" 23 apr, 23:20 124
  • Bo‘limlar