“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 11 2024, 08:25
ЎЗO‘Z

OAV xodimlarining qonuniy faoliyatiga to‘sqinlik uchun ma’muriy va jinoiy javobgarlik joriy qilish taklif qilinmoqda

28 iyul, 21:30 3 859 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
OAV xodimlarining qonuniy faoliyatiga to‘sqinlik uchun ma’muriy va jinoiy javobgarlik joriy qilish taklif qilinmoqda Jamoaviy murojaatlar portali — meningfikrim.uz’da «Ommaviy axborot vositalari xodimlarining qonuniy faoliyatiga aralashganlik va to‘sqinlik qilganlik uchun ma’muriy va jinoiy javobgarlikni belgilash haqida»gi petitsiya joylashtirildi.

«Bugungi kunda mamlakatimizda chuqur demokratik islohotlar amalga oshirilmoqda. Demokratiyaning asosiy elementlaridan biri bu ommaviy axborot vositalari erkinligi va ular huquqlarining qonun bilan kafolatlanganligi hisoblanadi. Demokratik islohotlarni yanada mustahkamlash maqsadida ommaviy axborot vositalari xodimlarining qonuniy faoliyatiga aralashganlik va to‘sqinlik qilganlik uchun ma’muriy va jinoiy javobgarlik joriy qilishni taklif qilamiz», — deyiladi petitsiya muallifi Salomat Sirg‘aboyev tomonidan joylashtirilgan jamoaviy murojaat matnida.

Jamoaviy murojaatni amalga oshirish uchun O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi va Jinoyat kodekslariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish zarur. Zero, bugungi islohotlar davrida so‘z va matbuot erkinligining ta’minlanishi davlat va xalq o‘rtasidagi ochiq muloqotni, barqaror taraqqiyot va xalq farovonligini ta’minlashda muhim qadam bo‘ladi.

Ayni paytda petitsiya 50 tacha ovoz to‘plagan. U ko‘rib chiqilishi uchun 10 mingta ovoz to‘plashi kerak. Mazkur petitsiyaga ovoz berish uchun ushbu manzilga o‘ting.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Quvayt Xotin-qizlar jamiyati raisi o‘rinbosari: "Shavkat Mirziyoyev BMTning 78-sessiyasida Osiyo xotin-qizlar forumini O‘zbekistonda o‘tkazish tashabbusi bilan chiqqan" 10 мая, 22:36 60
  • Inson huquqlari bo‘yicha Malayziya komissiyasi komissari Samarqandda bo‘lib o‘tadigan forum haqida nimalar dedi? 10 мая, 22:14 61
  • Belarus ayollar ittifoqi raisi: Belarus va O‘zbekiston ayollari o‘rtasida azaldan do‘stona munosabatlar mavjud 10 мая, 21:47 59
  • Xonanda Shohjahon Jo‘rayevga nisbatan jinoyat ishi ochilgani ma’lum bo‘ldi 10 мая, 19:53 408
  • Samarqandda 8-sinf o‘quvchisi farzandli bo‘ldi 10 мая, 17:37 318
  • Maryam Tillayeva kelajagini O‘zbekistonda ko‘rmasligi haqida so‘zlab berdi 10 мая, 15:12 748
  • So'nggi yangiliklar
  • Aleksandr Lukashenko Belarus Qurolli kuchlari Bosh shtabi raisini lavozimidan chetlatdi 11 мая, 07:31 3
  • Tojikiston va AQSH terrorchilar harakatini kuzatish tizimini joriy etadi 11 мая, 07:06 10
  • Rivaldo YECHL finalida "Borussiya" g‘alaba qozonishi sababini aytdi 11 мая, 06:43 39
  • Tishlarni qachon yuvgan ma’qul: nonushtadan avvalmi yoki keyin? 11 мая, 06:00 48
  • Erdo‘g‘on: “Amaldagi konstitutsiya Turkiyaning demokratik tamoyillariga to‘g‘ri kelmaydi” 11 мая, 00:11 58
  • Kuala-Lumpur shahrida terma jamoalar murabbiylari uchun konferensiya o‘tkazildi 10 мая, 23:47 82
  • Xarkiv oblasti chegarasida vaziyat keskin yomonlashdi. Bu haqda nimalar ma’lum? 10 мая, 23:23 436
  • Afg‘onistonda uch million bola to‘yib ovqatlanmaydi 10 мая, 23:00 62
  • Quvayt Xotin-qizlar jamiyati raisi o‘rinbosari: "Shavkat Mirziyoyev BMTning 78-sessiyasida Osiyo xotin-qizlar forumini O‘zbekistonda o‘tkazish tashabbusi bilan chiqqan" 10 мая, 22:36 60
  • AQSHda 9 yoshli bola millionerni uysiz deb o‘ylab, unga bor puli — 1 dollarini berdi 10 мая, 22:36 366
  • Inson huquqlari bo‘yicha Malayziya komissiyasi komissari Samarqandda bo‘lib o‘tadigan forum haqida nimalar dedi? 10 мая, 22:14 61
  • Belarus ayollar ittifoqi raisi: Belarus va O‘zbekiston ayollari o‘rtasida azaldan do‘stona munosabatlar mavjud 10 мая, 21:47 59
  • Bo‘limlar