“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 19 2024, 19:44
ЎЗO‘Z

Ziyodaning "Mazza-mazza" qo‘shig‘iga ishlangan klip mazmunan sayozligi uchun rad etildi

31 iyul, 18:43 5 437 Madaniyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ziyodaning "Mazza-mazza" qo‘shig‘iga ishlangan klip mazmunan sayozligi uchun rad etildi “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi qoshidagi qo‘shiqlar va ularga ishlangan videokliplar saviyasini baholash Badiiy Kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Kengashda 8 nafar xonandalar tomonidan taqdim etilgan videokliplar ko‘rib chiqildi, deb xabar beradi muassasa matbuot xizmati.

O‘zbekiston xalq artisti Gulsanam Mamazoitova ijro etgan “Sensiz” qo‘shig‘iga ishlangan videoklipni efirga uzatishga tavsiya berildi. Kelgusida xonandaga professional shoirlar bilan yaxshi asarlar yaratish taklif etildi.

Xabarda qayd etilishicha, “Maroqand” guruhi ijro etgan “Malikam”, “Nihol” mukofoti sovrindori Shaxrizoda Ahmedova (Kaniza) ijro etgan “Navbat sizga yetdi”, “Nihol” mukofoti sovrindori Bunyodbek Saidov ijro etgan “Marjona”, Xonanda Muxayyo Umarova ijro etgan “Mayda-mayda” deb nomlangan qo‘shiqlarga ishlangan videokliplardagi kadrlardagi juz’iy kamchiliklar san’atkorlarga tushuntirilib, shartli ravishda ruxsat berildi.

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Ziyoda Qobulovaning “Mazza-mazza” qo‘shig‘iga ishlangan videoklipdagi kadrlar ma’naviyatimizga zid xatti-harakatlarning mavjudligi, shuningdek, qo‘shiq matni mazmunan sayozligi va badiiy jihatdan jo‘nligi bois bir ovozdan rad etildi.

Mazkur qo‘shiqning matnida shunday jumlalar bor:

"Yuragimda halovat yo‘q,

Ketganingdan nari beri beri man.

Qoyil senga gap yo‘q,

Azob chekmay ham yuraverasan.

Mendan yo xafamisan,

Nega qo‘ng‘iroq qilmaysan?

Sevaman, deb aldayabsan,

Sevishim bilib bilib bilib.

Sendan men ham xafaman,

Kelaman, deb kelmayabsan.

Gapingga ishonmayman man,

Yurardim sezib sezib sezib.

Mazza-mazza mazzadeyeyeye,

Mazza-mazza mazzadeyeyeye.

O‘ylamay yuraverasande,

Mazza-mazza mazzadeyeyeye".

Badiiy Kengash a’zolari Ziyoda Qobulovaga (O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist) unvoniga mos ravishda qo‘shiqlar kuylashini, professional shoirlar bilan ishlashini, klip olish jarayonida milliy mentalitetimizga xos kadrlar olishiga, uning ijodiga bo‘lgan mas’uliyatini yanada oshirishi lozimligini ta’kidlashdi.

Xonanda Bahrom Karimov ijro etgan “Kelin qidirib” qo‘shig‘ining g‘oyasi yaxshi unda o‘zbek qizlarining ibo-hayo, or-nomusi kabi maqsad va g‘oya ilgari surilgan. Videoklip havaskorlik darajasida ishlangani hamda qo‘shiq bilan videoklip o‘rtasida bog‘liqlik yo‘qligi uchun rad etildi.

Xonanda Ulug‘bek Xoliqov ijro etgan “Gavana” qo‘shiq matni she’riyat talablariga mutlaqo javob bermasligi, “oldi-qochdi” gaplardan iboratligi, unga ishlangan videoklipdagi tasvirlarda milliy mentalitetimizga zid harakatlar, ma’naviyatimizga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi holatlar tasviri mavjudligi bois bir ovozdan efirga uzatish rad etildi.

Xonandaning qo‘shig‘i matnini o‘qiganimizda quyidagi jumlalarga duch keldik:

"Bir bechora,

Seni qidirish bilan ovora.

Hasta holatida nochora,

Sen tomona.

Bora-boraveraman janona,

Hayajonim ochadi tobora.

Gavana-savana,

Sayyoralarida sayohatdaman.

Gavana-savana,

Seni izlash bilan ovoraman.

Gavana-savana".

Kengash a’zolari xonandaning kelgusidagi ijodiy ishlariga yaqindan yordam berishlari, she’r tanlashda va klip suratga olishida o‘z ko‘maklarini ayamasliklarini bildirdi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekiston va Tojikiston rahbarlari konsert tomosha qildilar 18 apr, 22:53 219
  • Og‘abek Sobirov, Munojat Yo‘lchiyeva, Ozodbek Nazarbekov va Yulduz Usmonova «Tojikiston xalq hofizi» bo‘ldi 18 apr, 21:20 302
  • Ozodbek Nazarbekovning “Mendirman” klipi AQSHda o‘tkazilgan kinofestivalda e’tirof etildi 17 apr, 16:38 84
  • Kino sohasida ham muvaffaqiyatga erishgan jahonga mashhur xonandalar 15 apr, 22:22 141
  • Jenisbek Piyazov oliy ta’lim vaziriga maslahatchi etib tayinlandi 15 apr, 15:39 95
  • Qatar Madaniyat vazirligi delegatsiyasi O‘zbekistonda: ular qayerlarga boradi? 15 apr, 09:09 123
  • So'nggi yangiliklar
  • Shomurodov qaytgach «Yuve»dan ko‘proq ochko yig‘ayotgan «Kalyari». «Inter»dan keyin «Yuve» ham to‘xtatiladimi? 19 apr, 18:48 1
  • Isroil Madrimov mutlaq chempion Terens Kroufordga qarshi ringga ko‘tarilishi mumkin 19 apr, 18:28 1
  • G‘azodagi urush Isroil iqtisodiyotiga qanday ta’sir qildi? 19 apr, 18:00 2
  • Dunyodagi eng boy arab shayxining rafiqasi qanday ko‘rinishga ega? 19 apr, 17:33 74
  • Tadbirkorlarga qo‘llanadigan moliyaviy jarima kamaytiriladi 19 apr, 17:12 31
  • Toshkentda bolalarning qo‘liga igna va “samorez” sanchgan o‘qituvchiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi 19 apr, 16:48 28
  • Futzal. O‘zbekistonda o‘tadigan jahon chempionatining mezbon shaharlari bilan tanishing (video) 19 apr, 16:32 97
  • Toshkent viloyatida jahl ustida mijozining sochini kalga olib tashlagan sartarosh uzr so‘radi (video) 19 apr, 16:09 75
  • Stavropol o‘lkasida harbiy samolyot quladi (video) 19 apr, 15:48 107
  • Tramp: “Ukrainaning omon qolishi AQSH uchun ham muhim” 19 apr, 15:37 154
  • Shomurodovning ustoziga maxsus mukofot topshirildi 19 apr, 13:57 171
  • Abbosbek Fayzullayev ushbu reytingda peshqadam! 19 apr, 13:30 226
  • Bo‘limlar