“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 24 2024, 14:51
ЎЗO‘Z

Sanjar Tursunov: "Koreya varianti oilam uchun juda qulay bo‘ldi"

08 avg, 07:02 3 697 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Sanjar Tursunov: "Koreya varianti oilam uchun juda qulay bo‘ldi" Faoliyatini asosan xorijda davom ettirib kelayotgan hamyurtimiz Sanjar Tursunov yaqinda yangi jamoasiga ega bo‘ldi. Endi u Janubiy Koreya “K-2” ligasida “Tedjon Sitizen” jamoasi sharafini himoya qiladi. Ma’lumki, Tursunov bunga qadar Qatarda “Al Xaraytiyat” jamoasida to‘p surdi. Endi esa o‘zi uchun muhitni o‘zgartirishga qaror qildi.

Tursunovning “Tedjon Sitizen”dagi faoliyati qanday kechishini vaqt ko‘rsatadi. Ammo bir tomondan qaraganda, ancha qiziqarli ko‘rinish olishi ham kutilyapti. Chunki u yerda yana bir hamyurtimiz Shoxruh Gadoyev ham to‘p surmoqda. Shu bois Tursunovning yangi klubga moslashishida Gadoyev ancha-muncha asqotishi shubhasiz. Biz esa Sanjarni yangi klubga ko‘chib o‘tgani bilan tabriklagan holda bu jarayon qanday amalga oshgani haqida ham so‘radik.

- “Tedjon Sitizen” klubiga o‘tishim 3-4 kun ichida hal bo‘ldi. Menga yoqqani shu bo‘ldiki, klub direktori va yana bir vakili atayin Toshkentga kelib men bilan muzokaralar o‘tkazishdi. To‘g‘risi, ular mening transferimga jiddiy qarashdi. Kelasi yilga “K” ligaga chiqish asosiy vazifaga aylanadi. Bu yilgi mavsumda esa hozircha jamoadan omad biroz yuz o‘girgan va turnir jadvalida o‘ziga yarashmagan o‘rinlarda boryapti. Qolaversa, ushbu jamoada hamyurtim Shoxruh Gadoyev to‘p suryapti. Bundan tashqari, bu taklif oilam uchun ham juda qulay variant bo‘ldi. Boisi, turmush o‘rtog‘im koreys tilini yaxshi biladi. Hozirda Koreya chempionatining saviyasi ham kuchli. Hattoki, birinchi divizionidan ham terma jamoalarga o‘yinchilarni chaqirishadi. Ular o‘z ustida yaxshi ishlashadi. Xullas, shu sabablarga ko‘ra “Tedjon Sitizen”ning varianti meni qoniqtirdi.

Sanjarning turmush o‘rtog‘i koreys tilini bilishi haqidagi ma’lumot biz uchun yangilik bo‘ldi. Bundan chiqdi, “Tedjon Sitizen”ning taklifini qabul qilishda rafiqasi muhim rol o‘ynagan bo‘lishi ham mumkin. Bu haqida futbolchi shunday dedi:

- Oilam doim Koreyaga borishni xohlardi. Mana shunday pallada u yerdan variant chiqib qolgani uchun buni qabul qildim. Turmush o‘rtog‘im besh yil davomida Toshkent Sharqshunoslik institutida o‘qigan. Koreyada ularning tilini yanada yaxshiroq o‘rganib oladi, men ham buni xohlayotgandim.

Sanjar Qatarning “Al Xaraytiyat” jamoasini tark etganiga ancha muddat bo‘lgandi. O‘sha paytdayoq uning yangi klubiga ega bo‘lishi kutilgandi. Ammo bu jarayon anchagacha cho‘zilib ketdi. Buning sababi haqida ham uning o‘zidan so‘radik.

- Albatta, bir qancha klublar bilan muzokaralar bo‘lgandi, gaplashgandik. Lekin ba’zi-bir sabablarga ko‘ra bizga to‘g‘ri kelmadi. Shu boisdan yangi klubga o‘tishim oz-moz cho‘zilib qoldi.

Nima bo‘lganda ham endilikda Tursunovning hayotida yangi sahifa ochildi. Shu tariqa u bor e’tiborini yangi jamoasiga qaratadi. “Tedjon Sitizen”da hamyurtimizni qanday kutib olishdi? Dastlabki taassurotlari qanaqa? Bu borada shunday dedi:

- Jamoaga yaqinda qo‘shildim. Yangi klubimda meni hammasi iliq qarshi olishdi. Hozircha hammasi yaxshi, ko‘ngildagidek. “Tedjon Sitizen”da barcha narsa menga yoqyapti. Oldimizda turgan o‘yinga tayyorgarlik ko‘ryapmiz.

Shu bilan birga Sanjar yangi klubiga o‘tishdan oldin u yerdagi Shoxruh bilan ham gaplashgan bo‘lishi aniq. Shuningdek, yangi futbolchimiz Koreyada qaysi tilda gaplashyapti?

- Ha, klubga o‘tishdan avval Shoxruh bilan gaplashdim. Undan jamoa to‘g‘risida ma’lumotlar so‘radim. Bu yerda hamma koreyslar ham inglizchani bilishmas ekan. Ammo biladiganlari ham yo‘q emas. Asosan ingliz tilida gaplashyapmiz, - deya javob berdi, Tursunov.

Ma’lumki, hamyurtimiz bunga qadar Rossiya, Ukraina, Qatar kabi chempionatlarda to‘p surib yaxshigina tajriba to‘plagan futbolchi hisoblanadi. Boya aytib o‘tganimizdek, Janubiy Koreya chempionati orqali uning faoliyatida yangi sahifa ochildi. Albatta, yangi mamlakat, yangi mintalitet, yangi chempionat...bunday jarayonga ko‘nikish ham oson kechmaydi. Futbolchimiz esa oldingi o‘ynagan chempionatlaridan bu safargisi nimasi bilan farq qilishi haqida aytib o‘tdi.

- Farqiga kelsak, baribir Janubiy Koreya o‘zingiz aytib o‘tganingizdek, boshqa chempionat, boshqa davlat. Har qanday holatda ham har bir chempionatning o‘ziga yarasha jihatlari bo‘ladi. Shu tomonlama olib qaraydigan bo‘lsak, Koreya chempionatining ham boshqalardan farqli tomonlari bor. Rostini aytsam, O‘zbekistonning taomlarini sog‘inganman. Bu yerga kelganimga bir haftadan oshib qoldi. Shu bois bu yerdagi mahalliy taomlarga ham asta-sekin ko‘nikib bormoqdaman.

O‘zbekiston milliy terma jamoasiga argentinalik Ektor Kuper bosh murabbiy etib tayinlandi. Tabiiyki, bu haqida mutaxassislar o‘z fikrlarini bildirishadi. Xo‘sh, ushbu tayinlov xususida Sanjar Tursunovning munosabati qanday?

- Ektor Kuper tajribali mutaxassis. Siz jurnalistlar va muxlislar ham buni yaxshi bilishadi. Ushbu murabbiy terma jamoamiz uchun yaxshi natijalarni keltirishiga ishonaman. Kuper boshchiligidagi jamoamiz jahon chempionatiga chiqishga va Osiyo Kubogida muvaffaqiyatli qatnashishiga umid qilaman. O‘ylashimcha, qachonki Osiyo Kubogida yaxshi natija ko‘rsatib, jahon chempionatiga olib chiqsagina keyin Kuper haqida baho bersak bo‘ladi.

Yangi murabbiy ish boshlaganidan so‘ng u har bir o‘zbekistonlik futbolchini, ayniqsa, xorijda o‘ynayotgan o‘yinchilarni ham ko‘zdan kechirishi aniq. Chunki har bir mutaxassisning o‘z fikri va dunyoqarashi bor. Bu o‘zgarishdan so‘ng endi Tursunovning ham yana termaga qaytish imkoniyati oshdimi? Bunga uning o‘zi quyidagicha fikr bildirdi.

- Hamma vaqt milliy terma jamoada o‘ynashga tayyorman va doim buni xohlaganman. Agar yangi murabbiy hamma legionerlarni chaqirib tekshirib ko‘rmoqchi bo‘lsa, albatta boraman. Axir bu mening Vatanim. Shunday ekan, O‘zbekistonim uchun har doim o‘ynashga tayyorman.
Shuhratbek Jo‘rayev suhbatlashdi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Osiyo kubogi U23. O‘zbekiston chorakfinalga guruh peshqadami sifatida yo‘l oldi 24 apr, 09:37 88
  • Eshkak eshuvchilar Parij Olimpiadasiga 5 ta litsenziya qo‘lga kiritishdi 24 apr, 09:09 32
  • Ibrohimxalil Yo‘ldoshev: “Biz raqib tanlamaymiz” 24 apr, 07:02 90
  • OCHL. Yulduzlarni o‘zida jamlagan "Al Hilol" turnirni tark etdi, "Al Ayn" finalda! 24 apr, 05:38 171
  • Shomurodovning kelishini bu jamoa muxlislari intizorlik bilan kutmoqda 24 apr, 00:13 620
  • Timur Kapadze: "Raqibimiz Saudiya bo‘ladimi yoki boshqa bir jamoa, biz o‘z maqsadimizga erishishimiz kerak" 23 apr, 23:48 171
  • So'nggi yangiliklar
  • Ibrohim Raisiy: “Eronga qayta hujum bo‘lsa, yahudiy davlatidan hech narsa qolmaydi” 24 apr, 13:57 0
  • Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq? 24 apr, 12:45 35
  • Buxoroda er rashk tufayli dahshatli jinoyatga qo‘l urdi 24 apr, 12:23 78
  • Toshkentda qalbaki 70 ming dollarning muomalaga kiritilishiga chek qo‘yildi 24 apr, 12:00 22
  • CNN: AQSHning Ukrainaga yangi harbiy yordami Yevropadagi omborlarda turibdi 24 apr, 11:33 85
  • Latviya O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha grant loyihasini boshlaydi 24 apr, 11:11 12
  • Erdo‘g‘on Isroil bosh vaziri Netanyaxuni Gitlerga qiyosladi 24 apr, 10:46 71
  • Devid Kemeron O‘zbekistonga nima maqsadda kelganini aytdi 24 apr, 10:23 129
  • Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi 24 apr, 10:02 71
  • Osiyo kubogi U23. O‘zbekiston chorakfinalga guruh peshqadami sifatida yo‘l oldi 24 apr, 09:37 88
  • Eshkak eshuvchilar Parij Olimpiadasiga 5 ta litsenziya qo‘lga kiritishdi 24 apr, 09:09 32
  • Rossiya mudofaa vazirining pora olgani aytilayotgan o‘rinbosari aslida kim? 24 apr, 08:40 387
  • Bo‘limlar