“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 29 2024, 12:26
ЎЗO‘Z

Uch bolaning qotili nima maqsadida jinoyatga qo‘l urganini aytdi

05 avg, 17:15 6 292 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Uch bolaning qotili nima maqsadida jinoyatga qo‘l urganini aytdi O‘zbekiston Bosh prokuraturasi huzuridagi Mediamarkaz sakkiz yil davomida qo‘shnilarining uch nafar voyaga yetmagan farzandlarini o‘ldirib, umrbod qamoq jazosiga mahkum etilgan Zohid Otaboyev to‘g‘risidagi ko‘rsatuvni namoyish qildi. Reportaj shanba kuni «O‘zbekiston 24» telekanalida «Qonun nomi bilan» dasturida namoyish qilindi.

Ko‘rsatuvda qayd etilganidek, 2010 yildan boshlab Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumani «Xonobod» mahallasida bolalar yo‘qolishni boshlaydi. Odamlar orasida «manyak» paydo bo‘lgani haqidagi gap-so‘zlar urchiydi. Shu sababli ko‘plab oilalar o‘sha yillarda mahallani tark etadi. 2018 yilga qadar qidiruv va tergovlar muvaffaqiyatsiz tugayveradi.

Tergov jarayonida uch bola — 2003, 2005 va 2014 yilda tug‘ilgan — ushbu mahallada istiqomat qiluvchi Zohid Otaboyev (1988 y. t.) tomonidan o‘ldirilib, o‘z hovlisiga ko‘milgani aniqlanadi. U qotillikka qo‘shnilaridan qasd olish maqsadida qo‘l urganini ma’lum qildi.

2010 yilda 23 yoshli Zohid o‘zing mahalladoshlari bilan tekstil fabrikasida ishlar edi. Kunlarning birida Zohidning qo‘shnilari Abbos Otamurzayev, Shodiyor Aliboyev, Zufar Azimboyevlar undan nega uylanmayotganligini so‘rab o‘zaro hazil-huzul qilishadi. Bu esa, Zohidga umuman yoqmaydi, bo‘lib o‘tgan suhbatni unga nisbatan kamsitish, erkaklik g‘ururiga tegish deb qabul qiladi. O‘sha voqeadan keyin Zohid Otaboyev hazilkash do‘stlarining barchasidan o‘ch olishni maqsad qiladi va jinoiy reja tuzadi. Maqsad esa bitta qo‘shnilarining bolakaylarini o‘ldirib, shu orqali ularni xo‘rlash, ruhan ezish va yillar davomida ayriliq azobiga giriftor qilish, deyiladi dasturda.

Zohidning birinchi o‘ljasi Abbos Otamurzayevning 7 yoshli farzandi Shahboz Muhammadjonov bo‘ldi. 2010 yilning 12 iyun kuni Shahbozning ko‘chada yolg‘iz o‘ynab yurganligini ko‘rib qolgan qotil razil niyatini amalga oshirish ayni fursati kelganligini anglab yetadi va yosh bolani aldab o‘z hovlisiga olib kiradi. Bolakay nima bo‘layotganligini anglab yetmayoq Zohid uning boshiga mushtlab bir-necha bora kuchli zarba beradi. Kichkina jussasi bilan qarshilik ko‘rsata olmagan bolakay bir zumda hushidan ketadi. Bundan ko‘ngli to‘lmagan qotil bolakayni bo‘g‘ib o‘ldirib, uni hovlidagi eski hojatxona ichiga tashlab yuboradi. Keyinchalik esa hojatxona ko‘mib yuboriladi.

2014 yil 10 avgust. Zohid navbatdagi o‘ljasi qo‘shnisi Shodiyor Aliboyevning 9 yoshli nogiron o‘g‘li Yorqinbek bo‘ldi. U velosiped haydab yurgan Yorqinbekni aldab o‘z hovlisi tomon yetaklab keladi. Zohid bu gal ham qotillikda avval qo‘llangan eski usuldan foydalanadi. Bolakayning jasadini esa bu safar yangi qurilgan hojatxonaga tashlab yuboradi va ustidan tuproq bilan ko‘mib tashlaydi. Yorqinbekning velosipedini esa mahalladan oqib o‘tadigan ariqning chuqur joyini topib yashiradi. Qidiruvlar foyda bermaydi.

Oradan uch yil o‘tib Zohid Otaboyev Nargiza ismli qizga uylanadi, biroq u qo‘shnilaridan qasd olish haqidagi rejasidan voz kechmaydi.

O‘tgan yilning noyabrida tomorqada ishlayotgan Zohidning hovlisiga qo‘shnisi Zufar Azimboyevning uch yoshli o‘g‘li Oybek kirib kelib qoladi. Fursatdan foydalangan qotil Oybekning boshiga ketmon bilan zarba beradi. Og‘riqdan yerga yiqilgan bolakay titray boshlaydi. Shu vaqt bolasidan xavotirlangan ona farzandini izlay boshlaydi. Ayolning ovozidan cho‘chib ketgan Zohid bolakayni ko‘tarib omborxonaga olib kiradi. Shu damda ham bolakay hali tirik edi. U go‘dakni qo‘l va oyoqlarini bog‘lab arqon bilan bo‘g‘adi. Hali tanasida hayot alomatlari bo‘lgan bolakayning boshiga qayta va qayta ketmon bilan uradi. Oybek jon taslim qiladi.

Shu payt bolasini izlab yurgan Muhlisa Azimboyeva ko‘chadan turib «Zohid» deb chaqiradi. Bir oz vaqt o‘tib ichidagi hovurini bosib olgan Zohid hech narsa bo‘lmagandek chiqib keladi. Ayol undan «Chaqirsam chiqmadingiz? Oybekni ko‘rmadingizmi?» — deb so‘raydi. Qotil unga: «Uxlab qolibman, chaqirganingizni eshitmabman."-deydi. Ayol ketganidan so‘ng Zohid uyga qaytib bolakayning jasadini chiqindilarni tashlash uchun mo‘ljallangan o‘raga tashlab yuboradi va ustidan tuproq bilan ko‘mib tashlaydi.

Oradan uch kun o‘tib Bosh prokuraturaning O‘ta og‘ir jinoyatlarni tergov qilish boshqarmasi tomonidan jinoyatchi qo‘lga olinadi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Sirdaryoda egizaklarini bir xonali uyga almashtirmoqchi bo‘lgan ota-onaga hukm o‘qildi 29 mar, 09:36 50
  • O‘zganing fotosuratlari ustiga haqoratli so‘zlar yozib, ijtimoiy tarmoqda tarqatgan ayol ushlandi 29 mar, 08:48 83
  • Mirziyoyev Xitoyning Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayoni xalq hukumati raisi bilan uchrashdi 28 mar, 20:40 102
  • Qashqadaryo viloyatida sudya qo‘lga olindi 28 mar, 20:20 217
  • Jizzaxda energiya resurslaridan 7,5 milliard qarzdorliklar majburiy undirildi 28 mar, 19:31 55
  • Surxondaryoda YTHda haydovchi ayol va uning farzandlari halok bo‘ldi 28 mar, 19:08 279
  • So'nggi yangiliklar
  • Vadim Abramov: "Bunday sifatli va saviyali futbolchiga doim tarkibda joy topiladi" 29 mar, 11:50 4
  • Chexiya yevropalik siyosatchilarni Rossiyadan pora olish sxemasini fosh etganini da’vo qilmoqda 29 mar, 11:20 22
  • Shomurodovning ahvoli haqida ma’lumot berildi 29 mar, 10:53 106
  • So‘rovnoma: Nursulton Ro‘ziboyev 1-raunddayoq raqibini "uxlatib" qo‘yadi 29 mar, 10:25 49
  • Ronalduning libosini kiygan taniqli bloger Messiga aloqador restorandan haydab yuborildi 29 mar, 10:02 85
  • Sirdaryoda egizaklarini bir xonali uyga almashtirmoqchi bo‘lgan ota-onaga hukm o‘qildi 29 mar, 09:36 50
  • Qozog‘istonning bir qancha hududlari toshqinlar tufayli suv ostida qoldi 29 mar, 09:08 90
  • O‘zganing fotosuratlari ustiga haqoratli so‘zlar yozib, ijtimoiy tarmoqda tarqatgan ayol ushlandi 29 mar, 08:48 83
  • Shohjahon Ergashev panamalik bokschini birinchi raunddayoq nokautga uchratdi (video) 29 mar, 08:35 183
  • Oq uy Ukrainaning «Krokus» teraktiga aloqadorligi haqidagi bayonotlarni «targ‘ibot» deb atadi 29 mar, 08:08 93
  • Pavel Durov terror targ‘ibotchilari bloklanayotganini e’lon qildi 29 mar, 07:37 70
  • Qon bosimini dorilarsiz uy sharoitida tushirish yo‘llari 29 mar, 07:07 100
  • Bo‘limlar